2021, №1 issn 2010-7498 kasb-hunar ta’limi ilmiy-uslubiy, amaliy, ma’rifiy jurnal №1
Download 5.03 Mb. Pdf ko'rish
|
1-son 2021
Monotipiya (tipos so‘z. – nusxa) – bosma
grafika turi. Uning ishlash uslubi o‘ta silliq bo‘lgan sirt ustiga qo‘l bilan rang beriladi va so‘ngra ulardan maxsus uskuna yordamida nusxa olinadi. Qog‘ozga tushirilgan nusxa bitta yagona bo‘ladi. RANGTASVIR – tasviriy san’at turi hisoblanib, unda tasviriy san’at asarlari biror bir yuzaga rang bilan ishlash orqali yaratiladi. Rangtasvirda rangli tosh, shisha, uning parchalari yoki rangli kukun(pigment)lardan tayyorlangan bo‘yoqlardan(akvarel, guash, tempera, moybo‘yoq va h.k.) foydalanib bajariladi. Ishlatilgan pigment(rangli kukun) ning bog‘lovchi (yelim, lok, moy, tuxum oqi yoki sarig‘i va h.k.)si xususiyatidan kelib chiqib bir biridan farqlanib moybo‘yoq, suvbo‘yoq (akvarel), tempera, guash, enkaustika, mozayika, vitraj, panno deb aytiladi 4 . Rangtasvir san’at asarlarining g‘oyaviy mazmuni mavzu, syujet orqali aniqlanadi, kompozitsiya, rasm va rang (kolorit) orqali ifodalanadi. Monoxrom rangtasvir (bir yoki bitta rangning tuslari) va predmetlarni turli nur yorug‘-soyadagi farqlari, fazoda joylanishi, reflekslar, turli tusdagi predmetlarni farqini ko‘rsatadigan rang tus(rang gammasi)larining bir biriga bog‘liq bo‘lgan tizimlari, o‘zgarmiydigan lokal ranglar va rangning o‘zgaruvchanligi (yarim tuslar, rangdagi nozik farqlar) umumiy fondagi turli rangga ega bo‘lgan predmetlarni atrof-muhit bilan bog‘langan holda tasvirlashga imkoniyat beradi, valer (frants. valeur - qiymat, rangtasvir va grafika nur va soyaning aniq munosabatini ifoda etuvchi tus nozikligi)lar; naturani bevosita tabiatda o‘rganish natijasida tabiiy nur-soya va ochiq havo muhiti (plener)ni ifodasi kabilar rangtasvirda qo‘llaniladi. Rangtasvir asarlari vazifasiga ko‘ra, monumental-bezak (devoriy suratlar, plafonlar,panno), Download 5.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling