21- mavzu. Reja Ijtimoiy pedagogika tushunchasi
Download 291.31 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ijtimoiy pedagogika asoslari.
Jabborova SitoraningIjtimoiy pedagogning boshqa mutaxassislar bilan xamkorligi nimalarda koʻrinadi? mavzusida tayyorlagan taqdimoti.21- mavzu.Reja:1.Ijtimoiy pedagogika tushunchasi2.Ijtimoiy pedagogikaning kasbiy bilimlari.3. Ijtimoiy pedagogika asoslari.Ijtimoiylashish- inson atrofdagi muhit bilan oʻzaro ta'siri asosida rivojlanishidir. Ijtimoiy pedagogika-ijtimoiy ta'lim tarbiya faoliyatining-maxsus metodlariga ega pedagogikaning mustaqil boʻlimidir. Ijtimoiy pedagogika shaxsga uning takomillashuviga tarbiyasi oʻzini anglashi va shaxs sifatida shakllanishiga yoʻnaltirilgandir.Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani boshqarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qoʻshadi.Pedagogika yunonchada bola yetaklayman degan ma'noni bildiradi.Pedagogika ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalashda hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini oʻrganadigan fan.Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol gʻoyalari asosida tarbiyalash unga ta'lim berish muammolarini oʻrganadi.Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qoʻshadi.Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati uni oʻqitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika va tarbiya nazariyasi fanning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi.Didaktika yunonchada oʻrganuvchi oʻrgatuvchi ma'nolarini bildiradi.Didaktika ta'limning nazariy jihatlari ta'lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari oʻqituvchi va oʻqituvchi faoliyati, ta'limning maqsadi mazmuni, shakl, metod vositalari,natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yoʻllari kabi masalalarni tadqiq etadi.Pedagogika mahoratning qay darajada ekanligi pedagogning shaxsiy kasbiy faoliyati uning bilimiga bogʻliq. Kasbiy pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya masalalariga murojaat qilmasdan ijtimoiy pedagog faoliyatini tasavvur qilish mumkin emas. Ijtimoiy pedagog faqat oʻqituvchi emas bola qanday oʻqiyotganini va rivojlanayotganini tushunayotgan va his etadigan shaxsdir.Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi.Insonga ta'sir oʻtkazish bu pedagogika psixologik ta'sir jarayonlaridan iborat boʻlib u bilan ijtimoiy xodim, ijtimoiy pedagog shugʻullanishlari lozim. Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi bola ijtimoiy muhofazasi unga ijtimoiy tibbiy yordam berish uning oʻqishini tashkil qilishni jamiyat oʻz oʻrnini topishi jamiyat hayotiga moslashib bilishidan iborat. Bu vazifalarni ijobiy hal qilish uchun ijtimoiy pedagog bola va uning holati inqirozi darajasini oʻrganishi va buni yengish rejasini tuzadi.Oʻsib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi.Bunda u turli oʻzgarishlarni jismoniy ruhiy miqdor va sifat oʻzgarishlarini oʻz boshidan kechiradi.Insonda boʻladigan jismoniy oʻzgarishlarga boʻyining oʻsishi vaznining ogʻirlashib borishi kiradi. Ruxiy oʻzgarishlar esa uning aqliy rivojiga aloqador boʻladi.Odam bolasining rivojlanishi esa bu muhim jarayon hisoblanadi. Pedagogika shaxs tushunchasi inson tushunchasidan farqli oʻlaroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi.Download 291.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling