2016 йил oолатига мамлакатимизда нечта мтм мавжуд


Download 122.5 Kb.
bet5/11
Sana12.11.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1767809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
«Talim-tarbiya samaradorligini taminlashda talim muassasalari va jamoatchilik hamkorligi masalalari»

"Mahalla - yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik xukm suradi".
Xalqimizda "Bir bolaga yetti qo‘shni (mahalla) ota-ona" degan hikmatlar mavjud.
Buni biz qanday tushunamiz?
Jamiyatimizda mahallafuqarolarni, birinchi navbatda, yoshlarni odob-axloq, or-nomus, birodarlik, umuman, milliy g‘oya ruhida tarbiyalashning o‘chog‘i hisoblanadi.
Azaldan o‘zbek mahallalari milliy qadriyatlar maskani bo‘lib kelmoqda. Mustaqillik davrida mahalla hayoti bilan bog‘liq qadriyatlar, urf odatlar va an'analar qayta tiklandi. Shu bilan birga mahallalarning huquq va vakolatlari kengaytirilmoqda. Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitutsiyaning 105-moddasiga kiritilib uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qat'iy belgilab berildi. Davlat tomonidan mahalla boshqatuviga bunday e'tibor mahallalarning jamiyatdagi o‘rnini belgilab berdi.
Oilalarni bir jamoaga aynan mahalla birlashtiradi, jipslashtiradi, ularda ahillik, hamjihatlik, hamkorlik, hamdardlik his-tuyg‘ularini shakllantiradi, kamol toptiradi. Mahalla jamiyatning ko‘zgusi hisoblanadi. Chunki, oilaning ijtimoiy-moddiy holati, undagi shart-sharoitlarni mahalla, qo‘ni-qo‘shni juda yaxshi biladi. Oilaning yaxshi-yomon kunlari ham mahalla ahli bilan o‘tadi.
Fuqarolar yig‘inlarining yoshlar tarbiyasi bo‘yicha vazifalari – yoshlarni ongiga vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy mafkura, an'ana va urf-odatlar ruhini singdirish, ularga zamonaviy kasb-hunar o‘rgatishni tashkil etish, hududda turli sport, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni o‘tkazib, sog‘lom turmush tarzi va ekologiya madaniyatini oshirish, ulg‘ayib kelayotgan yigit-qizlarda namunali oila sohibi bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish, oila muqaddasligini va uni mustahkamlash yo‘l-yo‘riqlarini targ‘ib etishdan iboratdir.
«Sog‘lom bola tarbiyasida mahalla va ijtimoiy tuzilmalarning katta o‘rni va ta'siri borligi haqida, o‘ylaymanki, ortiqcha gapirishning hojati yo‘q. Xalqimizning “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” degan maqolida albatta chuqur ma'no mujassam.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mahalla oqsoqollari, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, mahalla posbonlarining jamiyatimiz hayotida tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik, hushyorlik va ogohlik muhitini mustahkamlashdagi mas'uliyati yanada ortadi.
Ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashiga yordam berish, erta nikohlarning, oilaviy nizolarning oldini olish, urf-odat va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazish kabi vazifalarni hal qilishda biz ko‘pni ko‘rgan, tajribali mahalla faollariga tayanamiz.
O‘g‘il-qizlarimizni turli to‘garaklarga jalb etish, kam ta'minlangan oilalarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish, o‘z hududida tadbirkorlikni rivojlantirish va yana boshqa masalalar bo‘yicha mahalla faoliyatini kuchaytirish, ularga yangi vakolat va imkoniyatlar berish lozim» Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasidan


Ta'lim muassasalari haqida gapirganda “Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona sharqona hayot falsafasi” degan xikmatli iborani unutmaslik lozim.
Inson hayoti va uning ma'naviyatini to‘g‘ri shakllantirishga bevosita ta'sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil bu ta'lim-tarbiya tizimidir.
Maktab, (maktabgacha ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta'limi) ta'lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (41-modda) belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik butun xalqimizning ishtiroki va kullab-kuvvatlashini talab qiladigan umummilliy masala hisoblanadi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargoxlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni kanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun kanday ta'lim va tarbiya olishiga bog‘lik.
Mustaqillikning dastlabki iyllaridanoq ta'lim-tarbiya, ilm-fan, kasb xunarni isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi va bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan 1997 yilda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ishlab chiqildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida umumta'lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalasi dolzarb bo‘lib qoldi. Va shu maqsadda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mantiqiy davomi hisoblangan “2004-2009 yillarda Maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi” qabul qilindi. Dastur doirasida katta ishlar omalga oshirildi.
Dastur doirasida xozirgacha qilingan ishlar haqida gapirib o‘tirishning hojati yo‘q deb o‘ylayman.



Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling