e-qaror.gov.uz
12.10.2022
90
Сурхондарё вилоят ҳокимининг
2021 йил 12 сентябрдаги
141-8-0-Q/21-сон қарорига
13-илова
Viloyat hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy
kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – turizm va sport bosh
boshqarmasi boshlig‘ining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim
samaradorlik ko‘rsatkichlari vazifalari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi
Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga,
shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyat
hokimining turizm, sport,
madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish
masalalari bo‘yicha
o‘rinbosari – turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda – viloyat
hokimining o‘rinbosari)ning
asosiy vazifalari, funksiyalari,
huquqlari, shaxsiy mas’uliyati,
vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
2. Viloyat hokimining o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga
va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining hujjatlariga, tegishli xalq
deputatlari Kengashlari qarorlariga, viloyat hokimining qaror va farmoyishlariga, shuningdek,
ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Viloyat hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining
samaradorligi
va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda
Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish
uchun
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda xalq
Do'stlaringiz bilan baham: