20. Sitema, element va struktura tushunchalarining mohiyatini ochib bering. Tizim, element struktura
Download 25.97 Kb.
|
02081 RMB falsafa yakuniy
Zaruriyat va tasodif falsafiy kategoriyalari narsalar va hodisalarning bir-biri bilan har xil tipdagi aloqalarini aks ettiradi. Zaruriyat va tasodif tushunchalari qadim zamonlardan beri faylasuflar e'tiborini o‘ziga tortib keladi. Vaqt o‘tishi bilan ularning talqini o‘zgargan, ayrim faylasuflar tabiatda tasodifning mavjudligini istisno etgan bo‘lsa, ayrimlar uni mutlaqlashtirgan. Masalan, sinergetikada tasodif tushunchasi va uning o‘ta murakkab tizimlar o‘z-o‘zini tashkil etishidagi roli alohida, hatto ancha muhim ahamiyat kasb etadi. Zaruriyat va tasodif kategoriyalari bir qator ilmiy yo‘nalishlar: biologiya, tibbiyot, huquqshunoslik, tarix va hokazolarda muhim metodologik ahamiyatga egadir. Odamlar amaliy faoliyatida tasodif omili zaruriyatdan kamroq ahamiyat kasb etmaydi. Ammo ularning dialektikasini, qarama-qarshilikka asoslangan birligini tushunish ayniqsa muhimdir.
Zaruriyat-bu hodisalar o‘rtasidagi ularning qonuniy o‘zgarishi va rivojlanishini belgilovchi barqaror, muhim ichki aloqalar. Zaruriyat qonun tushunchasiga yaqin turadi, muqarrar tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, nosoz tormoz muqarrar tarzda avtomobil halokatiga, uning yo yaqinroqdagi narsalar, yo harakatlanayotgan boshqa avtomobillar bilan to‘qnashuviga olib keladi yoki u piyodani urib ketishiga sabab bo‘ladi. Halokat aynan qanday yuz berishi, undan kim jabrlanishi mumkinligi tasodif bilan bog‘liq masaladir, zero yo‘lda muayyan paytda istalgan narsa va istalgan odam duch kelishi mumkin. Bu yerda zaruriyat avtomobilning ichki holati bilan, tasodif – tashqi sharoit bilan belgilanadi. Zaruriyat – yuz berishi mumkin bo‘lgan narsa. Zaruriyat – ichki xususiyatga ega hodisa, uning sababi o‘zida bo‘ladi va hodisalarning ichki o‘zaro aloqasidan kelib chiqadi. Ammo nafaqat ichki, balki tashqi zaruriyat ham mavjuddir. Masalan, jismlarning bir-biriga ularning massasiga to‘g‘ri proporsional va ular o‘rtasidagi masofaga teskari proporsional bo‘lgan kuch bilan tortishishi zaruriyat hisoblanadi. Bu tashqi zaruriyatdir. Tasodif ham ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Masalan, tirik organizmlarning mutatsiyalari tasodifiy xususiyat kasb etadi, ammo ular ichki hodisa hisoblanadi, chunki butun organizmni qayta qurish bilan bog‘liq. Xo‘sh, bu holda zaruriyat va tasodifni bir-biridan qanday farqlash mumkin? Zaruriyat hodisaning, jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi va mazkur sharoitda muqarrar tarzda yuz beradi. Masalan, har qanday tirik organizmning o‘limi muqarrardir, chunki u mazkur organizmning tabiati hamda unda yuz beruvchi ichki jarayonlar bilan belgilanadi. Ammo dunyoda hamma narsa zaruriyat sifatida paydo bo‘ladimi? Yo‘q, dunyoda tasodifiy voqyealar, hodisalar ham bor. Tasodif – ob'ektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining muammoliligini yoki muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya; soddaroq qilib aytganda muayyan sharoitda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin bo‘lgan narsa tasodifiy hisoblanadi. Tasodif voqyelikning asosan tashqi sharoitlar, yuzaki, beqaror aloqalar va mazkur hodisa uchun ikkinchi darajali omillar ta'sirida paydo bo‘luvchi holatlarini aks ettiradi. Tasodif zamirida narsaning mohiyati emas, balki unga boshqa narsalar va hodisalarning ta'siri yotadi. Tasodif yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan narsa sifatida ta'riflanadi. Download 25.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling