21-ma’ruza. Loyihalashda yechiladigan ijtimoiy-demografik, iqtisodiy, ekologik muammolar
Yer usti va yer osti suvlarini qo„riqlash
Download 153.77 Kb. Pdf ko'rish
|
21-ma’ruza.Loyihal.yechil.ijt.-dem.,iqtis.,ekol. muam.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’simliklar vahayvonot dunyosini qo‘riqlash.
Yer usti va yer osti suvlarini qo„riqlash. Yer usti suvlarining
ifloslanishining potensial havfini baholash suv tarmoqlari suvining ko‘pligi, oqimning tezligi, qiyalikning ekspozitsiyasi, suvning temperaturasi va boshqa tavsifnomalarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. - 12 - Yer usti suvlarini qo„riqlashning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat: sanoat tugunlari va alohida korxonalarda yopiq suv aylanishini tatbiq etish; sanoat va kommunal-maishiy oqava suvlarni daryolarning oqimini tartibga solish orqali yetarli darajada suyultirish; oqava suvlarni mexanik (koagulyatsiya, neytrallash va tinitish), fizik-ximik (elektrostatik va ion almashuv, sorbsiya va h.k.) va biologik tozalash. Yer osti suvlarini qo „riqlash bo „yicha tadbirlar quyidagilar: profilaktik (yer osti suvlarining sifatini tekshirish va kuzatish, yer ostidan suv olgichlarni sanitar jihatdan ishonchli joylashtirish va h.k.); lokal (suv qatlamini ifloslantirish o‘chog‘idan to‘sish); tiklovchi (suv gorizontini ifloslanishini yo‘q qilish va yer osti suvlarining tabiiy sifatini tiklash). O’simliklar vahayvonot dunyosini qo‘riqlash.O‘simliklarni qo‘riqlashga quyidagi tadbirlar kiradi: floradan ratsional foydalanish va brakonyerlik bilan kurashish; kam uchraydigan va yo‘qolib ketayotgan o‘simlik turlarini yig‘ishni ta’qiqlash; buyurtmaxonalar tashkil etish, botikanika bog‘lari dendrariylarida kolleksiyalar va rezervatlar tuzish. O„simlik va hayvonot dunyosini qo„riqlash bo„yicha asosiy muammolar xo‘jalik faoliyati tufayli unda bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil qilish orqali aniqlanadi. Tabiiy biotsenozlarni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar tashkiliy,tarhiy va biotexnik turlarga bo‘linadi. Tashkiliy tadbirlarga ov qilish, baliq tutish va boshqalarning muddati, usullari, masshtabi va joyini belgilovchi maslahat, cheklov va ta’qiqlar kompleksidan ibratdir. Tarhiy tadbirlar asosiy biologik resurslardan foydalanish bo‘yicha hududni qismlarga bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi va ovchilik, mo‘ynachilik, baliqchilik xo‘jaliklarini hamda qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalar tashkil etish takliflarini o‘z ichiga oladi. Biotexnik tadbirlar ikkiga bo‘linadi: 1-o‘tloqlarni saqlash va maydonini kengaytirish; 2- hayvonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish va ularning sifat xarakteristikasini yaxshilash. Tumanni rejalashtirish tuzilmalarida eng umumiy tarhiy tadbirlarga asosiy diqqatni jalb etish lozim (hududni qismlarga bo‘lish, qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalar tashkil etish va h.k.). - 13 - 6.1- rasm.Tumanni rejalashtirish loyihasida atrof-muhit muhofazasi. I-IVinjener-ekologik qismlar. 1-o‘ta noqulay; 2-noqulay; 3-cheklangan qulay; 4- qulay; 5-tabiiy parklar; 6-buyurtmaxonalar; 7-qo„riqxonalar; 8-qo„riqlanadigan landshaftlar; 9-alohida tabiat yodgorliklari; 10- Iguruh o„rmonlari; 11- IIguruh o„rmonlari; 12- shaharlarning yashil qismlari;13-dala himoyasi o„simliklari; 14- suv qo„riqlash o„rmonlari; 15- o„rmon pitomniklari; 16- sanitar- himoya qismlar; 17-suv olish joylarining sanitar-himoya qismi; 18-atmosferani ifloslantirish manbalari; 19-oqava suvlarni tushirish joyi; 20-aeroportning shovqin qismi; 21- transport magistrallarining shovqin koridorlari; 22-axlat yoquvchi zavod; 23-qattiq chiqindilarni saqlash poligonlari; 24-eroziyaga qarshi tadbirlar qismi; 25- noqulay sanitariya-epidemiologiya tavsifnomali qismlar; 26-pestitsidlarni cheklangan miqdorda qo„llash qismlari; 27-o„rmonnng yong„in xavfli maydonlari; 28- ommaviy dam olish qismlari; 29-ovchilik xojaliklari; 30- hayvonlarning qimmatli turlari tarqalgan qismlari;31-kamyob qushlar uyalaydigan joylar; 32- shaharlar; 33- shahar tipidagi poselkalar;34-kelajakli qishloq joylari; 35-temir yo„llar; 36- magistral avtomobilyo„llari; 37-boshqa avtomobilyo„llari; 38-tarixiy va madaniy yodgorliklar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling