20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja


Download 164 Kb.
bet14/16
Sana22.01.2023
Hajmi164 Kb.
#1109966
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
20-MAVZU

Virusdan foydalanish asosidagi firibgarlik. Bunday turdagi viruslarning mohiyati so‘ralayotgan resurslarni nusxalangan fiktiv resurslarga “pereadresatsiya” qilgan holda almashtirishdir. Bunday ishlar eng ommabop runet resurslarida – Yandeks, Rambler, Mayl, VKontakte, Odnoklassniklarda ham amalga oshirilgani ma’lum. Virus bilan “zararlangan” kompyuterda biror-bir resursning adresini tera turib, foydalanuvchi unga aynan o‘xshash firibgarlar tomonidan tuzilgan soxta serverga tushib qoladi va undan tizimga kirish uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni kiritish so‘raladi (ya’ni foydalanuvchi login va paroli so‘raladi). Adres qatoriga saytning aniq nomi yozilgan va tashqi ko‘rinishi original serverdan nusxalanganligi sababli ko‘pchilik foydalanuvchilarda hech qanday shubhalanish yoki gumon paydo bo‘lmaydi va ular o‘z login va parollarini kiritadilar. Login va parol kiritilganidan so‘ng, hisobga olish yozuvini “tasdiqlash” yoki “faollashtirish” uchun minimal narxdagi SMS jo‘natish so‘raladi. Shunday qilib, firibgarlar nafaqat abonentlar hisob raqamlaridagi mablag‘larni echib oladilar, balki ularning logini va parollarini bilgan holda ular nomidan o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘nata oladilar ham. Masalan, “Tekinga firma nomidan kattagina sovg‘a olishingiz uchun bizga 10 dollar yuboring”, “Firma tashkil etayotgan lotoreyada ishtirok etish va kompyuter yutib olish uchun 5 dollar yuborishingiz kifoya qiladi”, “Kompaniya tashkil etayotgan gumanitar tadbirda ishtirok etish uchun 1 dollar yuborishingiz mumkin” va shu kabilar.

Virus bilan zararlangan dasturlarni yuklab olish va ishga tushirish uchun foydalaniladigan asosiy mavzular jumlasiga ijtimoiy saytlardagi qo‘shimcha funksiyalar (sovg‘alar, VIP-kiritish va shu kabilar)ni, telefondan SMS ma’lumotlarni o‘qib olishni, VKontaktedagi reytingini oshirish, mobil telefon egasining telefoni raqamidan uning qaerdaligini (manzilini) bilib olish kabi qiziqarli takliflarni ko‘rsatish mumkin. Ko‘rsatilgan ilovaga o‘tilgan zahoti foydalanuvchining kompyuteri virusli dasturni avtomatik ravishda ishga tushirib yuboradi. Bunday viruslar bilan zararlangan foydalanuvchilarga maslahat sifatida ko‘rsatilgan resurslarga kiritiladigan parollarni darhol o‘zgartirish hamda antivirus bazalari yangilangan antivirus dasturlar ishlatishni boshlash tavsiya etiladi. Shuni ham aytish kerakki, ommaviy saytlarning resurslari hech qachon tizimda qayd qilingan foydalanuvchidan yana bir marta qo‘shimcha avtorizatsiya qilinishni so‘rashi mumkin emas.


  1. Download 164 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling