21-ma’ruza. Loyihalashda yechiladigan ijtimoiy-demografik, iqtisodiy, ekologik muammolar


Shaharsozlikda atrof-muhitni muhofaza qilish


Download 153.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi153.77 Kb.
#1537110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
21-ma’ruza.Loyihal.yechil.ijt.-dem.,iqtis.,ekol. muam.

21.3.Shaharsozlikda atrof-muhitni muhofaza qilish 
Tumanni rejalashtirishning tabiatni qo„riqlashdagi roli tabiatning asosiy 
komponentlari:suv, havo, tuproq-o‘simlik qatlami, hayvonot dunyosini saqlashga 
yorlam beruvchi sharoitlarni yaratishdan iborat bo‘lib, tuman hududini injenerlik 
tayyorlash, melioratsiya, joyni sug‘orish va ko‘kalamzorlashtirish bilan uzviy 
bog‘liq. Atrof-muhitni qo‘riqlash tumanni rejalashtirish doirasida ishlab chiqarish 
kuchlarini tegishli joylashtirish, aholi joylashuvi, aholining ommaviy dam olishini 
tashkil etish, tabiatni qo‘riqlash tadbirlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Jumladan, xalq xo‘jalik ob’yektlari tizimini tuman hududida ratsional makoniy 
joylashtirishda, undan effektiv foydalanishda, to‘g‘ri funksional qismlarga 
ajratishda atrof-muhitni qo‘riqlash bo‘yicha katta imkoniyatlar mavjudki, ularning 
amalga oshishi birinchi navbatda tumanni rejalashtirish bilan bog‘liqdir. 
“Atrof-muhitni qo‘riqlash” bo„limiga quyidagi bo‘limchalar kiradi: 
-tumanni umumiy ekologik tavsifi; 
-atmosfera havosini qo‘riqlash; 
-yer usti va yer osti suvlarini qo‘riqlash; 
-tuproq o‘simlik qatlamini qo‘riqlash va buzilgan yerlarni 
tiklash; -sanitar-epidemiologik sharoitni yaxshilash
-atrof-muhitni shovqin, elektromagnit tebranishlar ta’siridan va issiqlik 
ifloslanishidan saqlash; 



9
-
-o‘simliklarni qo‘riqlash va ko‘kalamzorlar tizimini shakllantirish; 
-hayvonot dunyosini qo‘riqlash; 
-qo‘riqlanadigan hududlar tizimini shakllantirish; 
-landshaftni saqlash va yaxshilash; 
Injener-ekologik qismlarga bo‘lish va atrof-muhitni qo‘riqlashning kompleks 
tuzilmasi. 
Bo‘lim ma’lum bir tartibda ishlab chiqiladi va quyidagi analitik-prognoz va 
loyihaviy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 

atrof-muhit komponentlari hozirgi holati tavsifi; 

tumanning umumiy atrof-muhit holatidagi kamchiliklarni hamda tabiiy 
resurslardan foydalnishdagi kamchiliklarni aniqlash; 

atrof-muhit va uning alohida komponentlari holatini tumanning kelajakda 
belgilangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bilan bog‘liq holda prognozlash; 

tuman hududini injener-ekologik qismlarga bo‘lish tuzilmasini ishlab 
chiqish va uning u yoki bu qismida paydo bo‘ladigan muammoli holatlarni 
belgilash; 

atrof-muhitni qo‘riqlash bo‘yicha konkret tadbirlar tizimini ishlab chiqish, 
ularni amalga oshirish muddatlarini va taxminiy kapital harajatlarini hamda amalga 
oshiruvchi tarmoq va idoralarni aniqlash; 

atrof-muhitni qo‘riqlashning kompleks tuzilmasini tuzish va loyihaviy 
yechimlarni tumanni rejalashtirishning boshqa bo‘limlari bilan tugal moslashtirish. 
Ko‘rilayotgan regionning hozirgi atrof-muhit holatini baholash uning tabiiy 
shart-sharoitlarini, resurslarini xo‘jalik va aholi joylashuvini tahlil qilishga 
asoslanadi va o‘z ichiga injener-ekologik tavsifnomalarni aniqlash, eng muhim 
muhit tashkil qiluvchi komponentlarni tahlil qilish hamda tumanning tabiiy va 
antropogen tuzuvchilari orasidagi mavjud kamchilik va disproporsiyalarni 
aniqlashni oladi. 
Atrof-muhitni prognozlash vazifalariga tumanni rejalashtirish tuzilmasi 
(loyihasi) bo‘yicha tuman xo‘jaligini rivojlantirish masshtablaridan kelib chiqib 
kutilayotgan atrof-muhitning kelajak holatini aniqlash kiradi. Bu masshtablarning 
“ekologik” mezonlari bo‘lib, atrof-muhitni qo‘riqlashning tegishli standartlari, 
sanitar-gigiyenik va boshqa normativlar xizmat qiladi. 
Atrof-muhitni qo „riqlash masalalarini ishlab chiqishning loyihaviy bosqichi 
o‘z ichiga injener-ekologik qismlarga bo‘lish, muammoli holat va areallarni 
aniqlash, konkret tadbirlar kompleksini asoslash, atrof-muhitni qo‘riqlash kompleks 
tuzilmasini tuzish hamda tabiatni qo‘riqlash tadbirlariga ketadigan taxminiy kapital 
harajatlarni aniqlashni oladi. 
Tumanni 
rejalashtirish 
tuzilmalari 
va 
loyihalarida 
atrof-muhitni 
qo‘riqlashning alohida bo‘limlarini ishlab chiqish metodikasi umuman bir 



10
-
xilda,ammo u yoki bu masalalarni ko‘rib chiqish va ularni grafik tasvirlash 
anchagina farq qiladi. 
Tumanni rejalashtirish tuzilmalarida berilgan viloyat (o‘lka, respublika) 
miqyosida tabiatni qo„riqlash strategiyasi bo„yicha takliflar va atrof-muhitni 
qo‘riqlashning asosiy yo„nalishlari beriladi. 
Tumanni rejalashtirish loyihalarida esa tegishli viloyat (o‘lka, avtonom 
respublika) uchun qabul qilingan tabiatni qo‘riqlash strategiyasi atrof-muhitni 
qo‘riqlash tadbirlari tizimida konkretlashtiriladi. 
Atrof-muhit holatining tavsifnomasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
-mavjud xo‘jalik, tabiatdan foydalanish va aholi joylashuvining ta’siri 
natijasida tumanning umumiy atrof-muhiti holatini baholash; 
-antropogen bosimni respublika va viloyat yoki tumanlar bo‘yicha o‘rtacha 
ko‘rsatkichlar bilan solishtirish; 
-mavjud tumandagi atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha eng muhim 
muammolarni aniqlash. 
Injener-ekologik tavsifnomalar: reproduktiv qobiliyat, geoximik faollik va 
hududning ekologik sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar demografik sig‘imi bilan birgalikda 
tabiiy muhitning barcha asosiy komponetlari holatini tahlil qilish va prognozlash 
uchun asos bo‘lib hamda tumanni kelajak rivojlanish parametrlariga, uning aholisi 
soniga va nihoyat atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha belgilangan tadbirlar xarakteri 
ta’siriga umumiy ekologik cheklov bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 153.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling