2017-yilning 25-avgustida jangarilar Rakxayn shtatidagi politsiya postlariga hujum qilganidan so‘ng, Myanmada Rohinja xalqiga qarshi harbiy tazyiq boshlandi


Download 35.94 Kb.
bet9/10
Sana07.04.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1339226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KAZUS YAKUNIY XJH 2022-2023

Kazus 16.
Ahmad al-Faqi Mali fuqarosi. U Al-qoida harakatining juda faol a’zosi hisoblangan. Harakatning Timbuktu viloyatidagi operatsiyada faol ishtirok etgan hamda 2012 yil iyun iyul oylarida diniy adovati tufayli Timbuktu viloyatidagi 10 dan ortiq madaniy ob’ektlarni va bitta diniy muassasain yo‘q qilishda qatnashgan. Keyinchalik davlat tomonidan qo‘lga olingan Al-faqi davlat hududida harbiy jinoyat sodir etgan deb topilib, uni Xalqaro jinoyat sudiga topshirish kerak degan xulosaga kelingan.
Kazus 17.
1999 yilda Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal Dusko Tadichni 1949 yilgi Jeneva konvensiyalarini jiddiy buzganlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. 2002 yilda Dragan Kolundjia insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganligi va urush qonunlari va urf-odatlarini buzganligi uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2004 yilda Moroslav Tadich va Simo Zarich mos ravishda 8 va 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2000 yilda Tribunalning Sud palatasi xorvat generali Tihomir Blashkichni insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush qonunlari va urf-odatlarini buzganlik, 1949 yilgi Jeneva konvensiyalarini jiddiy buzganlik uchun 45 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ammo 2004 yilda apellyatsiya palatasi bu hukmni bekor qilib, hukmni 9 yillik qamoq jazosi bilan almashtirdi va Blazkichni qamoqdan ozod qildi.
Kazus 18.
Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal amaldagi davlat rahbariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Kosovodagi voqealar munosabati bilan xalqaro hibsga olish orderi chiqarilgan Birlashgan Yugoslaviya Respublikasi sobiq prezidenti Slobodan Miloshevich insoniyatga qarshi jinoyatlarni uyushtirishda va amalga oshirishda ayblangan. Miloshevichga Yugoslaviya armiyasining bosh qo'mondoni sifatida javobgarlik “komandir va boshqa boshliklarning javobgarligi” prinsipi asosida, uning qo'l ostidagi shaxslarga esa javobgarlik “boshliqning buyrug‘i” tamoyili asosida ilgari surildi. Xuddi shunday ayblovlar Serbiyaning sobiq prezidenti Milan Milutinovich, federal bosh vazir o‘rinbosari Nikola Saynovich, Yugoslaviya armiyasi shtab boshlig‘i Dragolyub Oidanich va Serbiya ichki ishlar vaziri Vlayko Stozilkovichga ham qo‘llanilgan.
Tribunal bosh prokurori Luiza Arburning qo‘lida 740 ming kishini deportatsiya qilishda va kamida 340 kosovo albanini o‘ldirishda barcha besh rahbarning ishtiroki haqida dalillar borligi ta’kidladi.
Biroq, Birlashgan Yugoslaviya Respublikasi prezidenti jinoiy javobgarlikdan immuniteti borligini va javobgarlikka tortilmasligiga ishondi.


Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling