2016 йил oолатига мамлакатимизда нечта мтм мавжуд
Mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot ishlanmasi
Download 122.5 Kb.
|
«Talim-tarbiya samaradorligini taminlashda talim muassasalari va jamoatchilik hamkorligi masalalari»
Mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot ishlanmasi
Tavsiyalar Ta'lim va tarbiya sohasiga e'tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, me'yoriy ko‘rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, maktab hamkorligi faoliyati o‘ziga xos pedagogik tizim uslub va shakllarga ega bo‘lishi zarur. O‘tkaziladigan tadbirlar har tomonlama puxta, shuningdek qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan mantiqan teran, qiziqarli va ko‘rgazmali, ta'sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo‘nda estetik jihatdan keng ko‘lamli bo‘lishi kerak. Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshdagi va toifadagi fuqarolarni qamrab olishi va ularning qiziqish va intilishlariga mos bo‘lishi lozim. Quyidagi mavzularda turli xil usul va uslublardan unumli foydalangan tadbirlar o‘tkazish tavsiya etiladi; "Sog‘lom avlod uchun", "Sog‘lom tanda sog‘ aql", "Ota - onangga rahmat", "Odobingga balli", "Salomatlik va ekologiya", "Mehr chashmasi", "Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq hunar oz", "O‘g‘lim -posbonim", "Hayot-ustoz, xalq - muallim", "O‘zbekiston - Vatanim manim", "Milliy burch va ma'suliyat", "Oila saboqlari", "Oila etikasi", "Oilang tinch - sen tinch", "Mustaqil hayot bo‘sag‘asida", "Askarlik - yigitlik maktabi, "Oila baxti - Vatan baxti", "Sportchilar oilasi", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi", "Biz kimmiz?", “Ma'naviyati kuchli xalqning kelajagi buyukdir”, “Madaniyatimiz – milliy g‘ururimiz”, “Yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir”, “O‘z uyingn o‘zing asra”, “Oila tinch – jamiyat tinch” va shu kabi mavzularda tadbirlar o‘tkazish tavsiya etiladi. Xalq amaliy san'ati, hunarmandchiligi, urf-odatlari, madaniyati va tarixini o‘rganish, o‘quvchi yoshlarda vatanparvarlik g‘ururini hisobga olgan holda, bu borada tashkil qilinadigan tadbirlar kattalar va yoshlar xotirasida doimo yorqin hissiyotlar qoldirishini unutmaslik tashkiliy ishlar samarasini oshiradi. Mahalla hududida o‘tkaziladigan sport va turli madaniy tadbirlar yoshlarni intilish va imkoniyatlarini kattalar tomonidan chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi. Yuqoridagi tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga tatbiq etishda har bir fuqaro, oila, mahalla va maktab o‘zini shart - sharoiti, atrof-muhitini tahlil qilib; - "O‘quvchi -o‘qituvchi - ota - ona"; - "Maktab - oila - mahalla - jamoatchilik"; - "Oila - mahalla - bog‘cha -maktab" yo‘nalishlarida amaliy - tarbiyaviy ishlarni hayotga tatbiq etadi va shu kun talabi darajasida targ‘ib qiladi. Masalan: Bola tarbiyasida oila, mahalla, maktab hamkorligining ahamiyati; Milliy - madaniy tarbiyaning shakllantirish omillari; Ota - oila ustuni; Bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash va kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish ishlari; Qariyalar o‘giti; Oilaviy munosabatlar psixologiyasi; Milliy qadriyatlar asosida bolalarga tarbiya berishning ahamiyati; Oila tarbiyasi va milliy g‘urur; Oila - davlat tayanchi, saodat beshigi; Oilada ota-ona o‘rni va farzand burchi; Marosimlar-ma'naviy qadriyat; Oila-tarbiya asosidir. Universitet mashg‘ulotlarini har gal har xil shaklda o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi: munozara, muloqat, uchrashuv, ko‘rik-tanlov shakllarida o‘tkazish tavsiya etiladi. ("Men, oilam va sport", "Mening mahallam", "Balli qizlar", "Balli yigitlar", "Balli buvijonlar", "Namunali sinflar" h.k.) Taniqli olimlar, mehnatkash, ziyoli, tadbirkor, namunali oillar, iqtidorli, ijodkor bolalar va ota-onalar, san'atkorlar, yozuvchi, shoirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish tavsiya etiladi. Yuqoridagi tashkiliy, tarbiyaviy uslubiy ishlarni hayotga tadbiq etishda har bir fuqoro, oila, mahalla va maktab o‘zining shart - sharoiti, atrof muhitni tahlil qilib tadbiq etish tavsiya etiladi. Yuqorida ta'kidlangan vazifalar albatta oila, mahalla, maktab, jamoatchilik hamkorligida olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bola maktabda fan asoslarini puhta egallab har tomonlama shakllanadi, unda insoniylik, mehnatsevarlik, jamiyat oldidagi burchi, ma'suliyatini his etish tuyg‘ulari tarbiyalanadi. Ammo bu o‘rinda oilaning rolini hyech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ota-ona ibrati tengsiz dasturul amaldir. Ahil oila shudring tomchisidek beg‘ubor bo‘ladi, jamiyatimizning ko‘p qirrali, ijtimoiy munosabatlarini, ma'naviyatini yaqqol namoyon etadi. Oilaning g‘oyaviy, axloqiy, madaniy saviyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ota - onalar bola ruhiyatini chuqur bilgan holda unga tarbiya asoslarini singdirishdek mukkammal bilimga ega bo‘lganlaridagina yahshi natijalarga erishadilar. Bola tarbiyasi davlat ahamiyatiga molik vazifalardandir. Uning to‘g‘ri hal qilinishi tarbiya ishini to‘g‘ri tashkil etishga, unga atroflicha yondoshishga, tarbiya muassasalarining oila, jamoatchilik, mahallaning o‘zaro ta'siri va harakatlarning birligiga bog‘liq. Tarbiyada hamkorlik ishlarining eng samarali, ilg‘or tajribalarini o‘rganish va yoyish usullarini unumli foydalanish yo‘llari har doimgidek dolzarb masala bo‘lib qolaveradi. Bu borada olib borilayotgan ishlarni doimo yangilab turish maqsadga muvofiqdir. Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling