21-ma’ruza. Loyihalashda yechiladigan ijtimoiy-demografik, iqtisodiy, ekologik muammolar
-rasm.Tumanni rejalashtirishda tarixiy va madaniy yodgorliklarni qo‘riqlash
Download 153.77 Kb. Pdf ko'rish
|
21-ma’ruza.Loyihal.yechil.ijt.-dem.,iqtis.,ekol. muam.
1-rasm.Tumanni rejalashtirishda tarixiy va madaniy yodgorliklarni qo‘riqlash
va foydalanish.1-tarixiy qimmatli aholi joylari; 2-yangidan aniqlangan tarixiy qimmatli aholi joylari; 3-qayta tiklanadigan me ’moriy-landshaftkomplekslari; 4- qo‘rg‘onlar; 5-alohida diniy yodgorliklar; 6-sanoat arxitekturasining alohida yodgorliklari;7-tarixiy trassalar; 8-9-restavratsiya qilinadigan yodgorliklar chegaralari; 10- suvenir ishlab chiqarish markazlari; 11- qayta tiklanayotgan hunarmandchilik sexlari; 12-yodgorliklarni saqlash tizimida tayanch punktlari; 13-yodgorliklardan kurort maqsadida foydalanish qismi; 14-yodgorliklardan shahar oldi dam olishida foydalanish qismi; 15- yodgorliklardan turizm uchun foydalanish qismi; 16-yodgorliklardan muzey va boshqa maxsus maqsadlarda foydalanish qismi; 17-turistik trassalar. Tarixiy va madaniy yodgorliklardan foydalanish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqayotganda ularning yangi funksional rolini hududdan kelajakda foydalanish ehtiyojlaridan kelib chiqib aniqlash lozim. - 18 - Tarixiy yodgorlikdan foydalanish shakli quyidagi talablarga javob berishi lozim: -yangi funksional tarkib yodgorlikning makoniy tarkibiga to‘g‘ri kelishi kerak; -yangi funksiya yodgorlikning saqlanishiga salbiy ta’sir etmasligi lozim; -yangi funksiya va yodgorlikning badiiy-obrazli sifatlari orasida nomutanosibliklar bo‘lmasligi kerak. Tumanni rejalashtirish tuzilmalarida eng yirik regional muhofazalash shakllari (tarixiy-madaniy parklar va uning ichidagi turli ixtisoslik qismlari) ishlab chiqiladi, qo‘riqlash rejimlari o‘rnatiladi. Tumanni rejalashtirish loyihalarida kompleks va lokal qo‘riqlash qismlari chegaralari belgilanadi. Kompleks qismlar tarixiy aholi joylari guruhlari atrofida alohida yodgorliklarni qo‘shgan holda; lokal qismlar alohida aholi joylari va alohida yodgorliklar atrofida o‘rnatiladi. Qo‘riqlash qismlari ichida qurilmalarni tartibga solish qismi va tabiiy landshaftni qo‘riqlash qismlari ajratiladi. Ularda tumanni rejalashtirish tuzilmasiga nisbatan ancha to‘laroq yodgorliklardan foydalanish takliflari beriladi. Tumanni rejalashtirishda tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlashning umumiy masalalari 6.3- rasmda keltirilgan. TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR 1. Tumanni rejalashtirishning tabiatni qo‘riqlashdagi roli. 2. “Atrof-muhitni qo‘riqlash” bo‘limi nimalarni o‘z ichiga oladi? 3. Atrof-muhitni prognozlash vazifalariga nimalar kiradi? 4. Loyihaviy bosqich o‘z ichiga nimalarni oladi? 5. Tumanni rejalashtirish tuzilmalarida tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha nimalar beriladi? 6. Tumanni rejalashtirish loyihalarida atrof-muhitni qo‘riqlashning qaysi masalalari ko‘rib chiqiladi. 7. Aktiv tadbirlarga nimalar kiradi? 8. Passiv tadbirlarga nimalar kiradi? 9. Yer usti va yer osti suvlari, o‘simlik va hayvonot dunyosini qo‘riqlash bo‘yicha qanday tadbirlar mavjud? 10. Tarixiy va madaniy yodgorliklarga nimalar kiradi? 11. Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlashning asosiy tamoyillari nimalardan iborat? 12. Tumanni rejalashtirish loyihalarida tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash bo‘limi qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi? 13. Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlashning makoniy-tarhiy tashkil etish - 19 - bo‘yicha takliflar nimalarni o‘z ichiga oladi? Download 153.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling