2023 y Guruh 204 talaba Eshpo‘latov Hasan


Download 1.12 Mb.
bet2/7
Sana04.05.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1424623
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Hasan

_____________________
_____________________


Chexiya (chex. Česko), Chex Respublikasi (chex. Česká republika) – Markaziy Yevropadagi davlat. Maydoni 78,9 ming km². Aholisi 10,51 mln. kishi (2012). Poytaxti – Praga shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 oblast (viloyat)ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
Chexiya – suveren, demokratik davlat. Amalddagi konstitutsiyasi 1992-yil 16-dekabrda qabul qilingan va 1993-yil 1-yanvardan kuchga kirgan, 1997-yil 23-oktabrda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2013-yildan Milosh Zeman), u parlamentning ikkala palatasi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – deputatlar palatasi va Senatdan iborat parlament. Ijrochi hokimiyat organi prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat.
Tabiati
Chexiya hududining katta qismi Chexiya togʻlarida joylashgan. Uning atrofida oʻrtacha balandlikdagi Shumova, Chexiya oʻrmoni, Rudali togʻlar (KrushneGori), Krkonoshe togʻlari (eng baland joyi 1602 m, Snejka togʻi) bor. Chexiya togʻlarining ichki qismi – Chexiya soyligi tepaliklar va ularni ajratib turuvchi past toglardan iborat. Moraviyada ham tepalik va past togʻlar koʻp. Chexiyaning janubiy va markaziy kismida ChexiyaMoraviya qirlari bor. Chexiyada kumir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud.
Iklimi moʻʼtadil iklim. Gʻarbdan sharqqa va ichki soyliklarda kontinentallashib boradi. Tekisliklarda oʻrtacha temperatura yanvarda –2° dan –4° gacha, togʻlarda –8° dan – 10° gacha, iyulda 19–20°, togʻlarda 4–8°. Yillik yogʻin tekisliklarda oʻrtacha 500–700 mm, togʻlarda 1600–2100 mm. Mamlakatjanubiy va gʻarbida uncha katta boʻlmagan koʻllar bor. Asosiy daryolari – Laba (Elba), Vltava. Togʻ yon bagʻirlari aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Hayvonlardan togʻlarda qoʻngʻir ayiq, tulki, kiyik, yovvoyi echki, tekisliklarda kemiruvchilar, kaltakesak va qushlarning koʻp turlari bor.
Aholisi
Aholisining koʻpchiligi – chexlar (81,3%); slovak, polyak va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 70%. Rasmiy til – chex tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Iirik shaharlari: PragaBrnoPlzenOstrava.
Tarixi
Chexiya hududida odam paleolit davridan boshlab yashaydi. Miloddan avvalgi taxminan 400-yillarda bu yerda keltlar, miloddan avvalgi 1-asrda kelt qabilalarining boyi guruhi yashagan (Chexiyaning lot. Bohemia, nem. Bohmen nomi ham shundan). 1ming yillik oʻrtalarida Chexiyada slavyan qabilalari koʻpchilikni tashkil etdi. 7-asrda Chexiya xududi Samo davlati, 9–10-asr boshlarida Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirdi. 10-asrda paydo boʻlgan Praga knyazligi ilk chex davlatining oʻzagi boʻlib qoldi. 1198-yildan qirollikka aylandi. 1310–1437-yillarda chex yerlari Lyuksemburglar sulolasi mulki tarkibida boʻldi. 15-asrning 1yarmida Chexiyada kuchli ijtimoiyinqilobiy, milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtdi (qarang Guschilar harakati). 1526-yil Chexiya Gabsburglar imperiyasi tarkibiga muxtoriyat huquqi bilan qoʻshib olindi. 1618–20 yillarda chex qoʻzgʻolonining magʻlubiyatidan soʻng, uning provinsiyasiga aylandi. 18-asr oxiri – 19-asr 1yarmida chex tili, milliy madaniyatini saqlash va rivojlantirish uchun milliy harakat avj oldi. 19-asrning 30–40-yillarida u siyosiy tus ola boshladi. 1848-yil Pragadagi Svyatovatslav yigʻini Gabsburglar imperiyasida 1848–49 yil inqilobi boshlanishiga olib keldi. 1867-yil Chexiya Avstriya-Vengriyaning Avstriya qismi tarkibiga kirdi. 1878-yil Chexiyada Chexoslavyan sotsialdemokratik ishchi partiyasi tuzildi. 1918-yil AvstriyaVengriya parchalangach, Chexiya Slovakiya bilan birlashib mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tashkil etdilar. 1938-yil oktabr boshlarida Germaniya Chexiyaning Sudet viloyati deb nomlangan hududini, 1939-yil martda barcha chex yerlarini bosib oldi va uni "Bogemiya va Moraviya protektorati" deb eʼlon qildi. Chex xalqining 1945-yil maydagi qoʻzgʻoloni natijasida 1945-yil 9-mayda Praga shahri ozod qilindi; chex yerlari va Slovakiya Chexoslovakiya Respublikasi doirasida qayta birlashtirildi. Chexiya 1948-yil 9-maydan Chexoslovakiya Xalq Demokratik Respublikasi, 1960-yil 11-iyuldan Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi, 1990-yil 29-martdan Chexoslovakiya Federativ Respublikasi, 1990-yil 20-apreldan 1992-yil 31-dekabrgacha Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi tarkibida boʻldi. Chexiya va Slovakiya Federatsiyasining 1992-yil 25-noyabrdagi Chexiya va Slovakiya Federatsiyasining tugatilishi toʻgʻrisidagi federal qonuniga binoan Chexiya 1993-yil 1-yanvardan suveren davlatga aylandi. Chexiya 1993-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1993-yil 1-yanvardan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 28-oktabr – Mustaqil Chexoslovakiya tashkil boʻlgan kun (1918).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
Fuqarolar demokratik partiyasi, 1991-yil 23-fevralda tashkil etilgan; Fuqarolar demokratik alyansi, 1989-yil tuzilgan; Demokratik ittifoq partiyasi, 1994-yil asos solingan; Chexiya va Moraviya kommunistik partiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi partiyasi, 1998-yil tuzilgan; Chexiya sotsialdemokratik partiyasi, avvalgi nomi Chexoslovakiya sotsialdemokratik partiyasi, 1989-yildan mustaqil partiya sifatida faoliyat yuritadi. ChexMoraviya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yil tashkil etilgan, 31 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi.
Iqtisodiyoti
Chexiya – industrialagrar mamlakat. Milliy daromadda qishloq xoʻjaligi 5%, sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 61,2% ni tashkil etadi.
Sanoatida yoqilgʻienergetika va qora metallurgiya (Ostrava rni), kimyo, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qoʻngʻir kumir va toshkoʻmir qazib olinadi. OstravaKarvina toshkoʻmir, Shimoliy Chexiya va Sokolov qoʻngʻir koʻmir havzalari, temir ruda konlari mavjud. Yiliga oʻrtacha 58,7 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari – Praga, Plzen, Ostrava, Brno.
Qishloq xoʻjaligida, asosan, qand lavlagi, bugʻdoy, javdar, arpa, yemxashak ekinlari, kartoshka va boshqa ekiladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan, koʻp miqdorda qulmoq (xmel) yetishtiriladi. Goʻshtsut chorvachiligiga asosiy eʼtibor beriladi (choʻchqa, qoʻy, qoramol, parranda boqiladi). Suv havzalarvda baliq yetishtiriladi.
Transporti
Temir yoʻl uzunligi 9,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 124,8 ming km. Vltava va Laba daryolarida kema qatnaydi. Asosiy dare portlari – Praga va Dechin. Pragada xalqaro aeroport bor. Chexiya chetga mashina va jihozlar, yengil, shishakeramika sanoati mahsulotlari, kumir chiqaradi. Chetdan neft, gaz, kora metall, isteʼmol mollari oladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Germaniya, Slovakiya, Avstriya, Rossiya bilan savdo kiladi. Pul birligi – chex kronasi.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari
Chexiyada 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan (asosiy maktab). 8 yillik maktab negizida toʻliq oʻrta maktab, gimnaziya, oʻrta kasbhunar bilim yurtlari va maktablari faoliyat yuritadi; ular malakali ishchilarni tayyorlaydi. Chexiyada 23 oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Praga universiteti, Politexnika instituti, Iqtisodiyot instituti, Tasviriy sanʼat akademiyasi, Musiqa sanʼati akademiyasi (hammasi Praga shahrida), Brno, Olomouts shaharlaridagi universitetlar, Ostravadagi konchilik instituti. Oliy ilmiy muassasasi – Chexiya Fanlar akademiyasi. Vazirlik va muassasalarning geol., gidrometeorologiya, suv xoʻjaligi markaziy ilmiy tadqiqot institutlari bor. Yirik kutubxonalari: Praga universiteti kutubxonasi, davlat kutubxonasi, Chexiya Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasi, Ya.A. Komenskiy nomidagi ped. davlat kutubxonasi, Brnodagi universitet kutubxonasi, davlat ilmiy kutubxonasi. Ostrava, Olomouts, Plzen va boshqa shaharlarda ham ilmiy kutubxonalar bor. Chexiyada bir qancha muzey va galereyalar mavjud. Yiriklari: Pragadagi Milliy muzey va Milliy galereya, Naprstak nomidagi etn. muzeyi, A. Dvorjak muzeyi, B. Smetana muzeyi, planetariy, chex milliy yozuvi muzeyi va boshqa
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Chexiya bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Vechernik Praga" ("Praga oqshomi", chex tilidagi kundalik gazeta, 1955-yildan), "Vlasta" (Vlasta – ayol ismi; chex tilidagi haftalik jurnal, 1947-yildan), "Zrsadlo" ("Oyna", yoshlarning oylik jurnal, 1990-yildan), "Lidova demokratsiya" ("Xalq demokratiyasi", chex tilidagi kundalik gazeta, 1945-yildan), "Pravo" ("Huquq", chet tilidagi kundalik mustaqil gazeta, 1991-yildan), "Pravo lidu" ("Xalq huquqi", chex tilidagi kundalik gazeta, 1989-yildan), "Pratse" ("Mehnat", kasaba uyushmalarining chet tilidagi kundalik gazeta, 1945-yildan). Chexiya telegraf agentligi axborot agentligi boʻlib, 1918-yil Chexoslovakiya telegraf agentligi sifatida tashkil topgan; 1992-yildan hozirgi nomda. Chexiya radiosi va televideniyesi (1992-yildan) faoliyat yuritadi.
Adabiyoti
9-asrda paydo boʻlgan chex yozuvi dastlabki eski slavyan tilida rivojlandi. Bunda akauka Kirill va Mefodiylarning maʼrifatparvarlik faoliyatlari muhim rol oʻynadi. Buyuk Moraviya davlati agʻdarilgach (906), lotin tili yoyiddi. Pragalik Kozmaning "Chex xronikasi" asari (1125) lotin tilida yaratilgan yirik asar xisoblanadi. Dalimil Mezirjitsskiyning 14-asr boshlarida yaratgan "Dalimil xronikasi" asari chex tilidagi kad. adabiy yodgorlikdir. Chexiyaning birinchi mashhur yozuvchisi hajvchi S.Flyashka (14-asr – 1403) dir. 15-asrda Yan Gus, Yan Jelinskiy, P. Xelchitskiy antikatolik ruhda asarlar yozdilar. AvstriyaVengriya hukmronligi davrida chex adabiyoti taʼqibgauchradi. 17-asrdagi yirik adabiy yodgorlik – Ya.A. Komenskiy asarlari boʻldi. Y. Dobrovskiy, Y. Yungman, P.Y.Shafarik, F. Palatskiy, A.Ya. Puxmayer, V. Ganka, Ya. Kollar, F.K. Chelakovskiy kabi olim va yozuvchilar chex milliy Uygʻonish davri (18-asr oxiri – 19-asr 1yarmi)ning buyuk arboblari hisoblanadi. Bu davr adabiyotda slavyan xalqlarining birligi, chex xalqining huquqi, slavyanlar xalq ogʻzaki ijodiga murojaat, milliy madaniyatni yaratish uchun kurash gʻoyalari aks etdi. 1848–49 yil inqilobi taʼsiri natijasida adabiyotda milliy ozodlik gʻoyalari kuchaydi, ijtimoiy masalalarga eʼtibor oshdi. K. GavlichekBorovskiy va B. Nemsova Avstriya monarxiyasidagi ijtimoiy munosabatlarni tanqid qilib chiqdilar. Tanqidiy realizmning paydo boʻlishi, asosan, Ya. Neruda ijodi bilan bogʻliq. A. Stashek asarlari, A. Irasek, V.B. Trshebizskiy tarixiy nasri ijtimoiy romanning shakllanishida asos boʻldi. Sheʼriyatning ijtimoiy ahamiyati oshdi (S. Chex, Ya. Vrxlitskiy, Y.V. Sladek). 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida modernistik va dekadentlik oqimlari paydo boʻldi. 1920–30 yillarda yozuvchi Karel Chepek, 1940-yillarda shoir Yaroslav Zeyfert samarali ijod qildi. Urushdan keyingi davr adabiyotda antifashistik mavzu keng oʻrin egalladi. Bu sohada yozuvchilardan V. Rjezach, V. Nezval ijodi muhim oʻrin tutadi. 1960–80-yillarda Vatslav Gavelning Chexoslovakiya hayotini aks ettirgan dramalari, Milan Kunder, Bogumir Grabal kabi yezuvchilarning asarlari paydo boʻldi. Ammo adabiyotning asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini ijtimoiy va milliy ozodlik kurashi masalalari belgilab berdi (A. Matsek, P. Bezruch, A. Sova, Y.S. Maxar sheʼriyati, I. Olbraxt, Ya. Gashek, M. Mayerovalar ilk nasri).
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
Chexiyada paleolit davri haykalchalari, neolit davriga oid keramika va boshqa saqlanib qolgan. Katolitsizm qabul qilingach (865), Vizantiya, Gʻarbiy Yevropadagi kabi toshdan cherkovlar qurildi (StareMesto yaqinidagi ibodatxona xarobalari, 9-asr, Pragadagi avliyo Vita ibodatxonarotondasi, taxminan 930). 11 –13-asrlarda roman uslubi shakllandi. 13-asr oʻrtalari – 15-asr 1yarmida meʼmorlikda gotika sanʼati ravnaq topdi (Krshivoklatdagi qasr, 13–16-asrlar, Pragadagi avliyo Vita sobori sharqiy qismi). 16-asr 1yarmida Chexiya meʼmorligida Uygʻonish davri uslubi unsurlari paydo boʻldi (Pragadagi Belveder saroyi, taxminan 1536–36), 17-asrning 2yarmidan barokko uslubidagi saroylar kurila boshladi (KlamGallasov saroyi, taxminan 1713–25, meʼmor Y.B. Fisher fon Erlax). 18-asr oxiri – 19-asr boshlari meʼmorlikda klassitsizmdan soʻng eklektika ruhidagi "milliy romantika" yoʻnalishi qaror topdi (Pragadagi Milliy muzey, 1884–90, meʼmor Y.Shchults). 19-asr oxiri – 20-asr boshlari modern uslubi oʻrnini ratsionalizm egalladi. 1920– 30-asrlar meʼmorlikda funksionalizm milliy maktabi shakllandi (GradetsKralove shahridagi Y. Gocher inshootlari). Haykaltaroshlikda ham kjsak yutuklarga erishidpi. 1950-yillar Pragada yaratilgan chex xalkining milliy qahramoni Yan Jijka, rassom Y. Manes (ikkalasining haykaltaroshi B. Kaofka), Yan Gus (haykaltarosh K. Liditskiy), yovuzchi B. Nemsova (haykaltarosh K. Pokorniy) haykallari, V. Makovskiyning "Yangi asr" kompozitsiyasi diqqatga sazovor. 1945-yildan keyin turar joylar, jamoat markazlari, yangi maʼmuriy va madaniymaishiy binolar kurish avj oldi. Jumladan, Brno shahridagi xalqaro mashinasozlik yarmarkasi majmui (meʼmorlar 3. Aleks, F. Lederer), Yeshted togʻidagi teleminora va mehmonxona (meʼmorlar K. Gubachek, 3. Patrmak) va boshqalarni koʻrsatish mumkin. 1970–80-yillarda Pragada "Internatsional" mexmonxonasi (meʼmorlar K. Filsak, I. Shvets), "Kotva" univermagi (meʼmorlar V. va V. Maxoninlar) va Madaniyat saroyi (meʼmorlar Ya. Mayer, A. Marek, Ya. Kralik, V. Ustogal), Pragadagi uz. 485 m boʻlgan osma koʻprik (meʼmorlar V. Mixalek, S. Gubechka) yaratildi.
Chexiyada 7-asrda keramika, zargarlik buyumlari tayyorlangan. 11–13-asrlarda devoriy rasmlar, miniatyuralar paydo boʻldi. 13-asr oʻrtalari – 15-asr 1yarmida gotika uslubi ravnaq topdi. 14-asr 2yarmida portret yaratish sanʼati rivojlandi. 14-asr oxiri – 15-asr boshlaridan Chexiya tasviriy sanʼatida amaliybezak sanʼati (badiiy shisha, vitraj, mozaika, zargarlik buyumlari) keng yoyiddi. 17–18-asr tasviriy sanʼati barokko uslubida rivojlanishi bilan birga, unda realistik va demokratik yoʻnalishlar namoyon boʻldi. Bu davrda haykaltaroshlardan M.B.Braun va F. M. Brokof mashhur boʻlgan. 18-asr oʻrtalarida haykaltaroshlik va rassomlikda rokoko va klassitsizm unsurlari paydo boʻddi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida Chexiya sanʼatida klassitsizm va romantizm bilan birga realistik tendensiyalar yoyildi. Rassomlar milliy tarix, oʻlka tabiatini tasvirlash mavzuida asarlar yaratdilar. 19-asr oxirgi choragida rassom M. Alesh, haykaltarosh Y.V. Mislbek ijodi rivojlandi. Bu davrda grafika modern uslubida taraqkiy etdi, haykaltaroshlikda Ya. Shtursa asarlari ajralib turdi. 20-asr boshida avangardizm vakillari B. Kubishta, E. Filla, A. Proxaziya, Ya. Zrzaviy, R. Kremlichka ijod qildilar. 1918-yil mustaqil Chexoslovakiya respublikasi tashkil boʻlgach, milliy madaniyatni rivojlantirish imkoniyati paydo boʻldi. Koʻp avangardchi rassomlar oʻz asarlarida real voqelikni aks ettirdilar (V. Novak, O Kubin, Y. Chapek, V. Rabas). Ayrim rassomlar ishchilar sinfi kurashini haqqoniy tasvirladilar (K. Golan, K. Shtika rang-tasvir asarlari, K. Pokorniy, Lauda haykallari, F. Bidlo, V. Silovskiyning grafik asarlari). 20-asrning 20–30-yillarida chex sanʼatida ijtimoiytanqidiy yoʻnalish shakllandi. 1945-yil Chexoslovakiya nemisfashistlardan ozod etilgach, rassomlar E. Filla, A. Paderlik, V. Sedlichek, haykaltaroshlar V. Makovskiy, K. Liditskiy, K. Pokorniy samarali ijod qildilar. Bu davrda monumentalbezak sanʼati turlari rivojlandi. 1970–80 yillar sanʼatkorlari orasidan A. Zabravskiy, R. Kolarj, Y. Broj kabi rassom va grafiklarni, I. Maleyovskiy, M. Aksman kabi haykaltaroshlarni koʻrsatish mumkin. Bu davrda amaliybezak sanʼati turlari keng yoyildi (badiiy oyna, toʻquvchilik va hokazo).
Musiqasi
Chexiya musiqa madaniyati boy xalq ijodi – maishiy, mehnat, marosim qoʻshiq va raqslari asosida rivojlanib keldi. Cholgʻu asboblari – fuyar, volinka, nay, truba, sitra, arfa va boshqa 9-asrdan professional – diniy (cherkov) hamda dunyoviy musiqa ijodi taraqqiy etdi. 15-asrda bir ovozli "guschilar qoʻshigʻi", 16-asrdan polifoniya musiqasi rivojlandi (A. Mixna, Y. Rixnovskiy, Ya. Turnovskiy va boshqalar). 17–19-asrlarda koʻpgina chex kompozitor va sozandalari oʻz Vatanini tark etib boshqa mamlakatlarda samarali ijod kilishdi: Venada F. Tuma, Ya. Vanxel, V. Yirovets va boshqa, Parijda A. Reyxa, Italiyada B. Chernogorskiy, Y. Mislivichek, Germaniyada Ya. Zelenka, Mangeym maktabi vakillari va hokazo 1737-yil Pragada opera teatri, 1783-yil Nostitskiy milliy teatri, 1811-yil Pragada konservatoriya, 1831-yil organ maktabi, 1881-yil Milliy teatr ochildi. 1891-yil Chex kvarteti, 1901-yil Chex filarmoniyasi, 1920-yil Praga kvarteti, 1928-yil Praga puflama soz kvintetiga asos solindi. F. Shkroup chex tilidagi birinchi operani yaratdi (1826). B. Smetana va A. Dvorjak chex mumtoz musiqa maktabi asoschilaridir. 3. Fibix va L. Yanachek ularning izdoshlaridir. 19-asr oxiri – 20-asr 1yarmida I. B. Fyorster, V. Novak, Y. Suk, B. Martinu, V. VLeysek, O. Ostrchil kabi kompozitorlar samarali ijod qiddilar. Ijrochilar orasida dirijyor V. Talix, skripkachilar F. Laub, O. Shevchik, Ya. Kubelik, xonandalar V. Gesh, B. Benoni, K. Burian, E. Destinovalar ajralib turadi. 1930-yillarning oʻrtalaridan ilgʻor musikachilar antifashistik mavzuda asarlar yaratdilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin kompozitorlar jamiyatdagi oʻzgarishlarni aks ettirishga intildilar (V. Dobiash, E. Akeman, B. Martinu, K. Burian va boshqalar). 1960–80-yillarda kompozitorlardan Y. Pauer, V. Sommer, L. Jelezni, S. Gavelka, V. Kalabis mashhur boʻlgan. Smetana, Yanachek nomidagi torli kvartetlar, Y. Suk nomidagi torli trio shuhrat qozongan.
Teatri
16–17-asrlarda maktab teatri, ayniqsa, havaskorlik teatri koʻplab paydo boʻldi. 1737-yil Pragada birinchi doimiy teatr binosi – "Teatr u Kotsu" quriddi. 1786–89 yillar "Bouda" teatrida chex tilidagi truppa ishlay boshladi. 19-asr 1yarmida chex dramaturgiyasida Ya.N.Shtepanek (rejissor ham boʻlgan), V. Klitsper, Y.K. Til (professional teatrning rivojlanishida xizmati katta boʻlgan)ning asarlari paydo boʻldi. Y. Til 1824–34 yillarda chex truppasini, 1835–37 yillarda "Teatr u Kaetana" nomidagi havaskorlar jamoasiga rahbarlik qildi. 1862–83 yillar Pragada Muvaqqat teatr faoliyat koʻrsatdi. Bu teatrda aktyorlardan Y. Moshna (chex realistik aktyorlar maktabi asoschilaridan), Y. Bitner, Ye. Peshkova, K. Shimanovskiy, F. Kolar, rejissor lardan Y. Kolar, E. Xvalovskiy ishlagan. 1881-yildan "Teatr u Libushe" teatri ishlay boshladi. 1883-yil Pragada Chex milliy teatriga asos solindi (20-asrning 70–80-yillarida mamlakat teatr hayotining markaziga aylandi). 19-asr oxiri – 20-asr boshlari Lirik teatr (1911-yil asos solingan), Sanʼat teatri (1912–13) faoliyat koʻrsatdi, havaskorlik teatrlari koʻpaydi. Plzen, Brno va boshqa shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. 1919-yildan Brno, 1920-yildan Olomouts shahar teatrlari, 1933-yildan Pragada "D34" teatri ishlay boshladi. Bu davr teatr arboblaridan aktyorlar – V. Vidra, Ya. Shkoda mashhur boʻlgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Pragada Realistik teatr, Satira teatri tashkil etildi; 60–70-yillarda kichik tajriba teatrlari faoliyat koʻrsatdi. 1970–80 yillardagi aktyorlardan O. Kreycha, F. Smolik, Ya. Pruxa, 3. Shtepanek, B. Zagorskiy, rejissorlardan M. Mixachek, K. Paloush, K. Novak, hozirgi kompozitorlardan P. Eben, S. Gavelka, opera ijrochilari G. Benyachkova, E. Gruberova, P. Dvorskiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin.
Oʻzbekiston – Chexiya munosabatlari

1993-yil imzolangan "Savdoiqtisodiy va ilmiy texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida"gi hukumatlararo bitim ikki tomonlama savdoiqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1997-yil yanvarda Chexiyaga qilgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea boʻldi. Tashrif chogʻida bir qancha hujjatlar imzolandi. Bu hujjatlar orasida sarmoyalarni oʻzaro himoyalash va ragʻbatlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqaruvchi muassasalar va milliy banklarning hamkorligi toʻgʻrisidagi hujjatlar alohida oʻrin oladi. 1999-yilda esa, birdek manfaatdor hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya, avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni tashish toʻgʻrisida, 2000-yilda ikki tomonlama soliq solish va mulkdan keladigan daromaddan soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida bitim imzolandi. 2004-yil 1-maydan Chexiya Yevropa Ittifoqiga qoʻshilganidan keyin 1993-yilda imzolangan savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim oʻz kuchini yoʻqotdi. Shu munosabat bilan tomonlar 2004-yil 28-iyunda iqtisodiyot, sanoat va ilmiytexnikaviy sohalarda hamkorlik boʻyicha yangi bitimni imzoladilar. 2003-yil ikki tomonlama tovar aylanmasi 20,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Chexiyaga gazlama, yigirilgan ip, paxta momigʻi, jun, oshlovchi va boʻyovchi ekstraktlar, sut mahsulotlari chiqaradi. Chexiyadan mexanika va elektr jihozlar, doridarmon, qora metall va undan tayyorlangan buyumlar, qogʻoz va karton, kauchuk va rezina buyumlari va boshqa oladi. Oʻzbekistonda chexiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 30 korxona mavjud. Ular orasida Chexiya sarmoyasi 100% boʻlgan 2 korxona bor. Ular qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq isteʼmol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, doridarmon ishlab chiqarish sohalarida faoliyat koʻrsatadi. Tashqi iqgisodiy aloqalar agentligida Chexiyaning "Eri ell Korporeshn", "Mars SZ", "Tomas Praga", "CHKD Nove Energo", "AyveksChR", "Yason Travel", "Yansen" kabi kompaniyalari roʻyxatdan oʻtgan. Ikki davlat oʻrtasida materialshunoslik, mikroelektronika, yadro fizikasi, priborsozlik, mashinasozlik, tibbiyot va farmakologiya, shuningdek, intellektual mulkni muhofaza qilish huquqi boʻyicha ilmiytexnikaviy aloqalar rivojlanmoqda. 1994-yildan Liditse shahrida oʻtkaziladigan Jahon bolalar ijodi koʻrgazmasida Oʻzbekistondan ham bolalar ishtirok etadi. 1994– 2001-yillarda ular 41 ta mukofotga sazovor boʻldilar. UzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Chexiyaning "Xemapol", "Kovo", "Loxema" farmatsevtika firmalari bilan hamkorlik qiladi.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling