2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
“Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. Viloyat hokimi o‘rinbosarining faoliyatini tashkil etish
“Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi PF–6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining e-qaror.gov.uz 12.10.2022 97 shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ–2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 31 maydagi PQ‒5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi. 13. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni belgilaydi. 14. Biriktirilgan sohalarda kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi, majmuaga kiradigan tashkilotlardagi rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar beradi. 4-bob. Viloyat hokimi o‘rinbosarining faoliyatini tashkil etish 15. Viloyat hokimi o‘rinbosarining ishi O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq, viloyat hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi. Ushbu ish rejalari asosida viloyat hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi va ular viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi. 16. Viloyat hokimi o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va sport vaziri va hokim topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi Rayosati va viloyat hokimligi majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil etiladi. 17. Viloyat hokimining tezkor yig‘ilishlarida viloyat hokimi o‘rinbosarining hisobotlari har haftada eshitib boriladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling