21-ma’ruza. Loyihalashda yechiladigan ijtimoiy-demografik, iqtisodiy, ekologik muammolar


-  rasm. Konlar ishlashi bilan buzilgan hududlarni o„zlashtirish.  a-mavjud ahvol;6-loyihaviy taklif


Download 153.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi153.77 Kb.
#1537110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
21-ma’ruza.Loyihal.yechil.ijt.-dem.,iqtis.,ekol. muam.

6.2- 
rasm. Konlar ishlashi bilan buzilgan hududlarni o„zlashtirish. 
a-mavjud ahvol;6-loyihaviy taklif. 
1- 
mavjud aholi joylari; 2-yo‘qotiladigan aholi joylari; 3-ishlayotgan 
karyeralar;4-dam olish qismiga aylantirilgan tashqi toplamlar va ochilmalar; 5-
erozion maydonlarga tuproq yotqizish; 6-yopilgan ochilmalar; 7-suv havzalari; 8- 



15
-
1-1,5 soatlikpiyoda yetarlilik chegaralari; 9-jamoat transportida bir soatlik yetarlilik 
chegarasi. 
Tumanni rejalashtirish loyihalarida esa tarhiy tadbirlar bilan bir qatorda 
biotexnik tadbirlar ham ishlab chiqiladi (6.1 va 6.2-rasmlar). 
21.4.Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash 
Tumanni rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega boTgan tarixiy va madaniy 
yodgorliklarga quyidagilar kiradi: 
tarixiy yodgorliklar - xalqning hayotidagi muhim tarixiy voqealar bilan 
bogTangan tarixiy joylar va pedmetlar, imoratlar va inshootlar; 
arxeologik yodgorliklar - shaharlar qoldiqlari, qo‘rg‘onlar, qadimgi aholi 
joylari qoldtqlari, tosh haykallar, qoya rasmlar va h.k. 
shaharsozlik va arxitektura yodgorliklari - arxitektura ansambllari va 
komplekslari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko‘chalar va h.k. 
Tumanni rejalashtirishda turli xil tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash 
va ulardan foydalanishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir: 
-ob’yektlarni qo‘riqlash uchun tanlash hamda yodgorliklarni qo‘riqlash va 
foydalanish bo‘yicha choralar ularning qiymati, u yoki bu madaniyat 
rivojlanishidagi o‘rni, kompozitsion roli, tabiiy atrof-muhitga va hozirgi ahvoliga 
qarab amalga oshirilmogT lozim; 
-tumanni rejalashtirishda tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash tabiiy- 
iqlimiy va antropogen ta’sirlarni hisobga olishni nazarda tutadi, lekin bu bilan 
bogTiq boTgan zarar minimumga keltirilmogT lozim
-xo‘jalik foydalanishdan anchagina hududlar ajratib olinishi mumkin 
boTmaganli tufayli, yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish tizimi kompleks 
boTmogT lozim, ya’ni ham yodgorliklarni saqlash manfaatlarini, ham hozirgi 
zamon ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ehtiyojlarini moslashtirishi kerak. 
BoTimni ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 

tarixiy va madaniy yodgorliklarni va ularning atrofini o‘rganish; 

yodgorliklarning ro‘yhatini va ularning klassifikatsiyasini tuzish; 

ko‘rilayotgan tuman tarixiy va madaniy yodgorliklarini hududni funksional 
qismlarga bo‘lish va tarhiy tashkil etishdagi, tumanni rejalashtirishning me’moriy- 
estetik vazifalarini yechishdagi o‘rni va rolini aniqlash; 

tumanning tarixiy va madaniy yodgorliklarini ularni saqlash asosiy 
tamoyillariga mos holda muhofaza qilish va ulardan foydalanish tizimini makoniy- 
tarhiy tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. 
Analitik bosqichda tuman tarixi bo‘yicha bor materiallar bilan tanishish, 
tarixiy va madaniy yodgorliklar to‘plami ko‘rsatkichlari bo‘yicha tarixiy va 
madaniy yodgorliklarni o‘rganish va tahlil qilish, yodgorliklarni saqlash davlat 



16
-
organlari materiallari, arxeologik va etnografik ekspeditsiyalar, o‘lkashunoslik 
muzeylari, arxivlar, yodgorliklarni muhofaza qilish mahalliy jamiyatlari materiallari 
o‘rganiladi. 
Tahlilning muhim bosqichi - naturani tadqiq qilish. Bunda tabiiy 
landshaftning saqlanishi yodgorlikni yoki yodgorliklar guruhini saqlab qolinishiga 
asos bo‘ladigan maydonini ajratish muhimdir. 
Tarixiy va madaniy yodgorliklar to‘plangan joy aholi punktining tarixiy va 
shaharsozlik qimmatini aniqlashda uning tarhiy tarkibining saqlanganligi, uning 
hududidagi yodgorliklar soni hamda aholi joyining tuman tarixidagi ahamiyatidan 
kelib chiqishi lozim. 
Yodgorliklar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar muhim ahamiyatga 
ega: -yodgorlik turi, uning birlamchi vazifasi, qurilish vaqti; 
-yodgorlikning saqlanish darajasi va undan hozirgi davrdagi foydalanish 
xarakteri; 
-yodgorlikning tarixiy, ilmiy, badiiy, utilitar va ekologik qimmati; -
urbanizatsiyalashgan va tabiiy landshaftda yodgorlikning kompozitsion roli, 
landshaft bilan aloqalarining hamda landshaftni o‘zining saqlanganlik darajasi; 
-yodgorlikni 
tomosha 
qilish 
sharoitlari, 
uni 
asosiy 
transport 
kommunikatsiyalariga yaqinligi va yetarliligi; 
-atrof-muhitning xarakteri va uning yodgorlikka ta’siri. 
Tarixiy va madaniy yodgorliklar to‘plangan aholi joyining tarixiy va 
shaharsozlik qimmatini aniqlashda uningsh tarhiy tarkibining saqlanganligi, 
hududidagi yodgorliklarning soni hamda aholi joyining tuman tarixidagi 
ahamiyatidan kelib chiqmoq lozim. 
Maydon birligiga eng ko‘p tarixiy va madaniy yodgorliklar to‘g‘ri keluvchi 
aholi joylari yodgorliklarni saqlash tizimida tayanch joylari sifatida tavsiya etilishi 
mumkin. Yodgorliklarni saqlash tizimidagi barcha aholi joylari yagona umumtuman 
marshruti bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. Bu marshrut esa o‘z navbatida, turistik 
va ekskursion marshtrutlar bilan moslashuvi kerak. 
Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanishni makoniy- 
tarhiy tashkil etish bo„yicha takliflar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
-yodgorliklarni tuman hududida joylashish karta sxemasi tuziladi va u 
yodgorliklarni saqlash davlat organlari bilan kelishiladi; 
-umum tuman yodgorliklarni saqlash tizimida tayanch punktlar ajratiladi va 
ularning ta’sir doirasi aniqlanadi; 
-tumanning umumiy funksional qismlarga ajratish chizmasi bilan madaniy 
yoki xo‘jalik funksiyalarini rivojlantirish takliflari beriladi; 
-yodgorliklarni saqlash regional qismlari chegaralari aniqlanadi va 
qo‘riqlanadigan hududlarni saqlash rejimlari bo‘yicha takliflar beriladi. 



17
-
Tarixiy madaniy merosni saqlashni tashkil etishning shakllari ko‘rib 
chiqilayotgan hudud kattaligiga qarab tarixiy-madaniy (milliy) parklar, ularning 
ichida turli xil yo‘nalishdagi (tarixiy-me’moriy, arxeologik, etnografik va boshqa) 
muhofaza qismlari, hamda kompleks va lokal muhofaza qismlari ajratiladi. Bunda 
yerdan foydalanish va qurilishning ma’lum bir rejimidan foydalaniladi. 
Tumanni rejalashtirish loyihalarida muhofaza qismlari ichida qurilmalarni 
tartibga solish qismlari va tabiiy landshaftni qo‘riqlash qismlari ajratiladi. Tabiiy 
landshaftni qo‘riqlash qismi, tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan bog‘langan 
holda, yo‘l qo‘yiladigan bosimlar bo‘yicha va tabiiy komponentlardan xo‘jalik 
foydalanish turlari bo‘yicha ajratiladi. 

Download 153.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling