21-ma’ruza. Loyihalashda yechiladigan ijtimoiy-demografik, iqtisodiy, ekologik muammolar
Download 153.77 Kb. Pdf ko'rish
|
21-ma’ruza.Loyihal.yechil.ijt.-dem.,iqtis.,ekol. muam.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hududning geoximik faolligi
- Hududning ekologik sig„imi
Hududning reproduktiv qobiliyati, ya’ni atrof tabiiy muhit elementlarini -
atmosfera kislorodi, suv, o‘simlik qoplamini qayta ishlab chiqish qobiliyati tushuniladi. Kelajak sanoat rivojlanish darajasini belgilashda reproduksiya indeksi katta ahamiyatga ega. Bu ko‘rsatkich mavjud yoki kelajak asosiy biosfera tuzuvchilarining iste’moli nisbatini bildiradi. Reproduksiya indeksi 1 ga teng bo‘lganda tabiiy muhit u yoki bu komponentining balansi iste’moli to‘g‘risida gapirsa bo‘ladi. Reproduksiya indeksi 1 dan kichik bo‘lganda tuman noqulay hisoblanadi. Hududning geoximik faolligi, ya’ni tabiiy muhitni ifloslantiruvchi texnogenez mahsulotlarini qayta ishlash va chiqarish qobiliyati tushuniladi. Hududning tabiiy bosimga chidamliligi deganda landshaftlarning tabiiy antropogen ta’sirlarga (rekreatsiya, transport va h.k.) qarshilik ko‘rsatish qobiliyati tushuniladi. Hozirgi davrda rekreatsion sohada landshaftlarga bo‘lgan bosimning ko‘rsatkichlari aniqlangani uchun, ular bu injener-ekologik ko‘rsatkichni aniqlashda ishlatiladilar. Hududning ekologik sig„imi - bu konkret sharoitlarda uni biogeotsnozlarining maksimal mumkin bo‘lgan biologik mahsuldorligidir. - 11 - Ekologik sig‘im indeksini belgilash uchun ekologik sig‘im ko‘rsatkichini tumanni biomassasi kattaligiga bo‘lish lozim. Bu indeksning 0,5 dan kichikligi tuman ekosistemasining anchagina degradatsiyasini bildiradi va uni maqsadli takomillashtirish lozimligini ko‘rsatadi. Injener-ekologik tavsifnomalar vaqt davomida o‘zgaruvchan bo‘lib, ularni tabiatni qayta tiklash tadbirlari kompleksi orqali yaxshilash mumkin. Bularga hududni injenerlik tayyorlash, texnologik, biotexnik va boshqa tadbirlar kiradi. Ularning ichida hududni tarhiy tashkil etish muhim o‘rin tutadi. Atmosfera havosini qo„riqlash aholi joylarida havo havzasining holatini baholashda real konsentratsiyalarning yo‘l qo‘yilgan chegara doirasi bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Aholi joylari havosining ifloslanishi to‘rtta asosiy bosqich bo‘yicha baholanadi: yo‘l qo‘yiladigan, kuchsiz, o‘rtacha, kuchli. Salbiy natijalar masshtabi (o‘rmonlar halokati maydoni, tabiiy va madaniy biotsenozlar hosildorligining pasayishi) geotizimlarning havo ifloslantiruvchilarga qarshi chidamliligiga bog‘liq bo‘ladi. Geotizimlarning chidamliligi birinchi navbatda o‘simliklarning chidamliligi bilan aniqlanadi, chunki iflos havoning ta’siriga birinchi navbatda ular javob beradi. Antropogen ta’sirning taqsimlanishi va geotizimlarning ifloslantiruvchilarga chidamliligini solishtirish muammoli areallar va muammoli holatlarni aniqlash imkonini beradi. Havo havzasi muammoli holatini va uni geotizimning boshqa komponentlariga ta’sirini aniqlash umumiy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar tizimini shakllantirish imkonini beradi. Aktiv tadbirlarga quyidagilar kiradi: texnlogik: yoqilg‘ini yaxshilash, yangi texnologiyalarni qo‘llash, yopiq sikllar, chiqindisiz va kam chiqindili ishlab chiqarishni tashkil etish va h.k.; sanitar-gigiyenik: gazlarni fizik-kimyoviy tozalash uslublari, cho‘kindi va suyuk aralashmalarni ajratib olishning fizik uslublari. Passiv tadbirlarga baland trubalar va sanitar-himoya qismlarni tashkil etish kiradi. Tarhiy tadbirlar muhim rol o‘ynaydi, ularga quyidagilar kiradi: ifloslantiruvchilar manba’larini va aholi yashaydigan qismlarni o‘zaro to‘g‘ri joylashtirish, bunda hududiy ifloslanish potensiali bo‘yicha qismlarga bo‘lish hamda tabiiy komplekslarning havo ifloslanishiga chidamliligi hisobga olinadi. injener-ekologik qismlarga bo‘lish asosida hududdan foydalanish rejimini o‘rnatish. Download 153.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling