Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, ta'lim muassasalari hamkorligi Konsepsiyasi ko‘p yillar davomida to‘plangan tajriba asosida yaratilgan bo‘lib, u Respublika miqyosida amaliyotga tatbiq etilgan. Mazkur Konsepsiya hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib qayta ishlandi, ushbu yo‘nalishda ish olib borgan tajribali mutaxassislar tomonidan takomillashtirildi.
Ushbu Konsepsiya yoshlar tarbiyasi va ularning ma'naviyati, madaniyati hamda mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topishlarida mutasaddi xodimlarga dasturi-amal bo‘lib xizmat qiladi.
Hamkorlik Konsepsiyasining eng asosiy maqsadi - har bir bolaning hayotda o‘z o‘rnini to‘g‘ri topib, o‘z baxtiga va hurmat-e'tiborga sazovor bo‘lishiga, el oldida o‘z mas'uliyatini seza oladigan, insonparvar bo‘lishiga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida “Ota-onalar qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizomda esa ta'lim muassasalarida ota-onalar tomonidan olib boriladigan ishlar, «Ota-onalar qo‘mitasi»ni tashkil etishning umumiy qoidalari, qo‘mita va qo‘mita prezidiumining vazifalari, ota-onalar qo‘mitasi a'zolarining huquq va burchlari ko‘rsatib o‘tilgan. (Nizomning to‘liq matni “Ta'lim taraqqiyoti” jurnalining 2003 yil 2-3-sonida berilgan).
“Ota-onalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomda esa universitetning tashkil etishdagi umumiy qoidalar, ota-onalar universitetining maqsad va vazifalari, uni boshqarish, ota-onalar universiteti tinglovchilarining vazifalari hamda ota-onalar universiteti faoliyatiga oid me'yoriy hujjatlar haqidagi ma'lumotlar berilgan. (Nizomning to‘liq matni “Ta'lim taraqqiyoti” jurnalining 2005 yil 6-sonida berilgan).
Ishni samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2008 yilda maktablarda “Oila, mahalla, maktab hamkorligi Markazi” nizomi ishlab chiqildi va ushbu nizom asosida ishlarni tashkil etish rejalashtirildi. Ushbu nizom 8 bo‘limdan iborat bo‘lib, markazning tashkil etishning umumiy qoidalari, maqsad va vazifalari, boshqaruv faoliyati va ish tartibi, markazning huquqlari, o‘quvchilar, ularning ota-onalari haqida ma'lumotlar bankini yaratilish tartibi, markaz faoliyatini yurituvchi me'yoriy hujjatlar va yuritish tartibi, markaz faoliyatini moliyalashtirish hamda markazni jihozlash tartibi haqidagi ma'lumotlar berilgan. (Ushbu nizomning to‘liq matni “Ma'rifat” gazetasi 2008 yil 25 iyun sonida ko‘rsatib o‘tilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |