2021, №1 issn 2010-7498 kasb-hunar ta’limi ilmiy-uslubiy, amaliy, ma’rifiy jurnal №1


Download 5.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/92
Sana18.10.2023
Hajmi5.03 Mb.
#1707631
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92
Bog'liq
1-son 2021

МЕТОДИКА
bo‘yoqlar yordamida aks ettiriladi. Grafika 
asarlari hajm jihatidan uncha katta bo‘lmay, 
ko‘p hollarda qog‘ozga ishlanadi. Grafikada 
rang ishlatilmaydi, ishlatilsa ham, uning 
xarakterli tomonini belgilamaydi. Grafika 
tushunchasi keng ma’noga ega b o‘lib, u o‘z 
ichiga plakat, illyustratsiya, karikatura, sharj, 
ekslibris, gravyura, amaliy grafika, qalamtasvir 
asarlarini oladi. Grafika to‘rt turga: dastgoh 
grafika, gazeta-jurnal grafikasi, plakat va 
amaliy (yoki sanoat) grafikaga ajraladi
2

Grafikada tasviriy san’atning mustaqil bir 
qismi sifatida qalamtasvir va uning bosma
nusxalari kirishi mumkin:
Gravyura (frans, “grave” “o‘ymoq”) – 
rassom biror tekis yuza (taxta, linoleum, 
metall) ni maxsus o‘yish uchun ishlatiladigan 
asbob – shtixel bilan o‘yib tasvir chizadi. Bu 
yuzada tasvir hosil bo‘ladi. Bu “klishe” deb 
nomlanadi. Klishe yuzasiga bo‘yoq surtiladi, 
so‘ng u qog‘oz yuzasiga tushiriladi. Qog‘ozda 
hosil bo‘lgan tasvir gravyuradir. Lekin gravyura 
uchun ishlatiladigan yuza materialiga qarab 
(linoleum, yog‘och, metall), turlicha nomlanadi. 
Masalan, gravyura linoleumga tushirilgan 
bo‘lsa, 
linogravyura, yog‘och yuzasiga 
tushirilgan bo‘lsa, 
ksilografiya deb nomlanadi. 
Tasvir zamindan chuqurlashtirib o‘yma 
tasvir hosil qilinadi, bu usul asosan metall 
(mis, jez, rux va boshqalar) plastinalardan 
foydalanilganda ( gravyuraning bir-biridan farq 
qiluvchi akvantinta, Metso-tinto
ofort, quruq 
igna va b. turlarida) qo‘llaniladi. Gravyura 
bir xil bo‘yoqda, shuningdek turli rangdagi 
bo‘yoqlarda bo‘yalishi, undan ko‘plab nusxa 
ko‘chirilishi, ifoda imkoniyatlarining kengligi 
bilan ahamiyatlidir. Mustaqil ahamiyatga ega 
bo‘lgan dastgoh gravyurasi (estamp) va 
kitob, gazeta, jurnallarda bezak (illyustratsiya) 
vazifasini o‘taydigan kitob gravyurasi keng 
rivojlangan. Gravyuraning vujudga kelishi va 
rivoji hunarmandchilikning taraqqiyoti bilan 
bog‘liq. Yog‘och gravyurasi matolarni bo‘yash, 
gul bosishda, metall gravyurasi esa zargarlikda 
qadimdan keng qo‘llanilgan
3
.

Download 5.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling