21-ma’ruza. Loyihalashda yechiladigan ijtimoiy-demografik, iqtisodiy, ekologik muammolar


-rasm.Tumanni rejalashtirishda tarixiy va madaniy yodgorliklarni qo‘riqlash


Download 153.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi153.77 Kb.
#1537110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
21-ma’ruza.Loyihal.yechil.ijt.-dem.,iqtis.,ekol. muam.

1-rasm.Tumanni rejalashtirishda tarixiy va madaniy yodgorliklarni qo‘riqlash 
va foydalanish.1-tarixiy qimmatli aholi joylari; 2-yangidan aniqlangan tarixiy 
qimmatli aholi joylari; 3-qayta tiklanadigan me ’moriy-landshaftkomplekslari; 4-
qo‘rg‘onlar; 5-alohida diniy yodgorliklar; 6-sanoat arxitekturasining alohida 
yodgorliklari;7-tarixiy 
trassalar; 
8-9-restavratsiya 
qilinadigan 
yodgorliklar 
chegaralari; 10- suvenir ishlab chiqarish markazlari; 
11- 
qayta tiklanayotgan hunarmandchilik sexlari; 12-yodgorliklarni saqlash 
tizimida tayanch punktlari; 13-yodgorliklardan kurort maqsadida foydalanish 
qismi; 14-yodgorliklardan shahar oldi dam olishida foydalanish qismi; 15-
yodgorliklardan turizm uchun foydalanish qismi; 16-yodgorliklardan muzey va 
boshqa maxsus maqsadlarda foydalanish qismi; 17-turistik trassalar. 
Tarixiy va madaniy yodgorliklardan foydalanish bo‘yicha takliflarni ishlab 
chiqayotganda ularning yangi funksional rolini hududdan kelajakda foydalanish 
ehtiyojlaridan kelib chiqib aniqlash lozim. 



18
-
Tarixiy yodgorlikdan foydalanish shakli quyidagi talablarga javob berishi 
lozim: 
-yangi funksional tarkib yodgorlikning makoniy tarkibiga to‘g‘ri kelishi kerak; 
-yangi funksiya yodgorlikning saqlanishiga salbiy ta’sir etmasligi lozim; 
-yangi funksiya va yodgorlikning badiiy-obrazli sifatlari orasida 
nomutanosibliklar bo‘lmasligi kerak. 
Tumanni rejalashtirish tuzilmalarida eng yirik regional muhofazalash 
shakllari (tarixiy-madaniy parklar va uning ichidagi turli ixtisoslik qismlari) ishlab 
chiqiladi, qo‘riqlash rejimlari o‘rnatiladi. 
Tumanni rejalashtirish loyihalarida kompleks va lokal qo‘riqlash qismlari 
chegaralari belgilanadi. Kompleks qismlar tarixiy aholi joylari guruhlari atrofida 
alohida yodgorliklarni qo‘shgan holda; lokal qismlar alohida aholi joylari va alohida 
yodgorliklar atrofida o‘rnatiladi. Qo‘riqlash qismlari ichida qurilmalarni tartibga 
solish qismi va tabiiy landshaftni qo‘riqlash qismlari ajratiladi. Ularda tumanni 
rejalashtirish tuzilmasiga nisbatan ancha to‘laroq yodgorliklardan foydalanish 
takliflari beriladi. Tumanni rejalashtirishda tarixiy va madaniy yodgorliklarni 
saqlashning umumiy masalalari 6.3- rasmda keltirilgan. 
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR 
1. 
Tumanni rejalashtirishning tabiatni qo‘riqlashdagi roli. 
2. 
“Atrof-muhitni qo‘riqlash” bo‘limi nimalarni o‘z ichiga oladi? 
3. 
Atrof-muhitni prognozlash vazifalariga nimalar kiradi? 
4. 
Loyihaviy bosqich o‘z ichiga nimalarni oladi? 
5. 
Tumanni rejalashtirish tuzilmalarida tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha nimalar 
beriladi? 
6. 
Tumanni rejalashtirish loyihalarida atrof-muhitni qo‘riqlashning qaysi 
masalalari ko‘rib chiqiladi. 
7. 
Aktiv tadbirlarga nimalar kiradi? 
8. 
Passiv tadbirlarga nimalar kiradi? 
9. 
Yer usti va yer osti suvlari, o‘simlik va hayvonot dunyosini qo‘riqlash bo‘yicha 
qanday tadbirlar mavjud? 
10. 
Tarixiy va madaniy yodgorliklarga nimalar kiradi? 
11. 
Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlashning asosiy tamoyillari nimalardan 
iborat? 
12. 
Tumanni rejalashtirish loyihalarida tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash 
bo‘limi qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi? 
13. 
Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlashning makoniy-tarhiy tashkil etish 



19
-
bo‘yicha takliflar nimalarni o‘z ichiga oladi? 

Download 153.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling