2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi
e-qaror.gov.uz
12.10.2022 23 himoyalash ishlarini belgilaydi; suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarni shakllantiradi hamda ularda belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi. Shuningdek, viloyat hokimining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi: O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi; hududni, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik sohalarini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi; sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi; kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idora, tijorat banklari hududiy tuzilmalarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi; tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalarining hududiy tuzilmalari rahbarlari, tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi; hokimning topshiriqlariga binoan o‘ziga biriktirilgan yo‘nalish bo‘yicha hudud va tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi; hududda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi; davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegatsiyasining yig‘ilishlari va tadbirlarida ishtirok etadi; davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegarabo‘yi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi; tuman va shahar hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling