20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja
Download 164 Kb.
|
20-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20.3. Intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish tizimi
Audionarkotik firibgarliklari. Internetning runet qismida insonning binaural ritmiga ta’sir qiluvchi “tovushli” narkotiklar haqidagi ma’lumotlar tarqala boshladi. Audinarkotiklarning reklamasi foydalanuvchilarning elektron pochta manzillariga ommaviy xatlar jo‘natish va boshqa turdagi tezkor ma’lumot almashish usullari orqali amalga oshirilmoqda. Audiofayllarni tinglash uchun maxsus raqamli kodni kiritgandan so‘ng mumkin bo‘ladi. Bunday kodni olish uchun esa pul to‘lab, SMS ma’lumot jo‘natish talab etiladi. Bunday spetsifik mahsulot taklif qiladigan resurslar fiktiv anketa ma’lumotlari bilan qayd qilingan chet el provayderlar tarkibida mavjud. Mutaxassislarning fikricha, tovush tebranishlari orqali reklama qilinayotgan effektga erishish mumkin emas. Shunday qilib, “raqamli narkotiklar” haqidagi ma’lumotlar pul ishlash uchun o‘ylab topilgan firibgarlarning yana bir hiylasidir.
Shuningdek, internet firibgarlikning quyidagi turlari ham mavjud: maxsus turdagi viruslar yordamida amalga oshiriladigan kiberfiribgarliklar; ijtimoiy saytlarning nolegal pornografiyadan pul ishlash bo‘yicha manba sifatida ishlatilishi; ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar; bank kreditlari bilan firibgarliklar; internetdagi sehrli xamyonlar; valyuta almashish bo‘yicha firibgarliklar; internetda pul qo‘yishga asoslangan firibgarlik; internetda lotereyada juda katta pul yutug‘i bo‘yicha firibgralik; uyda ishlash taklifi bilan bog‘liq firibgarlik; FOREKS tizimida ishlashdagi firibgarlik; tekin mobil aloqa firibgarligi; internetda pul ishlashni taklif qilish; karting, ya’ni bank plastiklari bilan bog‘liq firibgarliklar. 20.3. Intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish tizimi Alohida bir shaxs yoki jamoaning ijodiy sa’y-harakatlari natijasida yaralgan intellektual mahsulot intellektual xususiy mulk asosini tashkil etadi. U turli shakllarda bo‘lishi mumkin: kashfiyot va ixtirolar, yangi mahsulot va texnika namunalari, yangi texnologiyalar, ilmiy-ishlab chiqarish, konsalting, moliya-iqtisodiy, boshqaruv, marketing xizmatlari hamda adabiy-badiiy ijodning har xil turlari. Intellektual mulk tushunchasining mazmuni Intellektual mulk butun jahon tashkiloti (IMBT) konvensiyasida bayon etilgan: “Intellektual mulk adabiy, badiiy va ilmiy asarlari, radio va televizion namoyishlarga; inson faoliyatining barcha sohalaridagi ixtirolarga; ilmiy kashfiyotlarga; ishlab chiqarish namunalariga; savdo belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari va tijoriy alomatlarga; adolatsiz raqobatga qarshi himoyaga taalluqli huquqlarni hamda ishlab chiqarish, ilmiy, adabiy va badiiy sohalardagi intellektual faoliyatga daxldor boshqa huquqlarni o‘zida mujassam etadi”. Iqtisodiy taraqqiyotda intellektual mulk rolini yuksak baholash mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu – barcha davlatlarning asosiy zaxirasi, chunki uchinchi ming yillikda iqtisodiyot taraqqiyotining asosiy rag‘batlantiruvchisi tabiiy resurslar emas, balki intellektual faoliyat natijalari bo‘ladi. O‘zbekistonda intellektual mulk tizimi asosida ijodiy faoliyat, uning natijalari, ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish va huquqiy himoya masalalarini tartibga soluvchi qonuniy me’yorlar yotadi. Qonunlardan tashqari intellektual mulk tizimi yaxlitligi uning ishlashi, qonuniy himoyasi va qonunbuzarliklarga qarshi kurashni tashkil etuvchi davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’minlanadi. Download 164 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling