2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
d) aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
d) aholining sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash,
ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, hududning sanitariya va ekologik vaziyatini yaxshilash sohasida: kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etadi; kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investitsiyalar va innovatsion g‘oyalar, texnologiyalarni jalb etish hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga berish uchun shart-sharoitlar yaratadi; aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalariga muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya ob’ektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi; hududdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlarini zamonaviy hisobga olish asboblari bilan jihozlashni, qurilish- montaj ishlari tannarxini pasaytirishni ta’minlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qo‘llashni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqadi; suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti ob’ektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, ko‘p kvartirali, shu jumladan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiradi; ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini obodonlashtirish, ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, ko‘p kvartirali uylardan texnik jihatdan e-qaror.gov.uz 12.10.2022 22 foydalanish qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi; issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qiladi, ushbu soha tashkilotlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini ta’minlaydi; uy-joy kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda o‘quv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritadi; Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling