2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


YEM-HASHAK O`SIMLIKLARINING BIOLOGIK GURUHLARI


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

YEM-HASHAK O`SIMLIKLARINING BIOLOGIK GURUHLARI 
**N.Xoshimjonova, **F.Tuxtaboyeva, **M.Mirjalolova, 
*N.Ismoilova. 
**Andijon davlat universititi 
*Andijon qishloq xo`jalogi instituti 
Yem-hashak o`simliklari O`zbekistonda yovvoyi hamda madaniy holda 
o`sadi, ulardan сhorva mollari va parrandalarga yem-hashak (ko`kat, pichan, 
yem, silos) tayyorlanadi [1].
Yem-хаshаk ekinlаri 4 tа biоlоgik guruhgа bo`linadi: ko`p yillik 
dukkаkli o`tlаr – bеdа, qizil sеbаrgа, qаshqаrbеdа, bаrgаk; ko`p yillik 
qo`ng`irbоsh o`tlаr – ko`p o`rimli mаstаk, bo`ychаn mаstаk, оq so`хtа, erkаk 
o`t, o`tlоqi qo`ng`irbоsh, yaltirbоsh, аjriqbоsh; bir yillik dukkаkli o`tlаr – 
shаbdаr, bеrsim, vikа; bir yillik qo`ng`irbоsh o`tlаr – sudаn o`ti, bir yillik 
mаstаk qo`nоq. Yem-hashak ekinlari sifatida bir yillik va ko`p yillik o`tlar, 
hashaki ildizmevali, kartoshkali o`simliklar, hashaki poliz ekinlari, shirin 
kartoshka (batat), silos bostirish va yem uchun ekiladigan donli ekinlar 
chorva hayvonlarining asosiy ozuqasi hisoblanadi va ular har qanday 
sharoitda ham o`sa oladi, chorva hayvonlari yaxshi sut va go`sht berishiga 
zamin yaratadi, yerni yumshatish maqsadida ham foydalaniladi. Paxta va 
boshqa texnik o‘simliklar ekilgan yerga, ulardan hosil olingandan so`ng bu 
o`simliklarni ekilsa yer o`zini yana qaytadan tiklab olishiga yordam beradi.
Hozir jadallashgan dehqonchilik tizimi sharoitida yem-hashak ekinlari 
yetishtirish mustaqil tarmoq bo`lib ajratiladi va yem-hashakchilik deb ataladi. 
Yem-hashak ekinlarining eng katta guruhini ko`p yillik o`tlar tashkil 
qiladi. Ko`p yillik o`tlar sof holda va aralash ekiladi. Ular yaylov ozig`i 
sifatida hamda ko`k massasi pichan, senaj, silos, o`t uni, donador oziq va 
briketlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu yem-hashak ekinlari oqsilga 
(ayniqsa, dukkaklilar), vitaminlarga va mineral tuzlarga boy bo`ladi.
Bundan tashqari, ko`p yillik o`tlar ildizidagi tuganak bakteriyalar 
havodagi azotni o`zlashtirish xususiyatiga ega bo‘lib, yerni azotga boyitadi. 
Ko`p yillik o`tlarning aksariyati namsevar o`simliklardir. Nam yetishmasa


27 
ularning hosili kamayib ketadi yoki butunlay nobud bo`ladi, shuning uchun 
qurg`oqchil rayonlarda ko`p yillik o`tlar (eng avvalo beda) asosan 
sug`oriladigan yerlarga ekiladi [2].
Yashil konveyer hosil qilish uchun bir yillik o`tlar ekiladi. Ulardan ham 
pichan va boshqa ozuqalar tayyorlanadi. 
Sershira oziq uchun hashaki ildizmevalar: nimshirin va hashaki lavlagi, 
sabzi, turneps ekiladi. Chorva mollariga qand lavlagi ham beriladi, 
shuningdek, 
ularning 
bargi, 
palagidan 
silos 
tayyorlanadi. 
Silos 
tayyorlanadigan ekinlar (makkajo`xori, kungaboqar, hashaki karam va b.lar) 
va yem uchun ekiladigan donli ekinlar (suli, arpa, makkajo`xori va b.lar) ham 
hashaki ekinlarga kiradi. 
Yem-hashak o`simliklarini ko`pini Boshoqdoshlar (Gramineae, 
Poaceae) oilasi tashkil etadi [3].
Biz tomonimizdan Farg`ona vodiysida tarqalgan yem-hashak 
o`simliklari ayrim vakillarining biologiyasi, ekologiyasi, fiziologiyasi
morfobiologik xususiyatlari adabiyot ma‘lumotlari tahlili, laborotoriya va 
dala tajribalari hamda va gerbariy materiallari asosida o`zaro solishtirildi, 
ontogenez jarayoni o`rganildi va rivojlanish davrlari fenologik, morfologik
biometrik, fiziologik va statistic metodlar yordamida qiyosiy taxlil qilindi. 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling