Qiymatlar buxgalteriya hisobi. Buxgalteriya hisobi bu – iqtisodiy jarayonlar qatnashchilari haqida moliyaviy axborotni o‘lchash, qayta ishlash va uzatishdir. Ko‘p milliardli ushbu tarmoqni to‘rtta audit giganti: Deloitte Touche Tohmatsu, Price water house Coopers, Ernst & Young va KPMG nazorat qiladi. An’anaviy buxgalteriya hisobi amaliyotchilari zamonaviy moliya tezligi va murakkabligini eplashtira olmayapti. Blokcheyn taqsimlangan registrini qo‘llaydigan yangi usullar audit va moliyaviy hisobotlarni shaffof qiladi va ularni real vaqt rejimida oshib borishga imkon beradi. Shuningdek, u tartibga soluvchi organlar va boshqa manfaatdor shaxslarning korporatsiya ichidagi moliyaviy faollikni kuzatib borish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytiradi (20.1-jadval).
20.1-jadval “Oltin sakkizlik” moliyaviy xizmatlar bozori o‘zgarishi
Funksiya
|
Blokcheyn ta’siri
|
Bundan kim yutadi
|
1
|
2
|
3
|
1. Aynan birxillik va qiymatni tasdiqlash
|
Tasdiqlanadigan va to‘liq funksionalli elektron profillar, kriptografik ishonchli
|
Reyting agentliklari, iste’molchilar ma’lumotlari tahlilchilari, marketologlar, yuridik va jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatish, to‘lov kartalari tarmoqlari, tartibga soluvchi organlar
|
2. Qiymatlar ko‘chishi – to‘lovlar, pul o‘tkazmalari, tovarlar va xizmatlar xarid qilish
|
Vositachilarsiz juda katta va juda kichik hajmda qiymatlar o‘tkazish to‘lovlar tezligini oshiradi va qiymatni pasaytiradi
|
Mijozlar bankingi, to‘lov kartalari tarmoqlari, pul o‘tkazmalari xizmati, telekommunikatsiya kompaniyalari, tartibga
soluvchi organlar
|
3. Qiymatlar saqlash – valyuta, xomashyo va moliyaviy aktivlar. Bank yacheykasi, jamg‘arma yoki joriy schyot. Qisqa
muddatli vositalar bozori. G‘aznachilik obligatsiyalari
|
To‘lovlar mexanizmi qiymatlarni ishonchli va xavfsiz saqlash bilan
birgalikda an’anaviy moliyaviy xizmatlarga ehtiyojni pasaytiradi,
banklardagi jamg‘armalar va joriy schyotlar iste’moldan chiqadi
|
Jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatish,
brokerlar, investitsiya banklari, aktivlarni boshqarish, telekommunikatsiya
kompaniyalari, tartibga soluvchi organlar
|
4. Kreditlash. Kredit kartalar, ipoteka, korporativ, munitsipal, davlat obligatsiyalari, ta’minotli qimmatli qog‘ozlar va boshqa
kreditlash shakllari
|
Qarz majburiyatlarini yaratish, uzatish va blokcheynda tartibga solish mumkin, samaradorlik ortadi, xarajatlar va tizimli risk pasayadi. Iste’molchilar nufuz yordamida boshqa iste’molchilardan qarz olishi mumkin, bank tizimi qamrab olmaganlar va tadbirkorlar
uchun muhim
|
Yuridik va jismoniy shaxslar bilan ishlaydigan banklar, davlat byudjeti, mikrokreditlash,
Kraudsorsing tartibga solish organlari, reyting agentliklari, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar
|
5. Qadriyatlar almashinish – birjada ishtirok etish,
xedjirlash, arbitraj. Bitimlar tayyorlash va kliring, majburiyatlar ta’minlanishini
boshqarish va ularni
baholash, tartibga solish
va ishonch asosida tasarruf qilish
|
Blokcheyn har qanday tranzaksiyani tartibga solishni kun va haftadan daqiqa va soniyaga qisqartiradi. Bu tezlik va
samaradorlik bank xizmatlari bilan etarlicha yoki umuman qamrab olinmagan shaxslarga
boylik yaratishda ishtirok etishga imkon beradi
|
Investorlar, yuridik shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatish, valyuta
birjalari, xedj-fondlar, pensiya fondlari, xususiy brokering, kliring palatasi, fyuchers, xomashyo birjalari, xomashyo
brokeringi, markaziy
banklar, tartibga solish organlari
|
6. Homiylik va investitsiyalar – aktivlar, kompaniya, start-aplarga, kapital qiymatini oshirish,
dividendlar, foizlar, renta va ularning
birlashuvi
|
Piringli moliyalashtirish yangi modellari, smart-shartnomalar bo‘yicha avtomatik dividend to‘lovlari kabi korporativ harakatlar qaydi. Rentadan daromad va boshqa daromad shakllariga da’voni avtomatlashtirish uchun mulk reestri
|
Investitsiya banklari, venchurli investorlar, yuristlar, auditorlar, mulkni boshqarish, fond birjalari, kraudsorsing, tartibga solish organlari
|
7. Qadriyatni sug‘urta qilish va risklarni
boshqarish – aktivlar, uy-joy, sog‘liq, tijorat mulki, biznes amaliyoti, hosila mahsulotlarni himoya qilish
|
Nufuz tizimlaridan
foydalanish sug‘urtachilarga aktuar riskni aniqroq
baholashga yordam beradi, nomarkazlashgan sug‘urta
bozorlari tashkil qilinadi. Hosila qimmatli qog‘ozlar shaffofroq
|
Sug‘urta, risklarni boshqarish, yuridik
shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatish, brokering, kliring palatasi, tartibga solish organlari
|
8. Qadriyatlar buxgalteriya hisobi
|
Taqsimlangan registr audit va moliyaviy hisobotni real vaqtda amalga oshiriladigan, tez amalga oshadigan va shaffof qiladi, tartibga solish organlarining korporatsiya ichida moliyaviy faollikni tartibga solish imkoniyatlarini kuzatish
imkoniyatini yaxshilaydi
|
Auditorlar, aktivlarni boshqarish, aksiyadorlar
nazorat organlari, tartibga solish organlari
|
Blokcheyn, shuningdek, davlatning moliya xizmatlari sanoatini nazorat qilishdagi roli haqida munozaralarni jonlantirib yubordi. Agar ularni so‘zning keng ma’nosida kommunal xizmatlar sifatida qabul qiladigan bo‘lsak, odatda, davlat tomonidan qat’iy tartibga solinadigan xomashyo monopoliyalarga o‘xshatish yuzaga keladi. Biroq blokcheyn texnologiyasi risklarni pasaytirish hamda shaffoflik va tezkorlikni oshirishni va’da qilishi sababli texnologiyaning o‘zi tartibga solish funksiyalarini bajaradi1. Biroq agar tartibga soluvchi organlar banklar va bozorlarda ichki jarayonlarga yo‘l topish imkoniga ega bo‘lsa, unda ayrim qonunlarni soddalashtirish, boshqalarini esa umuman bekor qilish mumkindir? Bu qiyin masala. Bir tomondan, tartibga soluvchi organlar innovatsiyalar ulkan tezligini hisobga olgan holda o‘zining nazorat funksiyasini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan, banklar davlat nazoratidan chetda qolib ketgan holda bir necha marta halollikni esidan ham chiqarib qo‘ygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |