20-Mavzu aholi turmush darajasi statistikasi


Aholi daromadlari to‘g‘risida ma’lumot


Download 55.43 Kb.
bet2/8
Sana15.06.2023
Hajmi55.43 Kb.
#1481605
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
20-mavzu

Aholi daromadlari to‘g‘risida ma’lumot

No

Ko‘rsatkichlar nomi

2015 y.*

2016 y.

2017 y.

2018 y.

1.

Aholi umumiy daromadlari, mlrd.so‘m

158699,8

185036,5

220811,8

282762,5


o‘tgan yilga nisbatan, % da

112,0

116,6

119,3

128,1

2.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlar, ming so‘m

5070,5

5810,0

6817,6

8580,0


o‘tgan yilga nisbatan, % da

110,1

114,6

117,3

125,9

3.

Aholi real umumiy daromadlari, mlrd.so‘m

150397,8

175273,8

201709,9

240587,5


o‘tgan yilga nisbatan, % da

106,1

110,4

109,0

109,0

4.

Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar, ming so‘m

4805,2

5503,5

6227,8

7300,2


o‘tgan yilga nisbatan, % da

104,3

108,5

107,2

107,1

Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlarni shartli ravishda o`lchov turlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
a) sintetik qiymat ko`rsatkichlari (YAIM, iste`mol fondi, aholining jami daromadlari va h.k.);
b) fizik ko`rsatkichlar, aniq material boyliklarni iste`moli hajmini ifodalovchi ko`rsatkichlar (shaxsiy mulk bilan ta`minlanish darajasi, oziq-ovqat mahsulotlar iste`moli, tashilgan yo`lovchilar soni va h.k.);
s) boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy ko`rsatkichlar (aholining daromadlar guruhlari bo`yicha taqsimoti, daromadlar va iste`molni yig’uvchi va kelishtiruvchi ko`rsatkichlar va h.k.).
Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimiga bevosita iste`mol ko`rsatkichlari bilan birga iste`mol imkoniyatini ifodalovchi ko`rsatkichlar ham kiradi. Ularga, masalan, iste`mol fondi yoki daromad darajasi ko`rsatkichlarini kiritish mumkin.
«Turmush darajasini» ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimi ko`p bo`lganligi sababli hozirgi vaqtda qator jamlovchi ko`rsatkichlar ham qo`llaniladi va ulardan biri inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish indeksi)dir. Bu ko`rsatkich insonlarning moddiy va ma`naviy istaklarini qondirish imkoniyatlarini o`lchash uchun, shuningdek, ayrim mamlakatlar va umuman, insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish uchun xizmat qiladi.
Inson rivojlanish indeksi (Ji.r.) uchta omilning ta`sirini hisobga oladi:
1) umr uzunligi;
2) ta`lim olish darajasi;
3) jon boshiga ishlab chiqarilgan YAIM hajmi.
Bu ko`rsatkich (Ji.r.) turmush tarzini ifodalovchi uch ko`rsatkich asosida o`rtacha arifmetik usulda aniqlanadi:
Ji.r. = 1/3 x (Jxi);
bunda, Jxi – turmush darajasi indikatorlari, shu jumladan:
Jx1kutilayotgan umr uzunligi;
Jx2 – aholining ta`lim olish darajasi (yig’ma ko`rsatkich: yoshi katta aholining savodxonlik darajasi va boshlang’ich, o`rta va oliy ma`lumot olayotgan yoshlar salmog’i);
Jx3 – jon boshiga to`g’ri kelgan real YAIM hajmi, uni pulni sotib olish qobiliyatini e`tiborga olgan holda hisoblanadi AQSH dollarida).
Indeksning har bir omili hisoblanayotganda uning minimal va maksimal qiymati belgilangan andozasidan foydalaniladi va u bilan mamlakatdagi amaldagi ko`rsatkich solishtiriladi:

Bo`lajak umr uzunligi indeksi hisoblanayotganda maksimal daraja sifatida 85 yosh olinadi, minimal daraja sifatida esa 25 yosh olinadi. Ta`lim olish indeksi hisoblanayotganda andozalar 100% va 0% deb olinadi, jon boshiga real YAIM hajmi indeksi – 100 va 5500 AQSH dollari olinadi.
Jon boshiga real YAIM hajmi ko`rsatkichi ishlab chiqarilgan, taqsimlangan va iste`mol qilingan darajani aks ettiradi. Umr ko`rish uzunligi ko`rsatkichi millatning sog’lomlik darajasini ifodalaydi. U mamlakatning iqtisodiy o`sish darajasiga, olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, meditsina xizmati darajasiga, ekologiyaga va boshqa omillarga bog’liq. Aholining ta`lim olish darajasi jamiyatning intellektual va ijodiy salohiyatini ifodalaydi.
O ‘zbekiston Respublikasi aholisi daromadlarini aholining 10-li guruhlari bo‘yicha notekis taqsimlanishi (uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan koeffitsiyent


Download 55.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling