e-qaror.gov.uz
12.10.2022
91
2-bob. Viloyat hokimining o‘rinbosari asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar viloyat hokimi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
turizmni jadal rivojlantirish, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish,
turistik mahsulotlar va xizmatlarni
diversifikatsiya qilish, turizm infratuzilmasini
takomillashtirish;
ichki turizmni jadal rivojlantirish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ziyorat turizmini
rivojlantirish;
turizm infratuzilmasi va transport logistikasini rivojlantirish,
turizm sohasida yuqori
malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va
malakasini
oshirish;
aholining keng qatlamlari sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yetarli shart-
sharoitlar yaratish va shu orqali yoshlarning jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi
ko‘rsatkichlarini oshirishni ta’minlash;
madaniy sohadagi islohotlarni joylarda amalga oshirilishini ta’minlash;
aholining
keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni madaniyat muassasalariga jalb
etish va madaniy-ommaviy tadbirlar bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash;
hududda ommaviy axborot vositalari, axborot targ‘ibot sohasini kompleks rivojlantirishni
ta’minlash choralarini ko‘rish.
9. Viloyat hokimi o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun
quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: