2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
hamda Hukumatining hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan ta’sirchan
nazoratni ta’minlaydi;
hududning turizm salohiyatini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, hududiy dasturlar
hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;
turizm sohasidagi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil
qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik
yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;


e-qaror.gov.uz
12.10.2022
96
viloyat hokimligining ish rejasiga turizm sohasini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha
masalalarga doir takliflar kiritadi;
tuman va shahar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni
rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga yuklangan turizmni rivojlantirish bo‘yicha
vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy
mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakuni bo‘yicha
ularning mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini baholab boradi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, viloyat hokimi
boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining
bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
3-bob. Viloyat hokimining o‘rinbosari huquqlari va javobgarligi
10. Viloyat hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish
uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda ko‘rib chiqiladigan turizm sohasiga oid masalalarni ishlab chiqish, axborot va
tahliliy materiallarni tayyorlash, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlarini tashkil
etish;
turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish
va ijrosini tashkil etish;
hududda turizmni rivojlantirish masalalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining
hududiy boshqarma va bo‘linmalari, shahar va tuman hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari
va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqish va muhokama qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy boshqarma va bo‘linmalari, shaharlar
va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab
qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan
bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish.
11. Viloyat hokimining o‘rinbosari ushbu Nizomning 8 va 9-bandlaridagi o‘ziga
yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
12. Viloyat hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling