2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


a) hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish va turizmni rivojlantirishni


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

a) hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish va turizmni rivojlantirishni
ta’minlash sohasida:
turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shu jumladan ushbu sohada aholining
bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga
oshiradi;
hududga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar oqimini
ko‘paytirish maqsadida yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda turizm sohasini
strategik rivojlantirish dasturlarini sifatli va samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;
joylarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar amalga oshirilishining
samaradorligini doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qiladi, aniqlangan
muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlaydi;
turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish
choralarini ko‘radi;
vakolat doirasida Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha
zarur choralarni ko‘radi;


e-qaror.gov.uz
12.10.2022
92
turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, hududning o‘ziga xos madaniyati va
an’analaridan kelib chiqib, turizm mahsulotini faol va kompleks targ‘ib qilish choralarini amalga
oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurishning maqsadli parametrlari,
mehmonxonalar tashkil etish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni
ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolati doirasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
b) ichki turizmni jadal rivojlantirish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish sohasida:
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” Dasturi doirasida tashrif buyurayotgan mahalliy
turistlar uchun turizm infratuzilmasini, shu jumladan mehmonxona va ovqatlanish
shoxobchalarining tayyorligini ta’minlash, hududdagi joylashtirish vositalari va umumiy
ovqatlanish shoxobchalarini xatlovdan o‘tkazgan holda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish
yuzasidan choralarni amalga oshiradi;
ekologik, etnomadaniy, qishloq, agro va sanoat turizmi yo‘nalishlarini
rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha chora-
tadbirlarni belgilaydi;
mahalliy turistlar uchun tavsiya etiladigan tashrif buyurish ob’ektlari ro‘yxatini
shakllantirish va uni doimiy yangilab borishni tashkil etadi;
mahalliy turistlar uchun teatrlashtirilgan milliy an’ana va urf-odatlar bilan boyitilgan
tomoshalar tashkil etilishini ta’minlaydi;

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling