2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


STEVIYA (ASAL O’SIMLIGI) NING FOYDALI


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

STEVIYA (ASAL O’SIMLIGI) NING FOYDALI 
XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY SAMARADORLIGI 
Abitkariyev A.M., Soxobiddinova D.D.,Mamajonov A.A. 
Andijon Davlat Universiteti 
Amerika qit’asini Xristofor Kolumb kashf etmasidan bir necha yuz yil 
avval Janubiy Amerikada yashovchi qadimiy xalqlar (Guaran qabilasi) 
Steviya o’simligini (asal o’simligi) inson sog’ligiga foydaliligini aniqlashgan 
va bu o’simlikni iste’mol qilishgan.Bu xalqlarni tabiiy shirinlikka bo’lgan 
extiyojini qondirgan.XIX asr boshlarida italiyalik sayyoh va olim Antonio 


24 
Bertoni steviya o’simligini mahalliy xalqlardan o’rganib, XIX asr o’rtalarida 
Yevropaga birinchilardan bo’lib olib kelgan.Yevropalik olimlar bu o’simlikni 
bir necha yillar davomidao’stirib va o’rganib, inson sog’ligiga foydali 
tomonlarini va hususiyatlarini aniqlashgan. 1970-1980 yillarga kelib esa 
steviya o’simlgini Yaponiyada ham keng miqyosda yetishtira boshlashgan. 
Yaponiyada ko’p yillar davomida steviyani iste’mol qilish natijasida 
o’rtacha yashash yoshi80 yilni tashkil qilgan.Bunga sabab steviya o’simligi 
qimmatli glukozidlar, aminokislotalar, B va C kabi foydali vitaminlarga juda 
boy. Amerika Qo’shma Shtatlarini Yaponiyadagi Nagasaki va Xirosima 
shaxarlarida portlagan atom bombasi oqibatlari Yaponiya aholisining 
sog’ligiga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatgan.Yaponiyalik tibbiyot 
olimlarininguzoq yillik ilmiy izlanishlar natijasida steviya o’simligidan inson 
organizmidagi nurlanishlarni chiqarib tashlashda foydalanish mumkinligini 
aniqlashgan. 1950-1960 yillarda rivojlangan mamlakatlarning davlat 
arboblari, xarbiylar,fazogirlar va olimlar bu o’simlikni sir saqlab, iste’mol 
qilib kelishgan. 1980-1990 yillarga kelib sanoatda steviya qo’shilgan 
maxsulotlar (choy, yogurt,shirin ichimliklar,saqich,tish yuvish pastasi,bolalar 
uchun mo’ljallangan oziq-ovqat va kosmetika vositalari) ishlab chiqarish 
keng yo’lga qo’yilgan. 
Steviya o’simligini doimiy ravishda iste’mol qilib yurgan insonlarda 
arterial qon bosimi, ichki a’zolar qon bosimi ortishi, (buyrak, o’t, jigar, siydik 
yo’llari) tosh va qoldiq to’planishi kuzatilmagan, ortiqcha vazn 
(xolisterin)dan xalos bo’lish, organizmni yoshartirish, organizmdagi qon 
aylanishi va moddalar almashinuvini yaxshilash, teridagi har xil toshma va 
yaralarni yo’qotishda, nafas olish a’zolari faoliyatini yaxshilashda, erkaklarda 
uchraydigan prostata bezlari kasalliklari, allergik kasalliklar, yosh bolalarda 
uchraydigan har xil gijja va parazitlarni organizmdan haydashda, asab 
tizimini yaxshilashda va boshqa kasalliklarni oldini olish va davolashda 
ishlatilinib kelingan.Butun dunyo sog’liqni saqlash qo’mitasi va dietologlari 
tomonidan steviya 
o’simligidan 
oziq-ovqat 
maxsulotlari 
sifatida 
foydalanishga ruxsat etilgan.Steviya o’simligi tarkibidagi shirin modda 
steviyazid 0 kkal ga teng bo’lganligi uchun qandli diabed bilan og’riyotgan 
insonlarga o’z salomatligini tiklashda juda katta yordam beradi.Shu bilan 
birgalikda qon almashinishini yaxshilaydi.Turli yoshdagi insonlarni kerakli 
me’yordan orttirmagan holda iste’mol qilishni dunyo dietologlari tavfsiya 
etishadi.Bu o’simlikdan tayyorlangan choy shirinliklar va barcha oziq-
ovqatlarni inson sog’ligini yaxshilashda juda katta ahamiyatga ega ekanligini 
isbotlangan.Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar steviya qo’shilgan 
konditer,ichimlik,kosmetik (tish pastasi, sovun, shampun) vositalarni ishlab 
chiqarishni keng yo’lga qo’ygan. 


25 
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan steviya o’simligini foydali xususiyatlarini 
inobatga olgan holda bu o’simlikdan olingan dori vositalarini chet el 
mamlakatlaridan eksport hajmini kamaytirish,mamlakatimiz hududida bu 
foydali o’simlikni ekib ko’paytrishni yo’lga qo’yish muhim ahamiyatga ega. 
Steviya – Astradoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik, murakkab 
gulli o’z ichiga 260 ga yaqin turli o’t va butasimon o’simliklarni qamrab 
oluvchi o’simlik bo’lib, asosan Janubiy va Markaziy Amerikadan tortib to 
Meksika hududlarigacha bo’lgan maydonlarda uchraydi.yovvoyi holatda 
steviya asosan yarim qurg’oqchil hududlarda tekisliklardan tortib tog’li 
maydonlarda uchraydi.Steviya urug’ hosil qiladi, lekin uning urug’lari tabiiy 
holatda unuvchanligijuda past ko’rsatkichli.Shu sababli uni ko’paytirishda 
vegatativ uslubdan foydalanish yaxshiroq samara beradi. 
Hozirda mamlakatimiz hududida bu o’simlikni yetishtirishga 
ixtisoslashgan bir necha tadbirkorlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ayni vaqtda 
Andijon viloyati Jalaquduq tumani Beshtol qishlog’ida shu o’simlikni 
yetishtirish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. O’simlikni 2011-yilda olib 
kelib yetishtira boshlashgan. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, bu o’simlik 
ekiladigan 1 gektar maydonga 6000 tup ko’chat kerak bo’ladi. O’rtacha shu 1 
gektar maydondan ikki marotaba xosil yig’ib olish hisobi bilan jami 3 tonna 
quruq biomassa olinadi. Bu biomassaning 1,5 tonnasi o’simlikning bargi 
bo’lsa, qolgan 1,5 tonnasi o’simlik poyasi hisoblanadi.Yer rentasi, ishchi 
kuchi, texnika vositalari, solinadigan o’g’itlar va xokazolar uchun 1 gektar 
maydonga ko’pi bilan o’rtacha 35 mln harajat talab etiladi. Olingan 3 tonna 
quruq boimassaning narxi 100 mln so’mni tashkil etadi. Hozirda bu 
o’simlikni ko’paytirishni vegatativ usuli keng yo’lga qo’yilmoqda,ya’ni 
o’simlik yig’ib olingach, o’simlik ildizlari o’rtacha darajada kovlangan 
hovuzlarga solinib ko’mib qo’yiladi. Baxor oylarida ular kovlab olinadi va 
dimlanib tomir ottirish jarayoni tezlashtiriladi.Dimlangan o’simlik tomirini 
bir necha bo’lakka bo’lib ekilganda ham ko’zlangan natijaga erishish 
mumkin bo’ladi. Bu usul bilan quruq biomassa olish uchun kerak bo’ladigan 
o’simlik ko’chatlari uchun ketadigan harajatni bir necha barobar 
qisqartirishga erishish mumkin. Olingan quruq biomassa xomashyosini bir 
necha xil holatda qayta ishlash mumkin ya’ni: tabletka,barg,turli 
ko’rinishdagi choylar (filt qog’ozli,oddiy),sirop,kukun (poroshok).Kukun 
holatiga keltirish iste’molchilar uchun ancha qulayliklar yaratadi. 
Hozirda Amerika Qo’shma Shtatlati dori vositalari ishlab chiqaruvchilari
tomonidan chiqarilgan 28 grammli steviya kukunini bitta flakoni – 12 
dollarni, ortiqcha vazndan halos etishga yordam beruvchi flakonga 
qadoqlangan steviya siropining bitta - flakoni 10 dollarni tashkil etadi. 
Miss Slim ekstrakti. Sevastopolda ishlab chiqariladi. 50 ml flakonlarda 
quyilgan bo’lib, shirinlik koeffitsiyenti shakarga nisbati 1:30. Izlanishlar 


26 
natijasida ushbu sharbatni 30 kun davomida iste’mol qilgan insonning tana 
vazni 4 – 7 kg gacha kamayishi kuzatilgan. 1 flakon narxi 10 dollar. 
Steviyaning suvli siropi. Sevastopolda ishlab chiqariladi. 50 ml li 
flakonda. Narxi 8 dollar. O’simlik komponentlari miqdori 50 %ni tashkil 
qiladi. 
Yuqorilardan ko’rinib turibdiki,steviya o’simligini yetishtirish va undan 
respublika dorishunosligida va oziq – ovqat sanoatida foydalanish har 
tomonlama samaralidir. 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling