20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja


Download 164 Kb.
bet11/16
Sana22.01.2023
Hajmi164 Kb.
#1109966
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
20-MAVZU

Yo‘l xaritasi. Blokcheyn texnologiyalari moliya xizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan tortib buxgalteriya hisobi va tartibga solishgacha bo‘lgan barcha turlari va funksiyalariga ta’sir etadi. SHuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Bitkoinda qarz majburiyatlari, valyutalar nazorati, balansni muzlatib qo‘yish, olishdagi cheklovlar, ish soatlari qayta strukturalanishi mumkin emas.
Smart-shartnomalar. O‘zgarishlar sur’ati smart-shartnomalar paydo bo‘lishiga tobora ko‘proq xizmat qilmoqda. Hozir ko‘pchilik kompyuter savodxonligiga ega bo‘libgina qolmasdan, yangi texnologiyalarning nozik jihatlarini ham o‘rganib olmoqda. Tranzaksiyalarni qayd qilishga keladigan bo‘lsak, bu yangi raqamli vosita o‘z xususiyatlari bo‘yicha qog‘oz shaklidagi o‘tmishdoshlaridan jiddiy farq qiladi. Kriptograf Nik Sabo aytib o‘tganidek, ular nafaqat kengroq doiradagi axborot (xususan, til bilan bog‘liq bo‘lmagan sensorik axborot) qayd etishga qodir, dinamik hisoblanadi ham: ular axborot uzatishi va ayrim turdagi qarorlar qabul qilishi mumkin. Sabo ta’rif berishicha, “raqamli media hisob-kitoblar amalga oshirishi, bevosita mashinalarni boshqarishi va ayrim mulohazalarni odamlardan ham yaxshiroq yuritishi mumkin”.
Smart-shartnoma – shartnoma shartlarini ijroga keltiradigan kompyuterlashtirilgan tranzaksiya protokoli. Smart-shartnoma sxemasining asosiy maqsadlari umumiy muayyan shartlarni qondirish (to‘lov shartlari, garov huquqlari, maxfiylik, hatto sanksiyalar kabi), ataylab qilingan va tasodifiy istisnolarni minimal holatga keltirish, ishonchli vositachilarga ehtiyojni pasaytirishdan iborat. Bog‘langan iqtisodiy maqsadlar firibagrlik tufayli yo‘qotishlar, arbitraj va majburiyatlarni majburiy ijro etish xarajatlari va boshqa tranzaksiya xarajatlarini pasaytirishni o‘z ichiga oladi.
Umuman olganda, uzoqni ko‘zlab ish yuritadigan kompaniyalar blokcheyn iqtisodiyotida ishtirok etishga harakat qiladi, o‘zini qurbon qilib ko‘rsatishni emas. Rivojlanayotgan dunyoda qiymat yaratishni (tadbirkorlik tufayli) va qiymatda ishtirok etishni (kompaniyaga taqsimlangan mulkchilik orqali) taqsimlash muvaffaqiyatga erishish paradoksini hal qilishga qodir. Individual, tashkiliy, tarmoq, jamoatchilik darajasida blokcheyn bilan taqsimlangan buyumlar interneti. Alohida shaxslar yoki markazlashtirilgan vositachi-ilovalar emas, biring tarmoqlari qatnashchilari tomonidan jarayonlarni modernizatsiya qilish va avtomatlashtirish yuqorida qayd qilingan qator ustunliklar keltirishga qodir, jumladan:

  • tezlik (boshdan-oxiriga avtomatlashtirish);

  • xarajatlar pasayishi (amalda cheksiz ma’lumotlar hajmini ulkan qayta ishlash markazlariga etkazish bilan bog‘liq; qimmatga tushadigan vositachilarni istisno qilish);

  • foyda, natijaviylik va/yoki unumdorlikni oshirish (ortiqcha resurslarni ulardan takroriy foydalanish uchun bo‘shatish);

  • samaradorlikni oshirish (kiritilgan nazorat reglamentlari va inson omilining ta’sirini pasaytiradigan boshqa protokollar);

  • axloqiylik va xavfsizlikni oshirish (shaxsiy ishonch talab qilinmaydi, chunki ishonch tarmoq arxitekturasiga kiritilgan bo‘ladi);

  • tizimning ishdan chiqish ehtimoli pastroq (zaif jihatlarni bartaraf qilish, ishdan chiqishga chidamlilik);

  • energiya iste’moli pastligi (energiya sarfi tarmoqning o‘zi tomonidan yo‘qotishlarni pasaytirish va samaradorlikni oshirish, dinamik narx shakllantirish va qaytuvchan aloqa sirtmoqlari bilan o‘rni qoplanadi);

  • shaxsiy axborotlarning himoya qilinishini yaxshilash (vositachilar blokcheynda berilgan qoidalarni buzishi yoki pisand qilmasligi mumkin);

  • “cheksiz ma’lumotlar” to‘plash va tahlil qilish tufayli ularni yaxshilash imkoniyatlari, jarayonlar va qonuniyatlarni yaxshiroq tushunish;

  • turli xildagi ham salbiy (noqulay ob-havo, zilzila, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar), ham ijobiy (qishloq xo‘jalik ekinlari ekish uchun qulay vaqt, xarid shablonlari) hodisalarni bashorat qilish imkoniyatlarini yaxshilash.




Download 164 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling