turizm infratuzilmasi ob’ektlarini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik
sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘radi, shu jumladan
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni asosida
turizmni rivojlantirish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshiradi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va
boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga
muvofiq rivojlantirishga jalb etish choralarini ko‘radi;
turizm navigatsiyasining unifikatsiyalashtirilgan yagona tizimini joriy etish va
rivojlantirishni tashkillashtiradi;
joylardagi turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan ochiq muloqot va shaxsiy
uchrashuvlar o‘tkazadi;
yo‘lovchilar tashishni rivojlantirish, shu jumladan avtomobil yo‘llarini qurish va
mavjudlarini rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari dasturlarida belgilangan loyihalarning amalga
oshirilishini nazorat qiladi;
respublika hududlari o‘rtasida aviaqatnovlarni rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab
chiqadi;
transport xizmatlarini sifatli ko‘rsatish uchun hududda transport vositalarining
harakatlanuvchi tarkibini muntazam yangilab borish bo‘yicha takliflar kiritadi;
d) yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish sohasida:
turizm sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yuzasidan belgilangan ustuvor
vazifalarning bajarilishini ta’minlash, turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga
ko‘maklashgan holda ularning xodimlari malakasini oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘radi;
turizm sohasida kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi kadrlar va bitiruvchilar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
ichki va kirish turizmi sohasida bevosita turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi turizm sohasi
Do'stlaringiz bilan baham: |