20-Mavzu aholi turmush darajasi statistikasi


Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar i


Download 55.43 Kb.
bet8/8
Sana15.06.2023
Hajmi55.43 Kb.
#1481605
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
20-mavzu

Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar iming so‘m


2014 y.

2015 y.*

2016 y.

2017 y.

2018 y.

O‘zbekiston Respublikasi

3601,3

4805,2

5503,5

6227,8

7300,2

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2680,9

3427,9

3856,1

4497,1

5474,6

viloyatlar:






Andijon

3453,1

4446,4

5187,7

6010,2

6900,7

Buxoro

4372,1

5836,4

6657,8

7707,8

9294,4

Jizzax

2689,4

4288,4

4873,5

5574,6

6832,9

Qashqadaryo

3039,1

4148,1

4908,9

5505,3

6274,8

Navoiy

5878,9

7928,9

8874,4

9783,5

11450,7

Namangan

2640,5

3699,3

4252,7

4911,9

5630,0

Samarqand

3099,6

4151,9

4953,8

5608,5

6571,5

Surxondaryo

2923,5

4130,9

4560,6

5054,7

6164,2

Sirdaryo

3797,5

5141,3

5988,4

5806,5

6541,0

Toshkent

3843,0

5507,7

6008,3

6570,1

7640,3

Farg‘ona

3077,3

4084,9

4508,6

4899,0

5847,8

Xorazm

3398,4

4582,4

5220,3

6306,2

7634,7

Toshkent sh.

7146,0

8486,1

10086,8

11770,1

13447,4

Aholi pul daromadlarining umumiy hajmida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (qishloq xo`jalik mahsulotlari sotishdan olingan daromadlarni qo`shgan holda) va mol-mulk ulushi yuqori bo`lib, umumiy pul daromadlarining 56,0%ini, mehnatga haq to`lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlarning ulushi 29,4%ni, ijtimoiy transfertlarning ulushi esa 14,6%ni tashkil qildi.
Aholining iste`mol xarajatlari 22,4%ga ko`paydi va 7248,3 mlrd. so`mni tashkil qildi. Iste`mol xarajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida 76,8%dan 72,5%ga kamaydi.
Majburiy to`lovlar va badallarga haq to`lash xarajatlari 17,8%ga ko`paydi va 697,5 mlrd. so`mni tashkil qildi, ularning pul daromadlaridagi ulushi 7,7%dan 7,0%ga kamaydi.
20.3. Aholi iste`moli. Iste`mol manbalari va uning tarkibi.
Iste`mol hajmi, uning dinamikasi va tarkibi inson turmush darajasining muhim elementlari bo`lib hisoblanadi. MDH mamlakatlarida iste`molchi manfaatini himoya qiluvchi qonunlar aktlari qabul qilingan, ular minimal daromad, pensionerlarni, nogironlarni ijtimoiy ta`minoti, bahoning ortishi va inflatsiya natijasida aholining ijtimoiy himoyalash kabilar, shuningdek, «Iste`molchi huquqini himoyalash haqida»gi qonun qabul qilinib, unda fuqarolarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish asoslari yaratilgan.
Xalqaro andozalarni tashkil etish tashkiloti (ISO) ham iste`molchilar manfaatlarini himoya qiladi.
Aholi iste`moli statistikasining asosiy vazifasi iste`molning natural va qiymat ko`rsatkichlarini, individual va oilaviy iste`mol byudjetlarini, iste`mol xarajatlari tarkibini va iste`molning elastlikligini va uning dinamikasini o`rganishdan iborat.
Iste`mol – ishlab chiqarish jarayonining oxirgi nuqtasi va takror ishlab chiqarishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Iste`mol ma`lum ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalanishni anglatadi. Oxirgi iste`mol milliy hisoblar tizimining daromadlaridan foydalanish hisoblamasida o`z aksini topadi. U uy xo`jaliklarining ko`p mablag’lari va natural daromadlari hisobidan iste`mollarini, butunlay davlat qaramog’ida bo`lgan aholi iste`molini, shularga yana davlat tomonidan amalga oshiriladigan sog’liqni saqlash, ta`lim, madaniyat, ijtimoiy ta`minot xarajatlarini, fuqarolarning xorijdan sotib olgan mahsulotlari va xorijliklarning bizning mamlakatdan sotib olgan mahsulotlari orasidagi farqni ifodalaydi.
Aholining umumiy iste`moli material va nomaterial boylik va xizmatlar iste`molini o`z ichiga oladi. U ishlab chiqarish darajasiga, shuningdek, taqsimlash tarkibi va tarkibiga bog’liq.
To`lovli va to`lovsiz iste`molni ajratish lozim.
To`lovli iste`mol aholining pul daromadlari hisobiga amalga oshiriladi.
To`lovsiz iste`mol – butunlay davlat qaramog’idagi aholining sog’liqni saqlash, ta`lim, madaniyat va h.k. muassasalaridagi tovar va xizmatlar iste`molini o`z ichiga oladi. To`lovli iste`mol to`liq qiymat bo`yicha, to`lovsizi esa xarajatlar summasi sifatida hisobga olinadi.
Xizmatlar material va nomaterial xizmatlarga bo`linadi. Material xizmatlar – ilgari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qayta ishlash va tiklash maqsadida amalga oshiriladi. Nomaterial xizmatlar – bular material formada yuzaga kelmaydigan xizmatlar (ta`lim sohasi, sog’liqni saqlash va h.k.). Material boyliklar va xizmatlar ularning hajmi, tarkibi va sifati ko`rsatkichlari yordamida o`rganiladi.
Xizmatlar tarkibi kattalashtirilgan holda maqsadli vazifasiga asosan quyidagi guruhlarni o`z ichiga oladi:
A. Iste`mol xarajatlari:

  1. oziq-ovqat mahsulotlari, uydan tashqarida ovqatlanish, alkogol, tamaki;

  2. kiyim, gazlama, oyoq kiyimi;

  3. shaxsiy gigiena mahsulotlari;

  4. uy-joy kommunal xizmatlari, mebel va h.k.;

  5. ta`lim, madaniyat, dam olish va h.k. xizmatlar;

  6. ijtimoiy transport xizmatlari, xususiy transportni asrash, aloqa;

  7. yoqilg’i va boshqa mahsulotlar.

B. Noiste`mol xarajatlari:

  1. xususiy yordamchi xo`jalik xarajatlari;

  2. tug’ishganlarga ko`rsatilgan material yordamlar;

  3. jamg’arish (banklardagi hisoblar, qimmatli qog’ozlar va chet el valyutalarini sotib olish va h.k.);

  4. soliqlar, to`lovlar va boshqa xarajatlar.



Ayrim mamlakatlarda 2018-yilda uy xo`jaliklarining oxirgi iste`moli tarkibi (%%)

Mamlakatlar

Jami

Oziq-ovqat mahsulotlar, ichimlik, tamaki

Kiyim va oyoq kiyim

Uy-joy to`lovla­ri va kommunal xizmatlar

Mebel va uyga xizmatlar

Meditsina xizmatlari

Transport va aloqa

Dam olish, mada­niyat, ta`lim

Boshqa tovar va xizmatlar

Angliya

100,0

19,9

5,9

20,1

6,4

1,6

17,2

10,8

18,1

Germaniya

100,0

15,2

6,3

20,7

8,2

14,5

15,9

9,0

10,1

Indiya

100,0

53,9

10,4

9,3

4,2

2,3

12,6

3,4

3,5

Kanada

100,0

14,5

5,3

24,5

8,7

4,4

14,5

11,6

16,5

Rossiya

100,0

33,8

11,3

8,7

5,0

8,4

10,6

11,6

10,6

AQSH

100,0

11,5

6,0

18,2

5,9

18,0

14,1

14,0

16,0

Frantsiya

100,0

18,2

5,4

21,8

7,3

10,4

16,3

7,5

13,2

YAponiya

100,0

17,6

5,4

21,4

5,0

10,1

19,0

12,6

17,0

Ukraina

100,0

45,1

5,3

11,0

3,1

11,2

5,5

14,1

4,8

Belorussiya

100,0

50,2

6,7

8,1

3,0

8,4

5,8

10,8

7,0

Jadval ma`lumotlariga qaraganda har xil mamlakatlar iste`moli tarkibida sezirarli farqlar mavjud. Ammo MDH davlatlari iste`moli tarkibi bir-biriga o`xshab ketadi: xarajatlarning asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik, tamakiga to`g’ri keladi, uy-joy to`lovlari, kommunal xizmatlar va transport xarajatlari ulushi ancha past. 2018-yilda O`zbekiston aholisining iste`mol xarajatlari 22,4%ga ko`paydi va va 7248,3 mlrd. so`mni tashkil qildi. Iste`mol xarajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida 76,8%dan 72,5%ga kamaydi.
Qisqacha xulosalar
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo`nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi haqidagi va boshqa ma`lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlari tuziladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimiga bevosita iste`mol ko`rsatkichlari bilan birga iste`mol imkoniyatini ifodalovchi ko`rsatkichlar ham kiradi. Ularga, masalan, iste`mol fondi yoki daromad darajasi ko`rsatkichlarini kiritish mumkin.
Aholining turmush darajasi ko`p jihatdan ularning olayotgan daromadlariga bog’liq bo`lib, shaxsiy ehtiyojlarni qondirilish darajasini ifodalaydi.
Aholining daromadlari va xarajatlari balansi – aholining daromadlari, xarajatlari, jamg’armalari hajmi va tarkibini ham ifodalaydi. Balans yalpi milliy daromadning qanday qismi aholi ixtiyoriga pul formada tushishini ifodalaydi.
Aholi iste`moli statistikasining asosiy vazifasi iste`molning natural va qiymat ko`rsatkichlarini, individual va oilaviy iste`mol byudjetlarini, iste`mol xarajatlari tarkibini va iste`molning elastlikligini va uning dinamikasini o`rganishdan iborat.
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar

    1. Aholi turmush darajasi deganda nimani tushunasiz?

    2. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar izimini aytib bering.

    3. Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining mohiyati nimada?

    4. Uy xo`jaliklari daromadlarini qanday turlarga bo`lish mumkin?

    5. Nominal va real daromad mohiyatini tushuntiring.

    6. O`zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashning qanday yo`nalishlarini bilasiz?

    7. Aholi daromadlari tarkibini tushuntiring.

    8. Turmush darajasini o`rganishning asosiy yo`nalishlarini ayting.

Mustaqil ta`lim mavzulari
1. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indekatorlar tizimi
2. Milliy hisoblar tizimida aholi turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
3.Aholi daromadlari va xarajatlari balansi
4.Aholi istemoli statistikasi
5.Aholinihg moddiy ne`matlar va xizmatlarni istemol qilish ko`rsatkichlari
FOYDALANILGAN VA TAVSIYA QILINGAN ADABIYOTLAR
1. Мирзиёев, Ш. М. Танқидий таҳлил, катъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. - Тошкент: «Ўзбекистон», 2017. - 104 б.
2.Статистика. Учебник. /Под ред. И.И. Елисеевой. – М.: Проспект,2010, 357-369 c
3.Soatov N.M., Nabiev H.G’., Nabiev D.H.,Tillaxo`jayeva G.N. Statistika
Darslik,T, 2011, 499-513 b
4. Nabiyev H.G’,Nabiyev D.H. Iqtisodiy statistika. Darslik. T.: “Aloqachi”, 2008, 461-483 b.
5. Статистика : учебник / под ред. И. И. Елисеевой. — М.: Высшее образо вание, 2009,286-306 c
6. Статистика уровня жизни населения. Учебное пособие Качанова Н. Н., Глебкова И. Ю., Долбик- Воробей Т. А. 2018 КноРус
7.Социально-экономическая статистика Л. Г. Батракова 2013 Логос
8.Статистика в 2-х томах. Том 2. Социально-экономическая статистика. Учебник и практикум для академического бакалавриата Н. И. Малых 2017 Юрайт
Internet saytlar

  1. www.economics.ru

  2. www.stat.uz

  3. www.cer.uz

  4. www.uza.uz

  5. www..cbu.uz

  6. www.ziyonet.uz

  7. www.mineconomu.uz

  8. www.mehnat.uz

  9. www.mf.uz

Download 55.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling