2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi
Qonunini  
amalga
oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan
ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat organlari, mahalliy ijroiya
hokimiyati organlari, tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligini
muvofiqlashtiradi;
chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududda sanitariya va ekologik
vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli
ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini qisqartirish va xo‘jalik faoliyatiga jalb
etilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining so‘zsiz va sifatli bajarilishi,
shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga
yo‘naltirilgan uzoq, o‘rta va qisqa muddatli hududiy ekologik dasturlarni ishlab chiqish ishlarini
muvofiqlashtiradi;
kanallarni sanitar tozalashni kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni
sanitariya, ekologik norma va qoidalarga muvofiq obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish
hamda qirg‘oq bo‘ylarida zamonaviy landshaft me’morchiligi usullarini qo‘llagan holda
rekreatsion hududlarni shakllantiradi;
ye) davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish va
chegarabo‘yi muammolarini hal qilish hamda aholini va hududlarni toshqinlar, sel oqimlari,
qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining chegarabo‘yi hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
vaziyatning har tomonlama va chuqur o‘rganilishini tashkil etadi, davlat chegarasini
muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va
amalga oshirilishini ta’minlaydi;
toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazish imkoniyatlarini baholash hamda
daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish joyini,
hajmini va boshqa shart-sharoitlarini, suv oqimlari bo‘ylab joylashgan suv xo‘jaligi va boshqa
ijtimoiy ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling