2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
- bajarilishi uchun shaxsan
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda
Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi; iqtisodiyot va tadbirkorlik yo‘nalishlarida islohotlarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi; hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’ektlardan samarali foydalanish, ularga investitsiyalarni keng jalb etgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini ko‘radi; tuman va shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakunlari bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi; e-qaror.gov.uz 12.10.2022 10 tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi; belgilangan tartibda o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 3-bob. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi 10. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: hududni iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasida kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish; hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini doimiy tahlil qilib borish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish; iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish; vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari, tuman va shaharlar hokimliklarining iqtisodiy-ijtimoiy hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish; Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish borasida tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish; qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ish yuritishi uchun tegishli resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning o‘z faoliyatini boshlashlari uchun belgilangan tartibda bank kreditlarini olish, elektr energiyasi tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolarini hal etish yuzasidan choralar belgilash va ijrosini nazorat qilish. 11. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling