2021, №1 issn 2010-7498 kasb-hunar ta’limi ilmiy-uslubiy, amaliy, ma’rifiy jurnal №1


relef (bo‘rtma tasvir) turlari mavjuddir.  Dumaloq


Download 5.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/92
Sana18.10.2023
Hajmi5.03 Mb.
#1707631
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Bog'liq
1-son 2021

relef (bo‘rtma tasvir) turlari mavjuddir. 
Dumaloq haykaltarosh asarlari asosan 
keng fazoda joylashgan bo‘ladi, bular ichiga 
statuya (“Amir Temur” I.Jabborov) – butun 
tanani qamrab oluvchi haykaltarosh asari, 
guruhi (bir butunlikni hosil qiluvchi ikkita 
yoki bir nechta figuralar) (“Shomaxmudovlar 
oilasi” D.B.Ryabichev), haykalchalar (o‘z
hajmidan bir necha barobar kichik), tors (inson 
tanasini haykali) (“Tors” Mikelandjelo), byust 
(ko‘krakkacha bo‘lgan inson haykali) (“Graf 
N.I.Panin byusti” I.P.Martos) haykaltarosh 
asarlari. Relef o‘z navbatida pastki asos – 
zaminga ega bo‘lib: barelef, gorelef, Metso va 
kontr relef larga bo‘linadi. 
Barelef - (fr.bas-relief – past relef ) 
bu haykaltarosh turida bo‘rtma tasvir yuza 
tekisligidan yarmigacha bo‘rtib chiqqan bo‘ladi.
Gorelef (fr.haut-relief - yuqori relef)
– bu haykaltarosh turida bo‘rtma tasvir yuza 
tekisligidan o‘z hajmining yarmidan ortiqroq 
bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Gorelef ning ba’zi 
elementlari tekislikdan tashqarida joylashgan 
bo‘lishi mumkin (Pergam mehrobi). Goreleflar 
Me’morchilik inshootlar va amaliy San’at 
buyumlarining bezagida ishlatiladi. Goreleflar 
ko‘p figurali kompozitsiyalar va manzaralarni 
ifoda etishda qulay hisoblanadi.
Metso (ital.mezzo - o‘rta)- o‘rta relef
Kontrrelef (ot lat.contra – qarshi va 
«relef») - chuqur o‘yilgan relef turi bo‘lib, barelef 
ning “negativ”i hisoblanadi. Barelef tasvirlarni 
yaratishda bosma va shakl (matritsa)larda 
ishlatiladi.
Grafika (grek. Ґραϕιkoς – «yozuvli», grek. 
Ґραϕω – «yozayapman») - tasviriy san’at turi 
bo‘lib, bunda asosiy tasvir chiziq, shtrixlar, 
dog‘lar va nuqtalar orqali ifodalanadi. Rang 
ham ishlitiladi, lekin rangtasvirdan farqli o‘laroq 
to‘ldiruvchi vazifani bajaradi. Grafikada odatda
bitta rang ishlatiladi, faqat ba’zida ikkita rang 
ishlatilishi mumkin. Kontur chiziqdan tashqari 
grafika san’at turida qog‘ozning (grafika 
san’ati uchun eng muhim asos vazifasini 
bajaradi) oq rangi bilan kontrast ko‘rinishda 
bo‘lgan shtrix va dog‘lar ishlatilishi mumkin 
(ba’zida ular rangli, qora shuningdek, fakturali 
bo‘lishi mumkin). 
Grafika hozirgi zamon san’atining keng 
tarqalgan turlaridan biridir. Bu san’atga 
oddiy qora qalamda chizilgan surat, tematik 
kompozitsiyalar, kitobning ichki va tashqi 
tomoniga ishlangan turli badiiy chizma va 
bezak rasmlar, plakatlar, gugurt qutichasiga 
ishlangan suratlar, etiketkalar, turli xildagi 
markalar kiradi. Unda voqelik, asosan, turli 
uzunlik va qalinlikdagi chiziqlar yoki oq-qora


67
2021 №1, Kasb-hunar ta’limi

Download 5.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling