2017-yilning 25-avgustida jangarilar Rakxayn shtatidagi politsiya postlariga hujum qilganidan so‘ng, Myanmada Rohinja xalqiga qarshi harbiy tazyiq boshlandi
Download 35.94 Kb.
|
KAZUS YAKUNIY XJH 2022-2023
Kazus 14.
1997 yil may oyida turk harbiy armiyasi Iroqning Qurd avtonom tumaniga bostirib kirib kelishadi. Buning natijasida juda ko‘p insonlar qurbon bo‘ladi, ularning aksariyatini tinch aholi tashkil etadi, minlab odamlar qochoqqa aylanishadi. Ko‘pchilik davlatlarining Tashqi ishlari vazirliklari bu holatga munosabatini quyidagicha ifoda etdilar: “Bizning hukumatimiz Iroqning shimolida boshlangan turk armiyasining yirik harbiy operatsiyasi to‘g‘risidagi xabarni tashvish bilan qabul qildi. Biz boshqa davlatning, ya’ni Iroqning suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini buzuvchi harakatlarni tanqid ostiga olishimizni bildiramiz... ”. Ushbu davlatlar Parlamentlarining munosabatlari ham quyidagicha ifodalangan: “Bizning Parlamentimiz turk armiyasining harakatlarini qoralaydi va Turkiya rahbariyatini zudlik bilan kurd xalqiga nisbatan amalga oshirayotgan repressiyani to‘xtatishga hamda suveren Iroq hududidan turk askarlarini olib chiqib ketishga chaqiradi”. Kazus 15. Ikkinchi jahon urushi oxirida Koreya yarim oroli ikkita alohida davlatga - Shimoliy va Janubiy Koreyaga bo'lindi. 1945 yildan boshlab ikki davlat ochiq qurolli mojaroga kirishdi va bugungi kungacha ikki davlat dengizda va chegara hududlarida bir necha bor qurolli to‘qnashuvlarni amalga oshirib kelmoqda. Masalan, 2010-yil 23-noyabrda Yeonpxyong orolining o‘qqa tutilishi va 2010-yil 26-martda Janubiy Koreyaning “Cheonan” harbiy kemasining cho‘ktirilishi bilan bog‘liq bir qancha jinoyatlarni keltirish mumkin. Cheonan harbiy kemasining o‘qqa tutilishi natijasida bir qancha dengiz piyoda askarlari va harbiy kema yaqinindan suzib o‘tayotgan Janubiy Koreyaning baliqchilik kemalaridagi baliqchilar ya’ni Januboy Koreyaning tinch aholisi halok bo‘lishiga olib keldi. Sodir etilgan jinoiy harakatda Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreyani aydor va javobgarlikka tortilishi kerak deb hisoblaydi. Natijada Janubiy Koreya Xalqaro jinoyat sudi a’zosi sifatida sudaga murojaat qildi va Shimoliy Koreyaning sodir etgan harakatlari ustidan Janubiy Koreya 2002 yil 13 noyabrda Rim Statutini ratifikatsiya qildi. Xalqaro jinoyat sudi Devonxonasi mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Janubiy Koreyaning arizasi qabul qilinganligini e’lon qildi. Xalqaro jinoyat sudi Prokurori 2010 yil 6 dekabrda dastlabki tergov harakatlari olib borish maqsadida jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Prokuror 2010-yil 26-martda Janubiy Koreyaning Cheonan harbiy kemasining cho‘kishi qonuniy harbiy nishonga qilingan hujum va 2010-yil 23-noyabrda Yeongpyong oroliga qilingan hujum natijasida o‘limlar tinch aholiga qarshi qasddan qilingan hujum natijasida yuzaga kelmagan degan ayblov xulosani e’lon qildi. Download 35.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling