21-ma’ruza. Loyihalashda yechiladigan ijtimoiy-demografik, iqtisodiy, ekologik muammolar


Atrof-muhit muhofazasining umumiy masalalari


Download 153.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi153.77 Kb.
#1537110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
21-ma’ruza.Loyihal.yechil.ijt.-dem.,iqtis.,ekol. muam.

21.2.Atrof-muhit muhofazasining umumiy masalalari 
Ekologiya - tabiatdagi murakkab o‘zaro aloqalar to‘g‘risidagi, jonli 



3
-
organizimlarning o‘z yashash muhitlari bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi 
fandir. Hozirgi dunyoda ekologik yondashuv amalda barcha fanlarning, shu 
jumladan gumanitar fanlarning ham rivojlanishiga kiritiladi; uning rivojlanishi 
bosqichining avvalgilaridan asosiy farqi shundadir. Arxitekturaviy-shaharsozlik 
faoliyatining konstruktiv, o‘zgartiruvchi hususiyati uning ekologik rivojlanishining 
muhim omillaridan biri sifatidagi rolini belgilab beradi. Shaharsozlik faoliyatining 
o‘zgartiruvchi kuchi shu darajada ulkan, uning oqibatlari esa shu darajada xilma 
xilki, bunda shaharsozlikning turli xil masalalariga nisbatan qo‘llanilganda umumiy 
ekologik yondashuvni amalga oshiruvchi shaharsozlik fanidagi alohida yo‘nalish 
“Shahar sozlik ekologiyasi”ning zarurligi vujudga kelmoqda. 
Barcha shaharsozlik faoliyati atrof-muhitni o‘zgartirishga, uni uni 
jamoatchilikning hayot faoliyatiga “moslashtirishga” yo‘naltirilgan. Shunday qilib 
ekologik yondashuv barcha shaharsozlik jarayonlari asosida yotadi. Biroq 
shaharsozlik ekologiyasi tushunchasi odatda , atrof-muhitni muhofaza qilish 
tadbirlari bilan bog‘liq aniq bo‘limni belgilash uchun talqin qilinadi. 
Shaharsozlik ekologiyasi ichida ikki yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular shartli 
ravishda “tabiatni muhofaza qiluvchi “ va “gigienik” deb atalalishi mumkin. 
Birinchisining asosiy maqsadlari: mavjud tabiiiy muhitni minimum darajasida 
buzish, buzilganlarini tiklash. Ikkinchisining asosiy maqsadi: insonni uyg‘un 
rivojlantirish , uni ham tabiiiy , ham texnogen muhitning noqulay ta’sirlaridan 
himoya qilish. Bunda shuni hisobga olish lozimki, inson yashaydigan joylarda atrof- 
muhitni himoya qilish va tabiatni muhofaza qilish o‘zaro shu darajada bir-biri bilan 
o‘zviy bog‘langanki, asosan yagona muammoni ifoda etadi. 
Shaharsozlik loyihalashtirishning turli darajalarida bu yo‘nalishlar 
loyihalashning maqsadlarini aniqlashda, variantlarni baholashda va qaror qabul 
qilishda turlicha solishtirma og‘irlikka ega. Bu holat tabiiiy jarayonlarning va inson 
faoliyatining o‘zaro ta’sirlashuvi turli hududiy darajalarda turlicha namoyon 
bo‘lishi bilan izohlanadi. Joylashtirishning mintaqaviy tizimlari darajasida tabiatni 
nisbatan barqaror deb, insonning o‘rnini esa “bu barqarorlikni umuman 
buzmaydigan, aralashuv” deb hisoblash mumkin. Joylashtirishning mahalliy 
tizimlari darajasida tabiiy muhit ko‘proq darajada o‘zgartirishlarga moyil bo‘ladi va 
insonning asosiy vazifasi landshaftlarning tashqi va ichki bog‘lanishlarida vujudga 
keladigan o‘zgarishlarni “tartibga solishdan” iborat bo‘ladi. Nihoyat, shahar 
sharoitida tabiiy elementlar amalda bu sun’iy muhitni yaratgan inson uchun ham 
amalda o‘zgartirilgan bo‘ladi. Asosiy vazifa uni “boshqarishdan — iborat bo‘ladi, 
ya’ni shahar landshaftini maqbul darajada rivojlantirish maqsadida tabiiy 
jarayonlardan foydalanish va uni texnologik jarayonlarning tegishli tizimi bilan 
to‘ldirish. 
Aytilganlardan ravshanki, hududiy daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, mavjud 



4
-
tabiiy majmualarni saqlab qolish imkoniyati ham faqat zarurligi emas, balki 
imkoniyatlari ham shunchalik katta bo‘ladi. Mintaqa miqiyosida shaharsozlik 
ekologiyasining tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishi birinchi o‘ringa chiqadi. U 
zamonaviy shaharsozlik yechimlarida jamiyat hayotining zaruriy sharoiti sifatida 
umumiy ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo‘ljallangan yetarlicha yirik 
muhofaza qilinayotgan hududlarning - “tabiiy karkasini (sinchini) ajratish va 
tuzilmalashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Aksincha, dastlabki tabiiy sharoitlar to‘liq o‘zgartirilgan shahar doirasida, 
birinchi o‘ringa ikkinchi yo‘nalishi - shaharliklarning kundalik hayoti uchun zarur 
gigienik sharoitlarni ta’minlash chiqadi. Qishloqda joylashtirishni tashkil etishda 
ekologik muammolar alohida ko‘rinishga ega. Agrar landshaft, shahar landsha^i 
singari tabiatdagi tabiiy jarayonlarni buzuvchi, ayrim hollarda esa tabiiiy 
majmualarga katta bosim ko‘rsatuvchi antropogen landsha^ hisoblanadi. Shuning 
uchuntumanni rejalashtirish loyihalarida va qishloq aholi turar-joylarini 
rejalashtirishda iqtisodiy va tabiatni muxofaza qilish masalalari o‘zaro bog‘liq 
qishloq xo‘jalik landsha^larining barqaror yuqori mahsuldorligi faqat ularning 
ekologik muvozanatidagina ta’minlanishi mumkin. 
Shaharsozlikning ekologik muammolari tabiatning jamiyat rivojining asosi 
sifatidagi roli bilangina emas, balki uning urbanizatsiyalashtirilgan va xo‘jalik 
jihatidan o‘zlashtirilgan hududlar doirasida uni saqlab qolishning aniq vazifalari 
bilan ham belgilanadi. Ekologik tizimlarning antropogen ta’sirlariga qarshi turish 
qobilyatidan foydalanishga o‘rganish zarur. 
Ekologik muammolarni hal qilishning kaliti-muhitning u yoki bu o‘zgarishlari 
oqibatini, shu jumladan juda kam ahamiyatni, arzimagan bo‘lib tuyulganlarini ham 
oldindan ko‘ra bilish ko‘nikmasidan iborat. 
Ekologik muammolarni hal qilish uchun fundamental va tabiykiy fanlarning: 
geografik, biologik, gigienik, muhandislik - texnik va boshqa fanlarning 
integratsiyasi zarurdir. 
Shaharsozlikning ta’sirlari natijasida muhitning barcha o‘zgarishlarini 
oldindan bilish va hisob-kitob qilish loyihaviy taxlilning barcha darajalarida uning 
tarkibiy qismi bo‘lishi kerak. Ammo buning uchun loyihalashtirishda tabiiy va 
shaharsozlik tizimlari orasidagi bog‘lanish ularning hududiy tuzilmasi nuqtai 
nazaridan qay tarizda ifodalash mumkinligini aniqlash zarur. Bu bog‘lanish eng 
yaqqol tarzda tabiiy va antropogen landshaftlar orqali ifodalanishi mumkin. 
Hozirgi zamon fani landshaft tushunchasini quydagi tarzda ta’riflaydi: tabiiy 
yoki o‘zaro bog‘lanishda rivojlanuvchi tabiiy va antropogen komponentlar va 
majmualar tashkil topgan hududiy tizim. 
Badiiy landshaftlar quydagi tarkibiy qismlardan va komponentlardan iborat: 
tog‘ jinslari, havo, suv, tuproq, o‘simliklar va xayvonot olami. 



5
-
Bu komponentlar landshaftning ichki aloqalarini hosil qilib, bir-biriga doim 
ta’sir ko‘rsatadi: bu aloqalarning nisbiy barqarorligi - ekologik muvozanatning 
muhim shartidir. Antropogen ta’sirlarning bir tabiiy komponentdan ikkinchisiga 
tarqalishi ham landshaftning ichki aloqalari orqali yuz beradi. 
Tabiiy landshaftlardan farqli ravishda antropogen landshaftlar inson ta’sirida 
shakllanadi, ularning komponentlari esa tabiiy komponentlarning xosilasi bo‘lsa 
ham butunicha yoki qisman antropogen hisoblanadi. Antropogen landshaft 
komponentlarining xususiyati va holati inson faoliyatining shuri va texnologiyasi 
bilan belgilanadi. Mos ravishda antropogen landshaftlarning qishloq xo‘jalik, 
sanoat, selitib rekreatsion, o‘rmon xo‘jaligi, suv xo‘jaligi kabi turlari ajratiladi. 
Shahar landshafti - mustaqil tur bo‘lib, uning uchun xilma xil funksialarni birga 
qo‘shilish xosdir. 
Esiotib o‘tilgan barcha turlar uchun landshaft tuzilmasi faqat uncha kiruvchi 
komponentlar tarkibi bilangina emas, balki uning qismlarining va tashkil etuvchi 
majmualarining fazoviy joylashishi bilan ham ifodalaniladi. Landshaftning fazoviy 
tuzilmasi 
uning 
shaharsozlik 
o‘zlashtirish hususiyatining shaharsozlik 
ob’yektiningn rejaviy tuzilishini ham belgilab beradi. 
Turli xil tabiiy landshaftlar chegaralari suv ajraladigan tarmoqlar bo‘yicha 
o‘tadigan “Uyachalar” ning hududiy birliklaridan shakllanadigan umuman olganda 
bir xil fazoviy tuzilmagacha bo‘ladi. “uyacha”lar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa modda va 
energiyani gravitatsiya, shamollar va suv harakati, organizmlarining ta’siri 
vositasida uzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Shahar quruvchi hisoblanishi zarur bo‘lgan asosiy tabiiy qonuniyatlardan biri 
landshaftlarning doimiy o‘zgarishi va rivojlanishi xossasi hisoblanadi, bunda 
tegishli bosqichlarda miqdor sifatga o‘ta boshlaydi, shundan so‘ng landshaftning 
boshqa turi to‘g‘risida gapirish mumkin. 
Antropogen harakatlar ta’sirida landshaftda qaytuvchan qaytmas o‘zgarishlar 
vujudga kelishi mumkin.qaytuvchi o‘zgarishlar degand landshaftning tabiiy qismiga 
antropogen ta’sirlar to‘xtagandan so‘ng avlod hayoti davomiyligiga teng vaqt 
oralig‘ida dastlabkisiga yaqin holatga qaytishga imkon beruvchi o‘zgarishni 
tushunish kerak. Bu munosabatda joylashtirish shahri tomonining havo havzasining 
o‘zgarishlari xosdir. 
Landshaftlar dinamikasini hisobga olish shahar qurilishni loyihalashtirishning 
muhim bosqichi sifatidagi hududlarni kompleksi landshaftli baholashni 
takomillashtirishni talab qiladi. Landshaftlarni taxlil qilish - shahar rivojlanishining 
barqaror dastlabki vaziyati sifatida landshaftlardagi o‘zgarilarning rivojlanishidagi 
mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni taxlil qilish bilan va muqarrar o‘zgarishlar - 
ularningvujudga kelishi muddatlari va o‘rninng muqarrar o‘zgarishlari bashorati 
bilan to‘ldirishi kerak. Shu asosda shahar ta’sir etadigan hududda landshaftlarni 



6
-
himoya qilish va maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘zgartirish bo‘yicha bosqichma 
bosqich tadbirlarning dasturi ishlab chiqilishi kerak. 
Shunday qilib, loyihalash jarayonida shaharsozlik ekologiyasi masalalarini hal 
etishning asosiy yo‘li landshaft - shaharsozlik taxlilida og‘irlik markazini quyidagi 
bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha bashorat qilishga ko‘chirishdan iborat: a) tabiiy 
qonuniyatlarni aniqlashga imkon beruvchi mazkur tabiiy landshaftning mumkin 
bo‘ladigan rivojlanishi prognozi (bashorati) bo‘lib, ularning “ko‘magidan” 
foydalanish mumkin; b) tabiiy qonuniyatlardan mumkin bo‘lgan foydalanishni 
hisobga olgan holda loyihalashtirilgan antropogen landshaftning ichki va tashqi 
aloqalarining rivojlanishining umumiy xususiyatini prognozi; v) nazarda 
tutilayotgan rivojlanish bosqichlari bo‘yicha prognoz bo‘lib, u antropogen 
landshaftlarning holatiga bundan keyingi aralashuvga ehtiyoji tug‘ilishning 
muddatlarini oldindan aniqlaydi, rivojlanishning borishini yo‘naltirishga imkon 
beradi. Bu holda insonning maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartiruvchi faoliyatini 
zamonaviy muhitning ekologik aloqalari tizimi bilan kelishish, bu faoliyatning 
tabiiy rivojlanishi bilan hududiy fazoviy va vaqtincha qo‘shilishi usulini topish 
imkoniyati paydo bo‘ladi. 
Shaharsozlikning ekologik muammolarini xal qilish uchun fundamental va 
amaliy (tatbiqiy) fanlarning: geografik,biologik,gigienik,muhandislik-texnik va 
boshqa fanlarning integratsiyalashuvi zarur bo‘ladi. Bunda shaharsozlik 
nazariyasida landshaftli -ekologik yondashuvning geografik va biologik jihatlarini 
ayniqsa muhim deb hisoblash lozim. 
Shaharsozlik ekologiyasiga fizik (tabiiy) geografiya metodlari, shu jumladan 
iqlimshunoslik, metersologiya, biogeografiya va h.k. va birinchi navbatda 
landshaftshunoslik, shuningdek iqtisodiy geografiya, tabiiy resurslar geografiyasi, 
aholi geografiyasi va boshqalar eng katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Atrof-muhitni o‘rganishning geografik asoslari - shaharsozlik sohasidagi, 
ayniqsa uning mintaqaviy sohasidagi har qanday ekologik tadqiqotlar uchun zarur 
asos bo‘ladi. 
Shaharsozlikga landshaft - ekologik yondashuvning boshqa bir juda muhim 
tashkil etuvchisi biosfera va uning elementlari to‘g‘risidagi ta’limotga tayanuvchi 
biologik tashkil etuvchi hisoblanadi. 
Urbanizatsiyaning 
rivojlanishi 
bilan 
tabiiy 
muhitning 
antropogen 
yuklanishlarga bo‘lgan yetishmaydigan barqarorligini sun’iy tizimlar bilan qoplash 
borgan sari tez- tez zarur bo‘lib bormoqda, shu munosabatlar bilan shaharlarda va 
shahar aglomeratsiyalarida atrof-muhitni muxofaza qilishning texnologik asoslari 
borgan sari muhim bo‘lib bormoqda. Ular turli sharoitlarda eng samarali bo‘lgan 
tozalash qurilmalari bo‘yicha tajribali umumlashtirish va muhim takliflarni ishlab 
chiqish negizida ham, chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha, chiqindisiz 



7
-
va kam chiqindili ishlab chiqarishlarni hamda butun hududiy - ishlab chiqarish 
majmualarini yaratish asosida ham, va buning oqibati sifatida ham rivojlanish kerak. 
Atrof-muhitni o‘rganishga mo‘ljallangan ilmiy fonlarning yondashuvlaridan va 
foydalanib, shaharsozlik ularni joylashtirish tizimini rivojlantirishni maqsadga 
yo‘naltirilgan holda tartibga solish bo‘yicha muhim qarorlarda sintez qiladi. 
Shaharsozlikni loyihalashda tegishli bo‘yichan inson va tabiat o‘rtasidagi 
munosabatning uchta asosiy jihatini aytib o‘tish lozim: 
Birinchi jihat - tabiatdan ratsional (oqilona) foydalanishni ta’minlash, uning 
muhim tomoni faoliyatning ishlab chiqarishi va nomlab chiqarish sohalarini tashkil 
etish jarayonida tabiiy resurslarni va shaharlarni qurilishning o‘zida tejash 
hisoblanadi. Shahar qurulish yechimlari landshaftlarning resursli-ishlab chiqaruvchi 
va muhitni shakllantiruvchi tizim sifatidagi xossalarini saqlab qolishdagi ma’lum 
funksiyalarni samarali bajarishni belgilab beradi. Tabiiy landshaftni tahlil qilish va 
baholashning meyorlarini hayot faoliyati resurslari, bu resurslarni xalq xo‘jaligining 
turish tarmoqlari tomonidan ijtimoiy- iqtisodiy samaradorligini taqqoslash, 
hududlar kodastirlarini tizish sifatida takomillashtirish zarur. Tavsiri va resurs 
imkoniyatlari xalq xo‘jaligida o‘zlashtirishning yo‘nalishlarini asoslash 
joylashtirish va aholi turar- joylarini, shakillantirishning rivojlanish istiqbollarini 
belgilab beruvchi omil hisoblanadi. 
Shaharsozlikda konstruktiv ekologik ishlanmalarning ikkinchi jihati tabiiy va 
antropogen landshaftlarining barqarorligini oshirishga yo‘naltirilgan. 
Landshaftlarining antropogen yuklanishlarga chidamliligi darajasiga kurs va 
ularning “agresivligi” darajasi bo‘yicha tatqiqotlar o‘tkazish zarur. 
Agar antropogen landshaftlarning mavjud turlarini ularning muhitga noqulay 
ta’sir ko‘rsatishi darajasiga va tabiiy elementlarni qayta ishlab chiqarish 
qobiliyatiga mos keluvchi tartibda joylashtirilsa, u xolda eng noqulaylari qatoriga 
saoat va buzilgan landshaftlarni kiritish lozim bo‘lar edi. Eng qulaylari qatoriga 
faqat o‘zini tiklash qobiliyatini saqlab qoluvchi o‘rmonlar, ko‘riqxonalar va o‘rmon 
parklarigina emas, balki qo‘shni hududlarni regeneratsiya qilishni ham kiritish 
mumkin bo‘lar edi. 
Shaharsozlik tizimlarining tabiiy komponentlariga munosabatining uchinchi 
jihati yuqori gigienik qulaylikka ega bo‘lgan shahar muhitini yaratish uchun ulardan 
foydalanish bilan bog‘liq. Ko‘k o‘simliklardan va suv makonlaridan to‘g‘ri 
foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Ular insonga tabiiy omillarni ham, 
antropogen omillarni ham noqulay ta’sirlarini kamaytiradi. 
Ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar antropogen landshaftlarning barcha turlari - 
qishloq xo‘jalik, shahar, sanoatga singib borishi tufayli jiddiy ekologik ahamiyatga 
ega bo‘ladi. Aynan shuning uchun ular muhum holatini tartibga solishining eng 
muhim vositasi sifatida qarab chiqiladi, ko‘pchilik xollarda esa - uning 



8
-
takomillashtirilishi va xyotga qaytarilishi tarzida ko‘rib chiqiladi. Biroq 
shaharsozlik ekologiyasi muammolarini hal qilish faqat ko‘kalamzorlashtirilgan 
hududlar miqdorini ko‘paytirish yoki ularning sifatini yaxshilash bilangina erishib 
bo‘lmaydi. Buni hal etish muhitni ekologik boshqarishning keng dasturini amalga 
oshirish yo‘li bilan erishilmoqda. 
Kompleks metodlar - texnik va arxitektura-rejalashtirish metodlari bilan 
shaharning havo xavzasini ifloslanishidan, shovqinlardan himoya qilish masalalari 
hal etiladi. Loyihalash jarayonida shaharning shovqin xaritalari, havo xavzasining 
ifloslanganligi yexemlari tuzilib, ular muhitning holatini jiddiy yaxshilashga imkon 
beradi. Shahar hududlarini muhandislik ta’minotining sxemalari yuqori darajada 
ishlab chiqilib, ular shaharning gidrologik rejimini o‘zgartirishni ham, suv tizimni 
ifloslantirishdan himoya qilishni ham nazarda tutadi. Noqulay hududlarni 
o‘zlashtirish metodlari borgan sari keng joriy qilinmoqda, bu provardida shahar 
muhiti holatini yaxshilashga imkon beradi. 
Shunday qilib, zamonaviy shaharsozlik fanida va amaliyotida shaharni 
kompleks loyihalash uchun asos solingan bo‘lib, u o‘z navbatida atrof-muhitni 
ekologik boshqarish dasturini amalga oshirishni ta’minlochi loyihalashga ekologik 
yondashuvning bajarilishi hisoblanadi. 

Download 153.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling