2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


v) kirish turizmini rivojlantirish hamda turistik mahsulotlar va xizmatlarni


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

v) kirish turizmini rivojlantirish hamda turistik mahsulotlar va xizmatlarni
diversifikatsiya qilish sohasida:
turizm yo‘nalishlarini tizimlashtiradi, shu jumladan turizm namoyishi
ob’ektlarining yagona axborot bazasini shakllantiradi;
tanlov asosida viloyat turizm brendining ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda tasdiqlanishini ta’minlaydi;
tematik turistik zonalari va klasterlarni  yaratish orqali hamda hududning turistik
salohiyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda turizmning istiqbolli turlari (ziyorat, ma’rifiy,
ekologik, etnografik, gastronomik, sport, davolovchi-sog‘lomlashtiruvchi, qishloq, sanoat,
ishbilarmonlik (“MICE-turizm”) va boshqalar)ni rivojlantirish bo‘yicha hududiy turizm
dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
hududning tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, turizm sohasidagi nufuzini
saqlash va rivojlantirish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga
kirib borishiga hamda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etishga qaratilgan faol reklama-
axborot siyosatini amalga oshiradi;
bepul faoliyat ko‘rsatuvchi, shu jumladan bron qilish, suvenirlar, kitoblar va turizm
xaritalari bo‘yicha ma’lumot beruvchi “turizm axborot shoxobchalari” faoliyatini tashkil etadi;


e-qaror.gov.uz
12.10.2022
93
yuqori turistik salohiyatga ega bo‘lgan hududlarda xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha
ichki ishlar organlarining maxsus bo‘linmalari bilan yaqindan hamkorlikni tashkil qiladi;
g) turizm infratuzilmasi va transport logistikasini rivojlantirish sohasida:
joylashtirish vositalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, yirik, o‘rta, kichik
mehmonxonalar va xostellarni qurishni rag‘batlantirish hamda mavjud mehmonxonalarni
rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
turizm sohasiga tutash infratuzilmani (umumiy ovqatlanish ob’ektlari, transport-logistika
tuzilmalari, ko‘ngilochar maskanlar industriyasi, madaniy va sport muassasalari, turistik
namoyish ob’ektlari va boshqalarni) rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni
amalga oshiradi;

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling