20-Mavzu aholi turmush darajasi statistikasi


Real daromadlarni o`zgarishi


Download 55.43 Kb.
bet7/8
Sana15.06.2023
Hajmi55.43 Kb.
#1481605
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
20-mavzu

Real daromadlarni o`zgarishi tezligi quyidagi omillarga bog’liq: nominal daromadlar o`sish darajasi, soliq to`lovlari stavkalarining o`zgarishi va baho indeksining o`zgarishi.
Iste`mol baholar indeksi aholi tomonidan sotib olinadigan ma`lum belgilangan tovar va xizmatlar yig’indisi qiymatining o`zgarishini xarakterlaydi. Masalan, iste`mol baholar indeksini hisoblash uchun O`zbekiston Davlat statistika qo`mitasi tomonidan aholi iste`moli tarkibini xarakterlab beradigan 300 xil tovar va xizmatlar tanlab olingan. Buni o`rganish uchun uy xo`jaliklarida yil davomida o`tkazib boriladigan statistik kuzatish ma`lumotlari asos bo`lib hisoblanadi.
Baho indeksi aholining iste`mol tarkibi o`zgarmagan holda joriy davr tovar va xizmatlarni sotib olish uchun bazis davriga nisbatan qancha ortiq yoki kam sarflashni ifodalaydi.
Deflyator deb nomlangan baho indeksi quyidagicha hisoblanadi:
Jp = P1qp : P0qp = ipP0qp : P0qp
bunda, qp – tovarlarning doimiy (o`zgarmas) miqdori.
Aholi daromadlari va xarajatlari hajmi oilalarining byudjetini aks ettirishi bilan birga aholining daromadlari va xarajatlari balansini tuzish va milliy hisoblar tizimadagi «Uy xo`jaligi» sektori hisoblamalari ko`rsatkichlarini ham aniqlash imkoniyatini beradi.
Aholining daromadlari va xarajatlari balansi – aholining daromadlari, xarajatlari, jamg’armalari hajmi va tarkibini ham ifodalaydi. Balans yalpi milliy daromadning qanday qismi aholi ixtiyoriga pul formada tushishini ifodalaydi.
Balans ijtimoiy-iqtisodiy tahlilning muhim qurollaridan biri bo`lib, u aholi turmush darajasini ifodalaydi. Uning yordamida aholi pul daromadlari va xarajatlarining umumiy hajmi, uning tarkibi aniqlanadi, aholining real va nominal daromadlari, aholining sotib olish qobiliyati aniqlanadi va boshqa hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Balansning daromadlar qismi har xil manbalardan tushumlarni ifodalaydi. Ularni moliyaviy va statistik hisobotlardan, tanlama kuzatish va boshqa manbalardan olish mumkin.
Balansning xarajatlar qismi aholi tomonidan to`langan transfertlar, tovar va xizmatlarni sotib olish uchun to`lovlar va aholining depozit va qimmatli qog’ozlarda ortgan jamg’armalaridan tashkil topadi.
Balansning daromadlar qismida ba`zi bir iqtisodiy ma`nosi bir xil bo`lgan moddalar kiritilgan. Masalan, mulkdan olingan daromadlarga dividendlar, jamg’arma va qimmatli qog’ozlardan olingan foizlar.
Balansning xarajatlar qismidagi ko`rsatkichlar o`zining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra milliy hisoblar tizimidagi ko`rsatkichlar bilan bir xil emas. Daromadlar qismini xarajatlar qismiga nisbatan ortiq bo`lishi pul formadagi aktivlarni o`sishini anglatadi. Agar aksincha bo`lsa, aholining iste`mol xarajatlari uy xo`jaliklarining yig’ilgan aktivlari hisobidan moliyalashtirilganini ifodalaydi.
O`zbekiston 2015 yil statistik axborotnomasi ma`lumotlariga ko`ra aholining nominal pul daromadlari hisobot davrida 2014 yilning shu davriga nisbatan 29,7%ga ko`paydi va 9989,8 mlrd. so`mni tashkil qildi, aholining pul xarajatlari va jamg’armalari 28,8%ga ko`payib 9794,6 mlrd. so`mni tashkil qildi.

Download 55.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling