2017-yilning 25-avgustida jangarilar Rakxayn shtatidagi politsiya postlariga hujum qilganidan so‘ng, Myanmada Rohinja xalqiga qarshi harbiy tazyiq boshlandi


Download 35.94 Kb.
bet4/10
Sana07.04.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1339226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KAZUS YAKUNIY XJH 2022-2023

Kazus 5.
2011-yil 15-fevralda Liviyada bir qator tinch namoyishlar boshlandi, Kaddafiy xavfsizlik kuchlari ularni bostirishga harakat qildi. Bir hafta ichida bu qo'zg'olon butun mamlakat bo'ylab tarqaldi va Kaddafiy xavfsizlik kuchlari nazoratni saqlab qolish uchun kurash olib bordi. Kaddafiy namoyishlarni bostirish maqsadida harbiy kuch bilan javob berdi, jumladan tinch aholini bombardimon qilish va aloqa vositalarini blokirovka qilish kabi boshqa choralar qo‘llashni buyurdi. Xalqaro hamjamiyat Kaddafiyning bunday harakatlarini qoraladi va uni to‘xtatish uchun bir qator choralar ko‘rdi.
Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining 1973 (2011) rezolyutsiyasi bilan Liviyaga harbiy sanksiyalar joriy etilib, harbiy aralashuv uchun huquqiy asos bo'ldi. Unga ko‘ra Liviyaga "zudlik bilan o't ochishni to'xtatishni", xalqaro hamjamiyatga Liviyaga nisbatan parvozlar taqiqlangan hududni yaratishni va Liviyada tinch aholini himoya qilish uchun barcha zarur vositalardan foydalanish huquqini berdi. 17 davlatdan iborat koalitsiya parvozlar taqiqlangan hudud va dengiz blokadasini saqlab turishdi. Xalqaro koalitsiya tinch aholiga qarshi hujumlarning oldini olish maqsadida Liviya hukumatiga qarashli quruqlikdagi bo'linmalarga ham hujum qildi. Harbiy harakatlardan birida Daniya qiruvchi samolyoti harbiy kazarmani bombardimon qildi. Kazarma tinch aholiga hujumlar uyushtiriladigan bazaning bir qismi hisoblanar edi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, kazarmada halok bo'lganlar orasida yuzdan ortiq askar bolalar bo‘lgan ekan. Bolalarni Kaddafiy majburlab o‘z harbiy safida saqlab kelgan va ularni jang olib borish maqsadida ularga alkogol va giyohvand moddalar iste’mol qilishga majburlagan.

Kazus 6.
A davlatning Bosh prokuraturasi Sharipovni jinoiy javobgarlikka tortish uchun topshirish haqida B davlatga so‘rov jo‘natdi. Shahar sudining qaroriga ko‘ra, Sharipov harbiy jinoyatlarni sodir etishda ayblangan. Sharipov sodir etishda ayblanayotgan qilmish A davlatni ham B davlatni ham jinoyat qonunchiligiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi. B davlatning Jinoyat kodeksi mazkur qilmish uchun 10 yildan ortiq ozodlikdan maxrum qilish jazosini nazarda tutadi. Hujjatlarda Sharipov faqatgina qaysi jinoyati uchun topshirilgan bo‘lsa, shular bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida Bosh prokuraturaning kafolati mavjud.
B davlat Bosh prokurori o‘rinbosari tomonidan Sharipovni jinoiy javobgarlikka tortish uchun A davlatga topshirish haqida qaror qabul qilindi. Shundan so‘ng, Sharipov uni ekstraditsiya qilinishi uchun asoslar yo‘qligiga havola qilib sudga shikoyat topshiradi, u javobgarlikka tortilayotgan qilmishlarda aybdor emasligini nazarda tutib sudning ajrimini va A davlatga topshirish haqidagi qarorni bekor qilishni so‘raydi.


Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling