2016 йил oолатига мамлакатимизда нечта мтм мавжуд


Download 122.5 Kb.
bet6/11
Sana12.11.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1767809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
«Talim-tarbiya samaradorligini taminlashda talim muassasalari va jamoatchilik hamkorligi masalalari»

3. Hamkorlik masalasi

Respublikamizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning amaliyotga tatbiq etilishi, Prezidentimiz Islom Karimovning «2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi farmoni hamda ta'lim sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarorlarining qabul qilinishi, 2005 yil 28 yanvar kuni mamlakatimizda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Oliy majlis qonunchilik palatasi qo‘shma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizastiya va isloh etishdir” nomli ma'ruzalarida ko‘tarilgan ustuvor vazifalar, ya'ni, ta'lim sohasida ham modernizastiya masalasiga alohida e'tibor berilishi, “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li”, “Asosiy maqsadimiz – yurtimizda erkin va obod, farovon hayot barpo etish yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirishdir” hamda “Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir” nomli ma'ruzalarida alohida e'tirof etilib, barkamol inson tarbiyasi ya'ni, farzandlarimizni zamonaviy bilim va tajribalarga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan ma'naviy yuksak, komil insonlar etib tarbiyalash, ularni jamiyatimizda mustahkam va munosib joy olishlari yo‘lida shart-sharoitlar yaratib berish hamda ularni bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish masalalari ustuvor vazifalar qilib belgilab o‘tilgan edi.


Yosh avlodga zamonaviy ta'lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy va ma'naviy tahdidlardan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalari davlatimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Prezident Islom Karimov “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” kitobini mutolaa qilganimizda yorug‘ olamda, ayniqsa, bugungi globallashuv jarayonlarida, tez o‘zgarayotgan dunyoda insonning inson sifatida yashashi uchun yuksak ma'naviyatning nechog‘lik muhim hayotiy qadriyat ekanligini chuqur anglab yetmoqdamiz.
“XXI asr insoniyat tarixidagi misli ko‘rilmagan rivojlanish asri bo‘ldi. Inson aqli va tafakkurining ulkan imkoniyatlari ilm-fan, texnika taraqqiyotining yutuqlari misolida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, axborot-kommunikastion texnologiyalar rivoji hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda va dunyo rivojiga o‘z ta'sirini tobora keng o‘tkazmoqda.
Globallashuv – bugungi davrning yetakchi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy fenomeniga aylandi. Dunyodagi davlatlar va xalqlar hayotida uning ijobiy jihatlarini butkul inkor etib bo‘lmaydi, lekin dunyo mafkuraviy va geosiyosiy maydonlarida gohida oshkora, gohida zimdan kuchayib borayotgan g‘arazli maqsadlar ko‘zlangan, ushbu holatlar ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy olami uchun jiddiy xavf-xatarlar tug‘diradi”.
Bunday yurtimiz, xalqimiz va davlatimizning kelajagiga xalaqit qiluvchi tahdidlar, xavf-xatarlar salbiy ta'sirlaridan yosh avlodni saqlash har bir pedagog va tarbiyachilarning asosiy vazifasidir.
Yosh avlodni vatanparvarlik insonparvarlik kabi xislatlar bilan birga diniy va milliy bag‘rikenglik, yuksak ma'naviyat egasi bo‘lish hamda boshqa millatlarga nisbatan hurmat bilan karaydigan, insoniy qadr-qimmatni e'zozlaydigan qilib tarbiyalashda o‘zaro chambarchas bog‘lik uch omil – oila, mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligi muhim ahamiyatga egadir. Ular orasidagi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish o‘smirlar orasida tartibbuzarliq, o‘g‘riliq, tanga jarohat yetkazish, nomusga tajovvo‘z qilish, giyohvandlik va shunga o‘xshash illatlarning oldini olishda, bugungi kunning ma'naviy yetuk yoshlarini tarbiyalashda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya eng murakkab, keng ko‘­lamli masalalardan biri hisoblanadi. Bunday ulkan, mas'uliyatli, sha­rafli ishni oila, mahalla, mak­tab, keng jamoatchilik bilan ham­korlikda olib borish muhim o‘rin egallaydi.
Barkamol avlodni tarbiyalash masalalari keng jamoatchilik va butun xalqning ishtirokini hamda qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy vazifadir. Bu muhim strategik vazifani hal etish bugungi kunda oila, mahalla va ta'lim muassasalarining birgalikda samarali ish yuritishiga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling