21-Mavzu aholi turmush darajasi statistikasi
Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar i
Download 153 Kb.
|
21-Mavzu aholi turmush darajasi statistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2014 y. 2015 y.* 2016 y. 2017 y.
- 4805,2 5503,5 6227,8 7300,2
- 21.3. Aholi iste`moli. Iste`mol manbalari va uning tarkibi.
Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar iming so‘m
Aholi pul daromadlarining umumiy hajmida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (qishloq xo`jalik mahsulotlari sotishdan olingan daromadlarni qo`shgan holda) va mol-mulk ulushi yuqori bo`lib, umumiy pul daromadlarining 56,0%ini, mehnatga haq to`lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlarning ulushi 29,4%ni, ijtimoiy transfertlarning ulushi esa 14,6%ni tashkil qildi. Aholining iste`mol xarajatlari 22,4%ga ko`paydi va 7248,3 mlrd. so`mni tashkil qildi. Iste`mol xarajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida 76,8%dan 72,5%ga kamaydi. Majburiy to`lovlar va badallarga haq to`lash xarajatlari 17,8%ga ko`paydi va 697,5 mlrd. so`mni tashkil qildi, ularning pul daromadlaridagi ulushi 7,7%dan 7,0%ga kamaydi. 21.3. Aholi iste`moli. Iste`mol manbalari va uning tarkibi. Iste`mol hajmi, uning dinamikasi va tarkibi inson turmush darajasining muhim elementlari bo`lib hisoblanadi. MDH mamlakatlarida iste`molchi manfaatini himoya qiluvchi qonunlar aktlari qabul qilingan, ular minimal daromad, pensionerlarni, nogironlarni ijtimoiy ta`minoti, bahoning ortishi va inflatsiya natijasida aholining ijtimoiy himoyalash kabilar, shuningdek, «Iste`molchi huquqini himoyalash haqida»gi qonun qabul qilinib, unda fuqarolarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish asoslari yaratilgan. Xalqaro andozalarni tashkil etish tashkiloti (ISO) ham iste`molchilar manfaatlarini himoya qiladi. Aholi iste`moli statistikasining asosiy vazifasi iste`molning natural va qiymat ko`rsatkichlarini, individual va oilaviy iste`mol byudjetlarini, iste`mol xarajatlari tarkibini va iste`molning elastlikligini va uning dinamikasini o`rganishdan iborat. Iste`mol – ishlab chiqarish jarayonining oxirgi nuqtasi va takror ishlab chiqarishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Iste`mol ma`lum ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalanishni anglatadi. Oxirgi iste`mol milliy hisoblar tizimining daromadlaridan foydalanish hisoblamasida o`z aksini topadi. U uy xo`jaliklarining ko`p mablag’lari va natural daromadlari hisobidan iste`mollarini, butunlay davlat qaramog’ida bo`lgan aholi iste`molini, shularga yana davlat tomonidan amalga oshiriladigan sog’liqni saqlash, ta`lim, madaniyat, ijtimoiy ta`minot xarajatlarini, fuqarolarning xorijdan sotib olgan mahsulotlari va xorijliklarning bizning mamlakatdan sotib olgan mahsulotlari orasidagi farqni ifodalaydi. Aholining umumiy iste`moli material va nomaterial boylik va xizmatlar iste`molini o`z ichiga oladi. U ishlab chiqarish darajasiga, shuningdek, taqsimlash tarkibi va tarkibiga bog’liq. To`lovli va to`lovsiz iste`molni ajratish lozim. Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling