2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети
G’O’ZANING G.HIRSUTUM SSP. PUNCTATUM VAR. EL
Download 3.53 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya fanining dolzarb muammolari
175
G’O’ZANING G.HIRSUTUM SSP. PUNCTATUM VAR. EL SALVADOR TURIDA FOTOPERIODIK GULLASH XUSUSIYATLARINI DNK MARKERLARI ASOSIDA O’RGANISH F.M. To’xtaboyeva, A.N.Yusupov Andijon Davlat universiteti Uzoq yillar davomida genetik jihatdan yaqin bo’lgan dastlabki materiallardan seleksiya jarayonida muntazam foydalanish genetik bazaning torayishiga va madaniylashtirilgan g’o’za navlarida qimmatli xo’jalik belgilarning sifat va miqdor jixatdan yomonlashishiga olib keldi. Mavjud g’o’za navlarining xo’jalik belgilarini genetik jixatdan yaxshilash bo’yicha yovvoyi g’o’za genofondi namunalari qimmatli genlar manbai hisoblanadi. Xususan, go’zaning yovvoyi Gossyypium hirsutum ssp. punctatum var. El salvador. turida qurg’oqchilikka xamda nematoda bilan zararlanishga chidamlilik, shuningdek, yuqori sifatli tola ko’rsatkichlarini belgilovchi genlar mavjudligi isbotlangan. Bu tur shakllari yuqori darajada sho’rlangan tuproqlarda o’sish xususiyatlariga xam ega. Biroq Gossyypium hirsutum ssp. punctatum var. El salvador. turi qisqa kun o’simliklari bo’lib, fotoperiodizmga sezgir, ya’ni yozning uzun kunlarida gullamaydi. SHu sababli xam seleksiya jarayonlariga bu kabi tur vakillarini keng jalb kilish imkoniyati chegaralangan. Fotoperiodik gullash yoki gullash vaqtini belgilovchi QTL lokuslari genlarini identifikatsiya qilish natijasida eng avvalo yovvoyi g’o’za germoplazmasidan seleksiya jarayonlarida foydalanish va ulardagi noyob genlarni mavjud g’o’za navlariga introgreesiya qilish imkoniyati tug’iladi. Bundan tashqari, identifikatsiya qilingan DNK-markerlari markerlarga asoslangan seleksiya (MAC) dasturiga jalb etilsa, yangi va ertapishar navlar yaratish imkoniyati tug’iladi. Bizning tadqiqot ishlarimizda g’o’za gullashi bilan bog’liq bo’lgan miqdoriy belgilar lokuslarini QTL kartalashtirish va ular bilan genetik birikkan DNK-markerlarini identifikatsiya kilish asosiy maqsad qilib olingan. Tadqiqot ishlarida g’o’zaning G.hirsutum ssp. punctatum var. El salvador turi yovvoyi (fotoperiodik) shakli bilan mutagenez ta’sirida shu turdan olingan, fotoperiodizmga sezuvchanligi yuqotilgan mutant liniyasi bilan o’zaro chatishtirish natijasida yaratilgan F 2 avlod duragaylaridan hamda ularning ota-ona shakllaridan foydalanildi. Tadqiq qilinayotgan namunalardan barg to’qimalari yigib olindi va STAV usulidan foydalanib genom DNKsi ajratildi. DNK kontsentratsiyasi vizual tarzda aniq (25ng/mkl) kontsentratsiyali lyambda (λ) fagining DNK siga taqqoslanib aniqlandi. 2015-yilda g’o’zada fotoperiodik gullashga spetsifik populyatsiya yaratish maqsadida Gossyypium hirsutum ssp. punctatum var. El salvador 176 yovvoyi (fotoperiodik) shakli hamda shu turdan olingan fotoperiodizmga sezuvchanligi bartaraf etilgan liniya tanlab olindi va o’zaro chatishtirilib, fotoperiodizmga sezuvchanlik bo’yicha genetik segregatsiyalangan duragay kombinatsiya yaratildi. Polimorfizm aniqlash maqsadida ota-ona genotiplari 1000 ga yaqin SSR (Simple sequence repeat) hamda genspetsifik CAP (Cleaved amplified polymorphism) markerlar bilan PZR (polimeraza zanjir reaksiyasi) usuli yordamida taxlil qilindi. Ushbu polimorfik markerlar yordamida F 2 avlod duragaylari genotiplandi. Genotipik ma’lumotlar JoinMap 3.0 kartalashgirish dasturi asosida tahlil kilindi. LOD baxosi (LOD-score, logarithm of odds) 6 ga teng yoki undan yuqori bo’lganda 194 ta markerdan iborat 25 ta birikkanlik guruhlari (linkage groups) tuzib chiqildi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tadqiqotlar natijasida go’zaning fotoperiodizmga sezuvchanlik xususiyati yoki gullash bilan bog’lik belgilarning QTL lokuslari va ularga genetik birikkan DNK-markerlari identifikatsiya qilindi. Aniklangan QTL lokuslarining asosiylari g’o’zaning 26-xromosomasida ekanligi ma’lum bo’ldi. Identifikatsiya qilingan ushbu markerlardan kelajakda MAC usuli yordamida mavjud g’o’za navlarining ertapisharlik xususiyatini yaxshilashda foydalaniga mumkin. Download 3.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling