2. "Zuxra ona-plyus" mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilgan tadqiqotlar
-rasm. Ekstraksion jarayon sxemasi
Download 415.5 Kb.
|
Нодир отчёт1 (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. Margarin ishlab chiqarishning texnologik sxemasi 9
3-rasm. Ekstraksion jarayon sxemasi8
va jarayonning ko‘p davom etmasligi, ekstraksion apparat konstruksiyasining soddaligi hamda apparat geometrik hajmdan g`oydalanish koeg`g`itsientining yuqoriligi (95%). Geometrik hajmdan samarali g`oydalanish ekstraktorda havo va erituvchi bug‘lardan portlovchi aralashmalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. “Zuxra ona-plyus” MCHJda margarin mahsuloti ham keng ishlab chiqariladi. Margarin tarkibiga yuqori sifatli oziqabop yog‘lar, sut, tuz, shakar, emulgatorlar, rang beruvchi oziqabop moddalar, aromatizatorlar, vitaminlar va boshqa komponentlar kiradi. Margarinning yog‘li asosi sifatida rag`inatsiyalangan dezodoratsiyalangan o‘simlik moylari, jonivorlar yog‘iari, oziqabop salomaslar, shuningdek, qayta eterifikatsiyalangan yog‘lar qo‘llaniladi. Margarinning turg‘un emulsiyasini hosil qilish uchun esa emulgatorlardan foydalaniladi. “Zuxra ona-plyus” MCHJi imkoniyatlarini o‘rgangan holda korxonaning ishlab chiqarishini yanada takomillashtirish va raqobatbardoshiligini oshirish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilishi zarur deb o‘ylaymiz: ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini yanada ko‘paytirish; 4-rasm. Margarin ishlab chiqarishning texnologik sxemasi9 tayyorlov, forpress va gidrogenizatsiya tizimlarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash (jarovnya, presslarni, shelushitellarni, separatorlarni almashtirish); qozonxonani qayta qurishni amalga oshirish; paxta soapstokini qayta ishlash va xom yog‘ kislotalarini hosil qilish tizimini qurish; korxonada biznes echimlar va raqobatbardoshlik muhitini rivojlantirishda strategiyalarni takomillashtirish. 1.4. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida personalni boshqarish Korxona doim mehnat faoliyati davomida etakchi, masalan, M.Tolipov, R.Sultonov, N.Usmonov, Z.Abdumo‘minov, R.Abdulakimov, kabi katta tajriba va bilimga ega bo‘lgan, mutaxassislarni ish jarayoniga jalb qilib, hamda yosh xodimlarni malakasini “Oziqovqatsanoatloyiha” MCHJ qoshida tashkil qilingan “malaka oshirish kurslari”da malkasini oshirib kelayotgan xodimlar xizmatidan foydalanib, ishlab chiqarishda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. 2-jadval “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida xodimlar tarkibi10
2-jadval ma’lumotlari tahlil qilinganda, 2015 yilga nisbatan qolgan ikki ishchilar soni 3 kishiga ortgan. 2016 yilda xodimlar soni 288 kishini tashkil etadi. Jumladan: rahbar xodimlar – 12 kishini, mutaxassislar - 20 kishini, ishchilar – 256 kishini tashkil etadi. Paxta chigiti qabul qilinganidan so‘ng saqlash uchun omborxonalarga topshiriladi. Omborxonalar chigit sifatini buzmasdan saqlashning talablariga to‘liq javob berishi shart. Ana shunda chigitning nav sifatlari yaxshi saqlanadi. Qabul qilingan chigitlar navlari alohida omborxonalarda saqlanadi. 1 va 2 navli chigitlar saqlanishida ularning namlik darajasi 9 %dan oshmasligi kerak. Agar barcha navli chigitlarning namlgigi yuqori bo‘lsa, ular quritiladi.11 Chigitlarni saqlash vaqtida ularning sifat darajasi tekshirilib, havo harorati muntazam nazorat qilib boriladi. Agar chigit saqlanishida uning qizib ketish holatlari aniqlansa, zudlik bilan omborxonalar havosi moslamalar yordamida almashtiriladi yoki chigit qayta ishlab chiqarishga yuboriladi. Chigitni qayta ishlab sheluxani ajratish, Omborxonadan shneklar orqali chigit bunker pitatelga uzatiladi. Bunker pitateldan chigit shneklar orqali avtomat tarozilarga o‘tkazilib, elektromagnit separatorlar orqali buratlarga birlamchi tozalash uchun qabul qilinadi. SHu erda chang buratlardan ventilyator orqali siklonlarga so‘rib olinadi. Birinchi tozalashdan o‘tgan chigit pnevmatik tozalagichga uzatiladi. Bu erda chigit mineral va organik ifloslardan to‘liq tozalanib, changlar siklangan so‘rib olinadi. Burat va pnevmatik tozalagichdan chiqqan chiqindilar ichida butun chigitlar bo‘lishi mumkin, shuning uchun ular ikkinchi marta elakdan o‘tkaziladi. Tozalangan chigitlar namlovchi moslamaga namligini etarli qilish uchun yo‘naltiriladi. Chigit talab etilgan namlikka kelgandan so‘ng elektromagnit separatordan o‘tkaziladi va chigitning namligi 9 %dan yuqori bo‘lmagan holda diskli shelushitelga birinchi arta chiqish uchun uzatiladi, bu erda 70-75% chigit chakiladi. Sheluxa elakdan ajratilib olinadi. Chigitni chaqishda qolgan 25-30 % chigit ikkinchi marta shelushitelga chaqish uchun noriya orqali yo‘naltiriladi. Ikkinchi chaqishdan so‘ng 0,3 % chaqilmagan chigit qolishi Davlat standartlar talabi me’yoriy hujjatlar asosida belgilab berilgan.12 Shelushiteldan chiqqan tovar kondensor orqali biter-separatorga beriladi, yadro ajratib olinadi, yadro valsovkaga ezish uchun jo‘natiladi, sheluxa shnek orqali tayyor mahsulot omboriga yuboriladi. Valsovkadan o‘tgan yadrolar 0,1-0,3 mm qalinlikda bargsimon ezilma hosil qilinadi. Valsovka uskunasi yadroning yog‘ chiqishini mexanik usulida olishga yordam beradi. Olingan ezilma qovurish qozoniga borguncha 18 % namlik va 70-80 S issiqlikda bo‘lishi kerak. Bu yadroning yog‘ chaqishini ikkinchi marta olishga yordam beradi. Tayyorlangan mag‘iz 6 chandan iborat bo‘lgan qovurish qozonida 95 S- 110 S da qovurilib, mag‘izda zaharli modalri ya’ni gassipolni 0,2 % gacha yo‘qotishiga yordam beradi. Tayyor bo‘lgan mag‘iz 6-7 % namlik 95 S- 110 S haroratda press uskunasiga beriladi. Pressdan chiqqan kunjara Ekstratsiya sexiga beriladi. Yog‘-moy ishlab chiqaruvchi korxonalari 2006 yil O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti Qaroriga asosan ishlab chiqarish talabini qondirish maqsadida iste’mol yog‘dan tashqari texnik yog‘ ishlab chiqarish uchun ekstraktorlar olib kelib o‘rnatish topshirig‘ini bajarishdi. 2007 yildan kunjaradagi yog‘ni ekstraksion benzin bilan yuvib olish amalga oshirildi. Mukammal texnologik jarayonga ega bo‘lgan ekstrator o‘rnatildi. Forpressdan olingan qora yog‘ fuza tankerga beriladi, so‘ngra vibratsiyali vertikal filtrdan o‘tkazilib, qora yog‘ sovutkichga yuboriladi. Filtrlanib sovutilgan qora yog‘ tozalash (rafinatsiya) sexida ishqor (kaustik soda) bilan rafinatsiya qilinib, soapstok ajraladi. Rafinatsiyalangan yog‘ 90-100 S haroratda tuzli suv eritmasida yuvilib, yog‘dagi qolgan sovun miqdori olinadi. Suvga tuyingan yog‘ quritiladi. 95-100 S haroratga ega bo‘lgan yog‘ning sifatini yaxshilash uchun, rangiga qarab oqartiruvchi tuproq 0,5- 2,0% gacha qo‘shiladi.13 So‘ngra vibratsiyali vertikal filtrga o‘tkazilib, yog‘ni hidsizlantirish uchun dezodoratorga beriladi. Yog‘ 180 S-200 S haroratgacha qizdirilgandan keyin sovutilgan yog‘ gorizontal filtrdan o‘tkaziladi. Yaxshi sifatli toza yog‘ qadoqlash sexiga o‘tkaziladi. 1.5. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida iqtisodiy xizmat faoliyatining tahlili “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qabul qilingan paxta chigitini kayta ishlash holati tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi: Jamiyatning asosiy maqsadi – davlat iqtisodiy manfaatlari, aholining maishiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa ehtiyojlarini qondirish va aksiyadorlar hamda jamiyat mehnat jamoasining manfaatini ko‘zlab mehnat qilish yo‘li bilan foyda olishdan iborat bo‘lib, o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash yo‘li bilan jamoa va jamiyat aksiyadorlarining moddiy va ijtimoiy talabalrini qondirishga qaratilgan. “Zuxra ona-plyus” MCHJda 2016 yilda ishlab chiqarish va moliyaviy hisob natijalari quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi (3-jadval). 3- jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “Zuxra ona-plyus” MCHJda 2019 yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi amaldagi narxlarda 16.8 mlrd.so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 20.4 mlrd.so‘m yoki 121 foizga bajarilib, qiyosiy narxlarda esa 16.3 mlrd.so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 17.8 mlrd.so‘m yoki 109.4 foizga, o‘tgan 2020 yilga nisbatan 115.3 foizga bajarildi. Iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmi 15.9 mlrd.so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 17.9 mlrd.so‘mga yoki 112.6 foizga bajarildi. O‘tgan 2020 yilga nisbatan xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 95.3 foizni tashkil etgan. 3- jadval “ Download 415.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling