21 mavzu: investetsiya va uning iqtisodiyotdagi o`rni investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana07.05.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1440243
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
21-mavzu (1)

(M/P) D = k Y 
Bu yerda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zaxirasi” deb 
nomlanadi. 
Pulga talabning keynscha nazariyasi. 
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni 
naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko’rsatadi: 
1. transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab); 
2. ehtiyotkorlik sababli (ko’zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda 
naqd pullarni saqlash); 
3. spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olish 
uchun pulga talab). 
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o’rtasidagi teskari 
bog’liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko’tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, 
ularga talab esa oshadi. Bu esa o’z navbatida, naqd pul zaxiralarining qisqarishiga 
hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. 
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal 
biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko’rsatadiki pulga bo’lgan talab miqdori 
foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo’lda ushlab turishning 
muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo’lda 
ushlab turgan sharoitda yo’qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non 
talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo’lda ushlab 


369 
turish miqdori ham pul zaxiralariga talab miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun 
foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab 
turishga harakat qiladi. 
Real pul zaxiralariga talab funksiyasini quyidagi ko’rinishda yozamiz: 
M/P = f(R) 
Bu tenglama ko’rsatayaptiki, pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasi 
funksiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari miqdoriga talab teskari 
bog’liklikka ega ekanligi ko’rinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab 
miqdorining kamayishini ko’rsatadi 
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning 
quyidagi omillarini ajratib ko’rsatish mumkin: 
1) daromadlar darajasi; 
2) pulning aylanish tezligi; 
3) foiz stavkasi. 
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog’lasa, 
keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog’liq deb hisoblanadi. 


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling