2017-yilning 25-avgustida jangarilar Rakxayn shtatidagi politsiya postlariga hujum qilganidan so‘ng, Myanmada Rohinja xalqiga qarshi harbiy tazyiq boshlandi
Download 35.94 Kb.
|
KAZUS YAKUNIY XJH 2022-2023
Kazus 7.
A davlati dengiz hududiga tutashgan davlat bo’lib, qirg’oq bo’yi hududida dengiz qaroqchilari yashaydilar va ular A davlati aholisining bir qismi hisoblanadi. Qaroqchilar bosqinidan to’yib ketgan A davlat ulardan qutilish yo’llarini o’ylab yurgan bir paytda, unga qo’shni davlat bo’lmish B davlatining Milliy Xavfsizlik vaziri A davlatiga qaroqchilarni qirib yuborish uchun yordam berishini aytadi. Shundan so’ng, B davlati o’zining hali sinovdan o’tmagan yangi qurollarini A davlatiga yuboradi. Natijada, 2020-yilning oktyabr oyida ushbu qurollardan foydalangan A davlatining harakatlari oqibatida 1000 dan ortiq aholi qirib yuboriladi. Ularning orasida bolalar va qaroqchi bo’lmagan boshqa begunoh aholi ham bor edi. Sababi, A davlatining qurolli kuchlari qaroqchilarni o’qqa tutganda, qaroqchilar o’zini himoya qilish uchun maktab va kasalxonalarda berkinadilar va u yerdagi begunoh aholini garovga olib, tirik himoya devori sifatida foydalanadilar. Ushbu harakatlarni amalga oshirgan A davlati qurolli kuchlari boshlig’i keyinchalik davlatdan qochib ketadi. Xalqaro jinoyat sudi esa B davlati Milliy Xavfsizlik vazirini jinoyat sodir etishda yordam berganligi uchun unga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atdi. Ammo, B davlati A davlatiga qurollarni 2020-yilning iyul oyida yetkazib bergan, Xalqaro jinoyat sudining Rim Statutiga esa 2020-yilning 1-avgustida a’zo bo’lgan ( A davlati a’zo emas). Kazus 8. A davlat fuqarosi Saidov M. 2000 yilda A davlatida jinoyat sodir etdi va javobgarlikda qochib ketdi. U 2001 yilda B davlatning fuqaroligi oldi. 2002 yilda esa uni javobgarlikka tortish uchun A davlatida B davlatiga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida so‘rov kelib tushdi. Kazus 9. Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan Hoji Bagcho o‘z davlatida giyohvand vositalarini yetishrish va sotish bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh rahbari hisoblnar edi. Shu bilann bir qatorda u Qobul Tolibonlari sho‘rosining besh asoschilaridan biri hisoblanadi. 2007 yilda qo‘lga olindi u uyushgan guruh orqali giyohvand vositalarini Yevropa Ittifoqi va AQShda noqonuniy savdosini yo‘lga qo‘ygan. Buni amalga oshirish uchun Hoji Bagcho Markaziy Osiyo davlatlaridagi uyushgan jinoiy guruhlar orqali amalga oshirgan. Bagcho 2006 yilda qiymati 250 million dollardan ortiq bo‘lgan 123 ming kilogrammdan ortiq geroinni O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy olib o‘tgan. 2007 yilda Amerika Qo'shma Shtatlarining Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi maxsus agentlari Afg'oniston narkotiklarga qarshi kurash politsiyasi ko'magida Afg'oniston sharqida Pokiston chegarasi yaqinida joylashgan Bagcho qarorgohiga bostirib kirishdi. Natijada uyushgan guruhning bir necha vakillari qo‘lga olindi. Lekin, Hoji Bagcho qarorgohdan O‘zbekiston Respublikasi orqali Turkiya hududiga qochib ketish jarayonida Qozog‘iston Respublikasida qo‘lga olindi. Qozog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergov boshlandi. Qozog‘iston bu haqida Afg‘onistonni xabardor qildi va Hoji Bagchoni tergov qilish bo‘yicha huquqiy yordamni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv tuzishni taklif etdi. Afg‘oniston hukumati Hoji Bagchoni ekstraditsiya qilishni talab etdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston Xavfsizlik xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra Bagcho oʻz narkotik moddalari savdosidan olgan daromadining bir qismini Afgʻoniston sharqidagi guruh faoliyatiga masʼul boʻlgan Tolibon yetakchilariga naqd pul va qurol-yarogʻ yetkazib berish uchun ishlatganligi aniqlandi. Shuningdek, Tolibon tomonidan 2000 va 2003 yillarda O‘zbekiston – Qozog‘iston Respublikaraida bir necha terrorchilik harakatlarini amalga oshirish reja qilingan va bu terrochilik harakatlarini bajarishni moliyalashtirish Hoji Bagcho tomonidan amalga oshirilgan. Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari Qozog‘iston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda Hoji Bagcho ishini qo‘shma tergov guruhi tuzib qo‘shma tergov qilish taklifini ilgari surdi. Bu taklif Qozog‘iston hukumati tomonidan ikki tomonlama shartnoma mavjud emasligini bildirib rad etdi. Download 35.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling