2. "Zuxra ona-plyus" mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilgan tadqiqotlar
Zuxra ona-plyus” MCHJda ishlab chiqarish va moliyaviy hisob natijalari
Download 415.5 Kb.
|
Нодир отчёт1 (5)
Zuxra ona-plyus” MCHJda ishlab chiqarish va moliyaviy hisob natijalari14
Bugungi kunda korxonaning eski quvvatini tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Shu vaziyatdan foydalangan holda korxonada tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va uning eksport salohiyatini rivojlantirish tadbirlarini takomillashtirish zarur. Buning uchun korxonada bu ishlarni tizimli ishlashi va bunga korxona iqtisodiy salohiyatining etarlilik darajasini o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 4-jadval “Zuxra ona-plyus” MCHJning buxgalteriya balansining aktiv moddalarining tahlili (2020 yil holatiga)15
Shu nuqtai nazardan korxonaning moliyaviy - iqtisodiy faoliyati va barqarorlik hamda rentabellik darajalarini tahlil qilish zarurdir (4-jadval). 4- jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, jamiyatning balans tarkibida aktivlar strukturasi yil boshiga uzoq muddatli aktivlar uchun 34.3 foiz va joriy aktivlar uchun 65.7 foizga to‘g‘ri keladi. Aktivlarning bunday joylashuvi oziq-ovqat sanoati tarmog‘i uchun maqbul taqsimot bo‘lib, korxonadagi TMZlari jami aktivlarning 34.5 foizini, debitorlik qarzlari va pul mablag‘lari mos ravishda 15.5, 15.6 foizlarni tashkil etgan. Yil oxiriga aktivlarning tarkibi biroz o‘zgargan bo‘lib, bu ham maqbul vaziyatni yomonlashuvi sifatida ko‘rilmaydi. Ammo debitorlik qarzlarining balans tarkibidagi ulushi 28.3 foizni tashkil etib yil boshiga nisbatan 12,8 foizga ortgan. Debitorlik qarzlarining o‘zi 187.9 foizga oshgan. Shu bilan birga, korxonaning umumiy aktivlari 57.4 foizga ko‘paygan. Jami balansning ortishi aktivlarning barcha bo‘limlariga birdek ta’sir ko‘rsatgan. Ayniqsa, uzoq muddatli aktivlarni hisobiga jami balans 81.9 foizga ortgan. Balansning bu kabi o‘zgarishini passiv moddalar tahlilini tahlil qilish asosida o‘rganiladi (5-jadval). 5-jadval “Zuxra ona-plyus” MCHJning buxgalteriya balansining passiv moddalari tahlili (2020 yil holatiga)16
6-jadval
(2020yil holatiga)17
Oldingi jadvallar tahlilidan jami balansni 57.4 foizga ortganligi ma’lum. Ushbu mablag‘lar jamiyatda joriy majburiyatlar hisobidan shakllangan. Passivlarning umumiy tarkibi yil boshiga o‘z mablag‘larining manbalari umumiy passivlar tarkibida 85.2 foizni va majburiyatlari 14.8 foizi majburiyatlar hisobiga shakllangan. Majburiyatlarning 100 foizi joriy majburiyatlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Uzoq muddatli majburiyatlar korxonada yil boshi va oxiriga mavjud emas. Passivlarning ushbu taqsimoti korxonaning moliyaviy barqaror ekanligidan dalolat beradi. Yil oxiriga ushbu muvozanat kamaygan. Ya’ni o‘z mablag‘lari manbalari 64.7 foizga, majburiyatlar esa 35.3 foizga teng bo‘lgan. Yil boshiga nisbatan yil oxirida jami balansning o‘sishi 273.7 foiz joriy majburiyatlarni o‘sishi hisobiga shakllangan. “Zuxra ona-plyus” MCHJda tovar moddiy zahiralarini qoplashga tegishli manbalar bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilamiz (6-jadval). Mazkur jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz taxlil qilayotgan aksiyadorlik jamiyatida hisobot yili boshiga nisbatan yil oxirida 2519717 ming so‘mga o‘z mablag‘lari manbalari ko‘paygan. Aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatli aktivlari esa yil boshiga nisbatan 4230315 ming so‘mga ortgan. Lekin korxonada joriy yil oxiriga kelib tovar-moddiy zaxiralarni qoplashga tegishli o‘zlik manbalari xajmi -1710598 ming so‘mga kamaygan. O‘zlik manbalarning ko‘payishini ijobiy xolat sifatida baholamoq lozim. Aksiyadorlik jamiyatida joriy yil boshida va oxirida uzoq muddatli majburiyatlari bo‘lmagan. Qisqa muddatli majburiyatlari esa yil boshida 2234386 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib 8350627 ming so‘mni tashkil etgan, ya’ni qisqa muddatli majburiyatlari 6116241 ming so‘mga ko‘paygan. Bunday xolat esa korxonaning tovar-moddiy zaxiralarini qoplashga tegishli manbalarini ko‘payishiga ta’sir etgan. Mazkur aksiyadorlik jamiyatida tovar-moddiy zaxiralari xajmi birmuncha yuqori bo‘lganligi uchun joriy yil boshida xam, yil oxirida xam tovar-moddiy zaxiralaini qoplashga o‘z manbalari xamda o‘z va uzoq muddatli qarz manbalari -3181355 ming so‘mga etarli bo‘lmagan. Bundan ko‘rinadiki, korxonaning moliyaviy barqarorligi joriy yilning boshida barqaror holatda bo‘lib, yil oxirida nobarqaror xolatda bo‘lgan. Bunday natijalar bozor iqtisodiyoti sharoitida unchalik yaxshi natija deb xisoblanilmaydi. Shu sababli xam, korxona ma’muriyati moliyaviy barqarorlikni mustaxkamlash uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rishi maqsadga muvofiq xisoblanadi. 7-jadval “Zuxra ona-plyus” MCHJning moliyaviy koeffitsientlari tahlili (2020 yil holatiga)18
Yuqoridagi jadval ma’lumotlariga ko‘ra, aksionerlik jamiyatining moliyaviy ahvoliga to‘g‘ri baho berish uchun buxgalteriya balansiga asoslangan holda moliyaviy koeffitsientlardan foydalanamiz. Shunga ko‘ra, korxonaning moliyaviy mustaqillik koeffitsienti yil boshiga nisbatan -0,2 koeffitsientga kamaygan. To‘lov qobiliyati koeffitsienti yil boshiga nisbatan -2,7 koeffitsientga kamaygan. Mazkur koeffitsientlarning bunday tartibda o‘zgarishi korxonaning moliyaviy xolatini joriy yil boshiga nisbatan yil oxirida birmuncha yomonlashib borayotganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, korxonada majburiyatlarning o‘z mablag‘lariga nisbatan ulushini pasayganligini xam ijobiy baxolamoq lozim, ya’ni bu korxonaning majburiyatlarini qisqarganligidan dalolatdir. Mablag‘lar xarakatchanligi esa yil boshiga nisbatan yil oxirida 0,2 koeffitsientga o‘sgan. Bu esa korxonada aylanma mablag‘larga bo‘lgan talabni yanada to‘laroq qondirib borish imkonini beradi. Umuman olganda korxona ma’lumotlari asosida uning moliyaviy koeffitsientlari o‘rganilganda, ushbu koeffitsientlarning o‘zgarishi ijobiy bo‘lgan. Korxonaning ma’lum bir kundagi to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun shu muddatdagi to‘lov majburiyatlari bilan mablag‘lar solishtiriladi (8-jadval). 8-jadval “Zuxra ona-plyus” MCHJning to‘lov qobiliyati tahlili (2020 yil holatiga)19
8-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz taxlil qilayotgan “AVS” aksionerlik jamiyati joriy davrda to‘lov qobiliyatiga ega xisoblanadi. Ya’ni, korxonaning jami to‘lov mablag‘lari 337089 ming so‘m bo‘lgani xolda, jami to‘lov qarzlari 163147 ming so‘mni tashkil qilgan. Bundan ko‘rinadiki korxonada to‘lov qarzlariga nisbatan to‘lov mablag‘lari 173942 ming so‘mga ko‘p bo‘lgan. Bu esa korxonaning mutloq to‘lov qobiliyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari to‘lov mablag‘lari tarkibiga e’tibor qiladigan bo‘lsak, uning asosini tayyor mayosulotlar (167464 ming so‘m) xamda debitorlik qarzlari (148125 ming so‘m) tashkil qilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, korxona ayni vaqtda tez to‘lov qobiliyatiga ega emas ekan. To‘lov qarzlarining asosini esa mol etkazib beruvchilardan bo‘lgan qarzlar xamda boshqa shu kabi majburiyatlar tashkil qilmoqda. Bu esa ushbu qarzlarni qisqa muddatlarda to‘lab beish lozimligini bildiradi. Korxona ma’muriyati to‘lov qobiliyatini yaxshilash uchun mavjud tayyor maxsulotlarini sotish choralarini ko‘rishi xamda debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini ko‘rishi lozim bo‘ladi. Aks xolda, korxonaning to‘lov qobiliyati bundanda yomonlashishi mumkin. 1.6. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida innovatsiyalarni boshqarish Paxta chigitidan olingan mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo chigit hisoblanadi. Ma’lumki, paxta moyi oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Paxta moyidan, tarkibidan gossipol ajratib olingan eng toza moydan tayyorlanadigan taomlar boshqa o‘simlik moylaridan tayyorlanadigan taomlardan o‘zining mazaliligi bilan keskin farq qiladi. Yuqorida keltirib o‘tilganidek, paxta chigitidan olingan mahsulotlarga bo‘lgan talab yuqori, Talab yuqoriligidan, viloyat ichki bozorida qo‘shni Sirdaryo viloyatida ishlab chiqariladigan paxta yog‘i ham olib kelib sotilmoqda. Shuningdek, bozorda sifatsiz qo‘lbola paxta yog‘i ham sotilmoqda. Qo‘lbola paxta yog‘i inson organizmi uchun zararli hisoblanadi. Chunki, bunday paxta yog‘i zamonaviy talablarga javob beruvchi texnologiya asosida ishlab chiqarilmaydi. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy maqsadi ichki bozorni sifatli paxta yog‘i bilan ta’minlash va qo‘shni davlatlar bozoriga ham mahsulot chiqarishdir. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Statistika bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi ma’lumotlariga muvofiq, respublikada paxta yog‘i ishlab chiqaruvchi ko‘plab korxonalar mavjud. Shu jumladan, Andijon viloyatida ham shunga o‘xshash 4 ta korxona mavjud. Lekin, bozor tahlili shuni ko‘rsatdiki, aholi boshqa viloyatlardan keltiriladigan paxta yog‘ini ham xarid qilmoqda. Shu faktning o‘zi aholining paxta yog‘iga bo‘lgan talabi yuqoriligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. “Nurli Don” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqariladigan paxta yog‘i aholi talablarini o‘rgangan holda ishlab chiqariladi. Raqobatchilar faoliyatini o‘rganib chiqish natijalari shuni ko‘rsatdiki, “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati qisqa vaqt ichida ular darajasiga etibgina qolmasdan, balki ulardan ishlab chiqarish, mahsulotni sotish hajmi jihatidan o‘tib ketish imkoniyatiga ham ega. Respublikamizdagi ishlab turgan moy-yog‘ kombinatlarida, kichik moy-yog‘ ishlab chiqaruvchilarning moy tarkibidan gossipol moddasini ajratib olish imkoniyatlari mavjud emasligi bizga mahsulotlarimizni chetga chiqarib sotish ustunligini beradi. Mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishi va nisbatan arzon narxda sotilishi rivojlanishni ta’minlaydi. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati bozorlarda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash va mahsulotni sotishning yangi bozorlarini egallash maqsadida raqobatning quyidagi usullarini qo‘llashmoqchi:20 Mahsulot sifati. Mahsulot sifati jahon standartlariga to‘liq javob beradi va sifat sertifikatiga ega. Narxlash. Mahsulotning ulgurji narxi darajasi ikki xil omil yordamida aniqlanadi: rejalashtirilgan rentabellik darajasi va mahsulotning eksportga sotilishi bilan. Mahsulotning tanlangan narxi bozordagi xuddi shu mahsulot narxiga nisbatan 20-25%ga arzon bo‘ladi. Mahsulotni narxlashga bo‘lgan bunday yondashish ishlab chiqaruvchining raqobat qilishidan darak beradi, ishlab chiqaruvchi o‘z mahsuloti narxini qo‘shni yoki katta korxona mahsuloti narxiga nichbatan ozroq past darajada belgilaydi. Sug‘urta, transport harajatlarini hisobga olgan holda iste’molchi “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati mahsulotini xarid qilib narx masalasida kamida 10-15% yutuqqa ega bo‘ladi. Etkazib berish shartlari. Iste’molchi hohishiga ko‘ra mahsulot har ikki taraf uchun eng qo‘lay bo‘lgan joyga etkazib beriladi. Bozorni o‘rganish va tadbirkorlarning ilg‘or tajribalari shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarishni amalga oshirishda va kengaytirishda bozor kon’yunkturasini doimo o‘rganib borish maqsadga muvofiq. «Nurli Don” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischilari quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirganlar: - asosiy xaridorlar viloyat, respublika aholisi bo‘lishini hisobga olib, raqobatchilar tomonidan ushbu mahsulotning etkazib berish grafiklari va o‘sha bozorda narx holatini o‘rganib borish, uni istiqboldagi holatini tahlil qilib borish; - sotish strukturasini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqib, mahsulotga bo‘lgan tashkilotlarning talabini o‘rganib chiqish va mahsulot etkazib berish uchun shartnomalar tuzish; - faol reklama ishlarini olib borish. Har yili MCHJ rivojlanishi uchun umumiy sotishdan tushgan mablag‘ning 2 foizigacha bozorni tahlil qilishga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Paxta chigitidan olingan mahsulotlar ishlab chiqarishning zarurligi va dolzarbligi yana ushbu mahsulotga talabning ortishi sharoitida shu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarning texnologik liniyalari eskirganligi bilan izohlanadi. Mavjud liniyalar, shubhasiz, bir tomondan, yaxshi ishchi holatida turibdi, ikkinchi tomondan esa ularning ahvoli yaxshiligiga qaramasdan, liniyalarning eskirishini hisobga olib, ushbu tarmoqni yanada yangiroq texnologiyalar bilan to‘ldirish maqsadga muvofiq. 2. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilgan tadqiqotlar Jamiyatning asosiy maqsadi Respublika bozorini raqobatbardosh yog‘-moy mahsulotlari bilan ta’minlash orqali foyda olish bo‘lib, shu maqsadda korxona ishlab chiqargan mahsulotlar sifatini yaxshilash, assortiment turlarini kengaytirish kabi bir necha chora-tadbirlarni ishlab chiqardi. Jamiyat o‘zi ishlab chiqargan xalq iste’mol mollarini birja savdolari orqali sotadi. Jamiyatda asosiy ishlab chiqariladigan mahsulot – iste’mol uchun o‘simlik yog‘lari hisoblanadi, texnik paxta chigitini qayta ishlaganidan so‘ng chiqindi hisoblangan shrot va sheluxa mahsulotlari chorva mollariga ozuqa sifatida foydalaniladi. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot turlari me’yoriy hujjatlar talablariga mos ravishda ishlab chiqariladi. SHu bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun 2013 yilda ISO-9001:2000 xalqaro standartlariga muvofiq sifatni bajarish tizimi sertifikatini olishga muvaffaq bo‘lgan. Jamiyat faoliyatining asosiy mohiyati – bu dehqon-fermer xo‘jaliklarida etishtirilgan paxta hosilidan paxta tozalash zavodlarida paxtani qayta ishlashdan olingan texnik chigitni sanoat yo‘li bilan qayta ishlash natijasida oinadigan mahsulotlar, ya’ni paxta o‘simlik yog‘i, shrot, sheluxa va hom yog‘ kislotalari sotish orqali foyda olishdan iboratdir. Mahsulot ishlab chiqarishda 100 foiz mahalliy hom-ashyodan foydalaniladi. Hom-ashyolar asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bo‘lib berilgan va “Viloyatpaxtasanoat” tashkiloti tomonidan berilgan naryadlar asosida keltiriladi va ushbu hom-ashyolar qayta ishlab tayyor mahsulotlar birja savdolari orqali sotiladi. Korxonani bir maromda ishlatish aholini yog‘ mahsulotlari bilan to‘la ta’minlash maqsadida paxta tozalash korxonalariga o‘z vaqtida shartnomalar bo‘yicha mablag‘ o‘tkazib paxta chigiti keltirilmoqda. Bundan tashqari, korxonada mahsulot turlarini ko‘paytirish uchun rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari rejalashtirilgan, ya’ni 2013 yilda paxta soapstokini qayta ishlab hom yog‘ kislotalari sexi ishga tushirildi, masxar va paxta yog‘ini aralashmasi bo‘lgan “Baraka yog‘” yog‘ini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu borada dehqon-fermer xo‘jaliklariga noan’anaviy moylik o‘simliklarni etishtirishda korxonamiz tomonidan katta moddiy va amaliy yordam berilmoqda. Korxona hududiga ekstrobenzinni olib kirish maqsadida temir yo‘l qurildi. Endilikda shrotni qoplarga qadoqlash bo‘limini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Korxonani bosh mutaxassislari doim izlanishda bo‘lib, Xitoy Respublikasida ishlab chiqarilgan tizimni takomillashtirib kelmoqdalar. Jumladan: -yog‘ presslari ustudagi qovurish qozonlarining pichoqlarini harkatga keltiruvchi uskunalarni konstruksiyasi o‘zgartirildi; - rafinatsiyalanmagan paxta yog‘ini tozalash uchun qo‘shimcha ramali filtr-presslar o‘rnatildi; - paxta chigitini tukdorligini tushirish uchun paxta tozalash korxonalarida qo‘llaniladigan SS-20 rusumli kondensorlarni o‘rnatib, paxta chigitini tukdorligi 3 % gacha tushirildi; - sheluxani yog‘dorligini tushirish maqsadida nazorat elaklar o‘rnatildi; - ekstrobenzinni sarfini kamaytirish uchun tizimdagi gradirnya original konstruksiyasida ishlab chiqilib, ishga tushirildi; - transport tizimlarni qiymatini va ta’mirlash harajatlarini kamaytirish maqsadida havo transport tizimlari keng qo‘llanmoqda; - rafinatsiyalanmagan paxta yog‘ini chiqish miqdorini ko‘paytirish va ishlab chiqarishdagi yo‘qotmalarni kamaytirish maqsadida 2-chigit chaqish tizimi tashkil qilindi. 2 “Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning Nizomidan olingan 3 “Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning Nizomidan olingan 4 “Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning Nizomidan olingan 5 “Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning Nizomidan olingan 6“Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning ishlab chiqarish bo`limi ma`lumotlari 7“Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning ishlab chiqarish bo`limi ma`lumotlari 8“Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning ishlab chiqarish bo`limi ma`lumotlari 9“Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning ishlab chiqarish bo`limi ma`lumotlari 10“Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning ishlab chiqarish bo`limi ma`lumotlari 11 “Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning ishlab chiqarish bo`limi ma`lumotlari 12 “Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning ishlab chiqarish bo`limi ma`lumotlari 13 “Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning ishlab chiqarish bo`limi ma`lumotlari 14 ““Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning yillik hisobot ma`lumotlaridan olingan 15“Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning yillik hisobot ma`lumotlaridan olingan 16“Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning yillik hisobot ma`lumotlaridan olingan 17 “Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning yillik hisobot ma`lumotlaridan olingan 18 “Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning yillik hisobot ma`lumotlaridan olingan 19 “Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning yillik hisobot ma`lumotlaridan olingan 20 “Pahtaobod savdo-sotiq” MCHJning biznes reja ma`lumotlaridan olingan Download 415.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling