2016 йил oолатига мамлакатимизда нечта мтм мавжуд


Kadrlar tayyorlash milliy dasturning


Download 122.5 Kb.
bet7/11
Sana12.11.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1767809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
«Talim-tarbiya samaradorligini taminlashda talim muassasalari va jamoatchilik hamkorligi masalalari»

Kadrlar tayyorlash milliy dasturning 3.2. bandida, Davlat va jamiyat tomonidan ta'lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirish kafolati berilgan.
Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘limining 4.4-bandida O‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ta'lim muassasalari ota-onalar, oila, mahalla qo‘mitalari, "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan o‘zaro puxta hamkorlik qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining vazifalari va funksiyalari:
-“O‘sib kelayotgan avlodni ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalashning milliy mustaqillik g‘oyalariga, boy milliy madaniy-tarixiy an'analarga, xalq urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy hamda pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqadi va joriy qiladi, shaxsni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish ustuvorligini ta'minlaydi”.
-“Ta'lim muassasalarining ota-onalar, oilalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar bilan ijodiy faol, O‘zbekiston mustaqilligi g‘oyalariga sadoqatli va jamiyat taraqqiyotiga aniq ulush qo‘shishga layoqatli shaxsni kamol toptirish bo‘yicha o‘zaro yaqin hamkorligini amalga oshiradi”
2010 yilda “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to‘g‘risida Prezidentning 1271-sonli Qarori e'lon qilindi. Ushbu qaror bilan 2010 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Jumladan, bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash, davlat ta'lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish, o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, Internet tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, yosh oilalarga g‘amxo‘rlik qilish ishlarini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun davlat tomonidan 165,43 mln. AQSh dollari dollar ajratildi.
2012 yil – Mustahkam oila yilida O‘zbekiston Respublikasi VMning “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta'lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 175-son qarori asosida joylarda “Oila mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligi” hududiy jamoat kengashlari tashkil etildi.
Bu jamoat kengashlarining asosiy vazifasi joylardagi hamkorlikning samaradorligi va natijadorligini oshirish etib belgilar qo‘yildi. O‘qivchilarni har tomonlama barkamol etib voyaga yetishlari, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishlari, o‘quvchilarni ta'limning keyinga bosqichiga to‘g‘ri yo‘naltirish masalalarini ota-onalar va mahalla hamkorligida amalga oshirishda ushbu jamoat kengashining roli va ahamiyati katta.
Hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2013 yilning 1-yarmida umumta'lim maktab o‘quvchilari sodir etgan jinoyat soni 2012 yilning 6 oyiga nisbatan 11,5% (251 nafardan 222 nafarga) kamayishiga erishildi.
Ijobiy ishlar bilan bir qatorda joylarda bir qator kamchiliklar mavjud.
Jumladan, Respublikada jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarning 19% (1166 dan 222 tasi), turli huquqbuzarliklar sodir etganliklari uchun ichki ishlar idoralariga keltirilganlarning 40% (33836 dan 13540 tasi) maktab o‘quvchilari, 8% (33836 dan 2982 tasi) xech qaerda o‘qimasdan va ishlamasdan yurganlar ekanligi aniqlangan.
2012-2013 o‘kuv yili davomida umumta'lim maktablarida o‘tkazilgan davomat tadbirlari jarayonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi (77 nafar), Toshkent shahri (756 nafar), Andijon (2854 nafar), Farg‘ona (481 nafar), Toshkent (79 nafar), Jizzax (3715 nafar), Sirdaryo (348 nafar), Qashqadaryo (550 nafar), Navoiy (40 nafar), Namangan (162 nafar), Surxondaryo (173 nafar) va Xorazm (159 nafar) viloyatlari bo‘yicha o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga muntazam ravishda sababsiz kelmaganligi aniqlangan.
Ta'lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning susaytirib yuborilganligi, huquqbuzarliklarga moyil o‘quvchilarni erta aniqlab, yakka tartibdagi profilaktik ishlar qamroviga olinmayotganligi natijasida jinoyat sodir etgan maktab o‘quvchilarining soni Samarqand (10-11taga), Sirdaryo (3-11taga), Navoiy (5-7 taga) va Surxondaryo (8-14 taga) viloyatlarida oshgan.
Qotillik jinoyatini sodir etgan maktab o‘quvchilari soni respublikada (6-2 taga) kamaygan bir paytda, bu ko‘rsatkich Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida ortgan.
Og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatini sodir etgan maktab o‘quvchilari soni respublikada (8-4 taga) kamaygan bir paytda, Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatgich (0-2taga) oshgan.
Nomusga tegish jinoyatini sodir etgan maktab o‘quvchilari soni respublikada (5-3 taga) kamaygan bir paytda, Sirdaryo (0-1 taga), Farg‘ona (0-2 taga) viloyatlarida ortgan.
Bosqinchilik jinoyatini sodir etgan maktab o‘quvchilari soni respublikada (12-6 taga) kamaygan bir paytda, Toshkent shahrida (3-5 taga) oshgan.
Talonchilik jinoyatini sodir etgan maktab o‘quvchilari soni respublikada (36-21 taga) kamaygan bir paytda, Sirdaryo va Namangan (0-2 taga), Andijon (0-1 taga) va Surxondaryo (1-3 taga) viloyatlarida ortgan.
O‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan maktab o‘quvchilari soni respublikada (127-124 taga) kamaygan bir paytda, Toshkent shahrida (29-36 taga), Samarqand (6-10 taga), Jizzax (3-5 taga), Navoiy (1-6 taga) Sirdaryo (0-7 taga), Farg‘ona (18-21 taga) viloyatlarida ortgan.
2013 yilning 6 oyida o‘z joniga qasd qilgan maktab o‘quvchilari soni o‘tgan yilga nisbatan 3,3% (146 nafardan 151 nafarga) oshib, jami o‘z joniga qasd qilgan voyaga yetmaganlarning 53,7% (281 nafardan 16 nafar)ni tashkil etdi.



Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling