21-dekabr 9-,,G” sinf Ona tili
Download 57 Kb.
|
Ona tili Sana 21-dekabr 9-,,G”sinf Mavzu Nisbiy so’zli ergashg
Ona tili Sana: 18-dekabr 9-,,B”sinf Mavzu: Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar Darsning maqsadi: a)ta’limiy maqsad:o’quvchilarga nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar haqida ma’lumot berish; b)tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarni Vatanga muhabbat,el-yurtga sadoqat,ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalash; s)rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarning qo’shma gaplar mavzusi bo’yicha bilimlarini rivojlantirish. Darsning turi: Yangi tushuncha va malakalarni shakllantiruvchi. Darsning jihozi:darslik,tarqatmalar,slayd Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O’qituvchi: Ko’zlari munchoqlarim, Ilmga chanqoqlarim. O’quvchilar: Assalomu alaykum! O’qituvchi: Valaykum assalom! Hamma sog’mi-omonmi? Hamma darsga tayyormi? O’quvchilar: Bizlar sog’miz,omonmiz, Bizlar darsga tayyormiz! O’qituvchi: Aziz o’quvchilar!Bilim marvaridlarga to’la cheksiz ummon kabidir.Bugungi darsimizda ham ana shu cheksiz ummonnning marvaridlaridan bahramand bo’lishga harakat qilamiz. Aziz o’quvchilar!Darsimizni uch guruhga bo’lgan holda olib boramiz.Birinchi guruh,,Sog’lom avlod”,ikkinchi guruh,,Barkamol avlod”,uchinchi guruh ,,Komil inson” deb nomlaymiz., Darsimizga bayramona ruhni olib kirish maqsadida guruh ishtirokchilarining darsdagi ishtiroki archa o’yinchoqlari bilan rag’batlantirib boriladi.Guruh a’zolari o’z archalarini qancha o’yinchoq bilan bezaganligini dars so’ngida hisoblab,go’lib guruhni aniqlaymiz. Guruh a’zolari guruh nomlaridan kelib chiqib,sog’lom avlod,barkamol avlod, komil inson tushunchalariga ta’rif berishadi. ,,Sog’lom avlod” guruhi quyidagicha izohlashi mumkin. Sog’lom avlod –Vatan kelajagidir. Biz sog’lomlik deganda ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog’lom bo’lishni tushunamiz.Sog’lomlikni qushning ikki qanotiga o’xshatishimiz mumkin.Bir qanot bilan qush parvoz qilib bilmaganidek,inson ham har ikki jihatdan sog’lom bo’lsa ,ko’zlagan maqsadiga erishishi mumkin.2016-yil muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan ,,Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishi bejiz emas.Demak,onalar sog’lom bo’lsa,farzand sog’lom bo’ladi.Farzand sog’lom bo’lsa,mamlakat kelajagi porloq bo’ladi. ,,Barkamol avlod” va ,,Komil inson “ guruhlari ham izohlashadi. Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling