2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi
e-qaror.gov.uz
12.10.2022 49 korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlaydi; savdo va pulli xizmatlarni rivojlantirish sohasida iqtisodiy islohotlar tizimli amalga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘radi; oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyati monitoringini olib boradi, qishloq aholisini talab etiladigan oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlash va pulli xizmatlar ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlaydi; hudud aholisini qish-bahor davrida uzluksiz ta’minlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini zaxiraga g‘amlash bo‘yicha qabul qilingan chora- tadbirlar ijrosini tashkil etadi; hududda omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovitish kameralarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hisobiga meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi; dehqon bozorlari faoliyatini tartibga solish choralarini ko‘radi; hudud aholisini, shu jumladan qish-bahor oylarida borish qiyin bo‘lgan olis va cho‘l zonalarida yashaydigan aholiga, shuningdek, ijtimoiy soha muassasalariga oziq-ovqat mahsulotlari ishonchli va uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlaydi. Shuningdek, viloyat hokimining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi; hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi; hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni ta’minlash borasida tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar va xo‘jalik birlashmalarining hududiy tuzilmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tashkil etadi; qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar, xo‘jalik birlashmalari hududiy tuzilmalarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi; tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar, xo‘jalik birlashmalarning hududiy tuzilmalari rahbarlari, tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling