2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети
Download 3.53 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya fanining dolzarb muammolari
Фойдаланилган адабиётлар
1.Либерт Э. “Физиология растений”, Москва, “Высшая школа”, 1989 г. 2.Полевой В.В. . “Физиология растений”, Москва, Высшая школа”, 1989 3.Рубин Б.А. «Курс физиологии», Москва, Высшая школа”, 1976 г. 174 OZIQ-OVQATLAR TARKIBIDAGI KIMYOVIY MODDALARNING INSON ORGANIZMIGA SALBIY TA′SIRI I.R. Asqarov, D.T.Xasanova, N. X. To`xtaboyev Andijon davlat universiteti Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng barcha sohalar kabi sog`liqni saqlash sohasiga ham katta e`tibor berilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini doimiy sanitariya gigiyena nazoratidan o`tkazish insonlarni shu mahsulotardan zaxarlanmasliklarini oldini oladi. Respublikamizda import va eksport qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibi asosida bojxona ekspertiza laboratoriyalari tomonidan tahlil qilinishi fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi. Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga turli konservantlar, antioksidantlar, stabilizatorlar, rang ta`m beruvchi qo`shimchalar va emulgatorlar qo`shilishi sir emas. Bu moddalar oziq-ovqat mahsulotlarini sifat ko`rsatkichlarini oshirishi va shu bilan ularning tannarxlarini bir muncha pasayishiga sabab bo`ladi. Iste`molchilar uchun oziq ovqat mahsulotlarining arzon narxda bo`lishi yoqimli albatta. Lekin ular tarkibidagi yuqorida keltirilgan kimyoviy qo`shimchalar inson salomatligi uchun bir muncha zararli hamdir. Quyida oziq-ovqatlar tarkibiga kiruvchi shartli belgilar ostidagi kimyoviy qo`shimchalar to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan: E 100-E182 rang beruvchi qo`shimchalar E200-E299 konservantlar (mahsulotlarni saqlash muddatini uzaytiradi) E300-E399 antioksidantlar E400-E499 stabilizatorlar E500-E599 emulgatorlar E600-E699 ta`m va hidni kuchaytiruvchi moddalar Bu shifr ostidagi kimyoviy qo`shimchalarning ayrimlari inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Jumladan E131 (azobo`yoq yoki ko`mir qatroni) astma, oshqozon-ichak va allergik kasalliklarni, E 210 (benzoy kislota) inson organizmida xavfli o`sma kasalliklarni, E218 (metilparaben) allergik reaksiyalarni (asosan terida) keltirib chiqaradi. Bu kabi salomatlik uchun zararli bo`lgan qo`shimchalar ko`plab davlatlarning oziq ovqat sanoatida qo`llaniladi. Kimyoviy qo`shimchalar qo`shilgan oziq ovqat mahsulotlarini bunday shifr ostida iste`molchilarga yetkazilishi ularni mahsulot tarkibi to`g`risida to`liq ma`lumotga ega bo`la olmasliklariga sabab bo`ladi. Hozirda tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarning tarkibidagi moddalar qanday kasalliklar keltirib chiqarishi ularning yorliqlariga yozib qo`yilmoqda. Bu esa iste`molchilarni ogohlantirish demakdir. Oziq-ovqat mahsulotlarida ham shu kabi qo’shilmalar mavjudligi ma’lum asoratlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqidagi yorliqlarni bo`lishi iste`molchilar sog`lig`ini himoyalashda alohida o’rin tutgan bo`lar edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling